O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə18/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
«SHolg’om» rasmi

Farzandingizga sholg’om to’g’risida gapirib bering: bu meva er ostida o’sishini, sariq rangda bo’lishini, pishib etilganda suvli bo’lishini, paypaslanganda po’stlog’i qattiq, o’zi esa yumaloq, eniga kengaygan shaklda bo’lib, tagidagi dumchasi uning ildizi ekanligini, ustida esa katta barglari borligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq sholgomni ko’rsating. Uning qo’liga sholg’omni qo’ying va u mevani tekshirib chiqsin. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetrik tarzda pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga sholg’om yumaloq, eniga kengaygan shakldaligini, ustida barglari, pastida esa ildizi borligini tushuntiring.
Tabiiy sholg’omni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manza- rasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — barglar, bu esa sholg’om, mana bunisi esa ildiz. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Piyoz» rasmi

Farzandingizga piyoz to’g’risida gapirib bering: bu ingichka qobiqlar bilan qoplangan meva er ostida o’sishini, sariq rangda bo’lishini, pishib etilganda suvli bo’lishini, paypaslanganda po’stlog’i qattiq, o’zi esa yumaloq shaklda bo’lib, tagida qurigan ildizlari borligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy piyozni ko’rsating. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetrik tarzda pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga piyoz yumaloq shakddaligini, silliq, ingichka qobiqlar bilan qoplanganligini va tagida qurigan ildizlari borligini tushuntiring.

  1. Tabiiy piyozni kuzatib bo’lgandan so’ng, bo’rtma manzarani ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — piyoz, mana bular esa uning ildizchalari. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz. «Lavlagi» rasmi

Farzandingizga lavlagi to’g’risida gapirib bering: bu meva er ostida o’sishini, binafsha va qizil ranglarda bo’lishini, pishib etilganda suvli bo’lishini, paypaslanganda qattiq, o’zi esa uchburchak shaklda bo’lib, tagidagi dumchasi uning ildizi ekanligini va ustida barglari borligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy lavlagini ko’rsating. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetrik tarzda pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga lavlagi uchburchak shakldaligini, silliq, ustida barglari va tagida ildizi borligini tushuntiring.
Tabiiy lavlagini kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma man- zarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — lavlagi, mana bular esa uning ildizi. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqtaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin