O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə21/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
«Pashsha» rasmi

Farzandingizga pashsha — kasallik tashuvchi zararli hasharot ekanligini, boshi kichkina bo’lib, kalta mo’ylovlari, ko’zlari va og’zi borligini, tanasi ikki qismdan iboratligini, boshkd hasharotlardagi kabi unda ham oltita panja bo’lishini, bu panjalar mayda tukchalar bilan qoplanganligi va ular pashshaga har qanday balandlikda yaxshi turishda yordam berishini, tanasining yon tarafidan kdnotlari borligi va ular juda nozik, engil bo’lib, rangli to’rga o’xshashligini aytib bering.
Farzandingizga o’yinchoq pashshani ko’rsating, chunki o’yinchog’ida uning barcha qismlarini kuzatish ancha oson. U esa pashshani bosh— butun tana—panjachalar—qanotchalar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini pashshaning boshchasiga qo’yib, mo’ylovlarini ko’rsating. So’ngra qo’lini tanasidan yurgizib chiqing hamda panjachalari va qanotchalarini ko’rsating.
Pashshani kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying; uning qo’lini boshdan pastga yurgizing va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng qo’l barmoqlari bilan tanasi va panjachalarini, undan keyin esa simmetrik tarzda o’ng va chap qullarining barmoqpari bilan pashshaning qanotchalarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — pashshaning boshi, bular esa uning mo’ylovchalari, Uning nozik tanasi ikki qismdan iborat, mana bular esa pashshaning qanotlari, ular tananing ikkala tomonida joylashgan. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Kaltakesak» rasmi

Farzandingizga kaltakesak — yovvoyi sahro jonivori ekanligini, sudralsa-da qumda tez yurishini, boshi toshbaqaning boshiga o’xshashini, dumi uzunligi va uning barmoqchalari mavjud to’rtta panjasi borligini gapirib bering.
Farzandingizga o’yinchoq kaltakesakni ko’rsating. U eoa kaltakesakni bosh—butun tana—dum—panjachalar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini kaltakesakning boshiga qo’yib, og’zi va ko’zlarini ko’rsating. So’ngra qo’lini uning bo’yni va butun tanasidan yurgizib chiqing va dumi, panjachalarini kuzating.
Kaltakesakni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — kaltakesakning og’zi va ko’zlari. Tanasi bo’ylab qo’l yurgizsak, uning dumi va pan- jachalariga duch kelamiz. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Qarg’a» rasmi

Farzandingizga qarg’a — yirik yovvoyi qush bo’lib, yashash manzillariga yaqin joylarda o’troqlashishini, katga va kuchli tumshug’i borligini, qisqa bo’yni mayin patlar bilan qoplanganligini, tanasida esa qanotlari bo’lib, ular qattiq patlar bilan, dumi esa uzun, ammo unchalik qattiq bo’lmagan patlar bilan qoplanganligini aygib bsring. Oyoqlari esa dag’al teri bilan qoplangan bo’lib, ular panjali to’rtta barmoq bilan tugashini, oyog’ining biroz yuqorisida joylashgan bsshinchi panjasi esa pix (shpora) deya nomlanishini va uning uzoq masofalarga ucha olishini gapirib bering.
Farzandingizga o’yinchoq qarg’ani ko’rsating. U esa qarg’ani bosh— butun tana—dum—oyoqlar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini qarg’aning boshiga qo’yib, ko’zlari, tumshug’i, 'bo’yinchasini ko’rsating, uning qo’lini bo’ynidan yurgizing va •patlarining mayinligaga e`tiborini qarating. So’ngra qo’lini tanasi, qdnotlari, uning bo’yni va butun tanasidan yurgizib chiqing va patlariga e`tiborini torting. SHuningdek, panjalari bilan Tugaydigan oyoqlarini kuzating hamda panjalarining o’tkirligiga e`tibor qarating.
Qarg’ani kuzatib bo’lgandan so’ng uning bo’rtma manzarasini ko’rib CHiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini ‘bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana . boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — qarg’aning boshi, bular •Sa ko’zlari, tumshug’i va bo’yinchasi. Ingichka oyoqlari qatgiq, g’adir- budir teri bilan qoplangan va u to’rtta panjali barmoqlar bilan 1|o’gaydi. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir Marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. *G’oz* rasmi

Farzandingizga g’oz — yirikuy parrandasi bo’lib, katta va keng tumshug’i borligini, uzun bo’yni kalta, mayin patlar bilan qop- lapganligini, tanasida qanotlari bo’lib, ular qattiqpatlar bilan qoplanganligini, dumi esa kaltaligini aytib bering. Oyoqlari dag’al gsri bilan qoplangan bo’lib, ular panjali to’rtta barmoq bilan tugashini na har bir oyog’vdagi barmoqlari suzish pardalari bilan tugashgamligini gapirib bering. SHuningdek, bu pardalar g’ozlarga supda suchishda srdam berishini hamda uning qornida yumshoq va qalin patlar borligini aytib bering.
Farchamdimgizga o’yinchoq g’ozni ko’rsating. U esa gozni bosh—butun tana—qanotlar dum—oyoqlar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini g’ozning boshiga qo’yib, ko’zlari, tumshug’i, tumshug’i tagidagi gsrining yumshoqligini ko’rsatib, uning qo’lini bo’ynidan yurgizing va patlariningmayinligiga e`tiborini qarating.
So’ngra qo’lini tanasi, qanotlaridan yurgizib chiqing va patlari hamda qornidagi yumshoq momiqqa e`tibor qiling. SHuningdek, dumi, panjalari bilan tugaydigan oyoqlarini kuzating hamda panjalari orasidagi pardaga e`tiborini qarating.
G’ozni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — g’ozning boshi, bular esa ko’zlari, tumshuga va bo’yni. Tanasidagi mana bu qanotlari qattiq patlar bilan qoplangan. Uning dumi kalta. Oyoqparida to’rtta panjali barmoqlari bor va ular parda bilan tutashgan. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin