O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə16/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Mevalar va sabzavotlar

  1. «Nok» mevasi

Farzandingizga nok to’g’risida gapirib bering: uning yashil, sariq ranglarda bo’lishini, pishib etilganda yumshoq, suvli bo’lishini va ularning shakli o’ziga xosligini, ya`ni mevaning yuqori qismi ingichkaroq va quyiga qarab yo’g’onlashib borishini, uning ostida esa chuqurcha bo’lib, unda gulchalar qoldiqlari borlishni aytib bering.
Bolaga tabiiy yoki o’yinchoq nokni bering. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetrik tarzda pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga nok o’ziga xos shaklga egaligini, ya`ni yuqorisi ingichka, pastga qarab esa yo’gonlashib borishini, uning tepasida nokni daraxt shoxida ilib turadigan band borligini tushuntiring.
Tabiiy nokni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning shaklini bo’rtma shaklda ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma shakl ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — shoxcha, bu esa bargcha, nokni daraxtda ushlab turadigan band mana bu bo’ladi. Ko’rayapsanmi, rasmda uning yuqorisi ingichka, quyi qismi esa yo’gonlashib boradi; pastida kichik chuqurcha bo’lib, unda gulcha qoldiqlari bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.
Bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — shoxcha, bu esa bargcha, rlmani daraxtda ushlab turadigan band mana bu bo’ladi. Ko’rayapsanmi, rasmda yumaloq, uning pastida kichik chuqurcha bo’lib, unda gulcha qoldiqlari bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Behi» rasmi

Farzandingizga behi to’g’risida gapirib bering: uning sariq ^rangda bo’lishini, pishib etilganda unchalik suvli bo’lmasligini, Po’stlog’ida uzun, mayin tuklar borligini, yuqori qismi esa |5Irradorligi hamda pastida chuqurcha bo’lib, unda gulcha qoldiqpari rorligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki sun`iy behini ko’rsating. Uning YUqorisiga farzandingizning qo’lini quyib, u bilan birga sim- Metrik tarzda pastigacha qo’llaringizni olib boriig. Bunda bolaga bvhi bir oz yumaloqpigini, uning temasida behini daraxt shoxida, Lrg shoxchasida ilib turadigan band borligini tushuntiring.
Tabiiy behini kuzatib bo’lgandan so’ng, bo’rtma manzarani rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini

  1. «Olxo’ri» rasmi

Farzandingizga olxo’ri to’g’risida gapirib bsring: u hajman kichikligini, ko’k, binafsha ranglarda bo’lishini, iishib etilganda suvli bo’lishini, paypaslanganda po’stlog’i silliq pa yumshoq, o’zi esa dumaloq va biroz uzunchoqligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq olxo’rini ko’rsating. Uning qo’liga olxo’rini qo’ying va u mevani tekshirib chiqsin. Bunda bolaga olxo’rining kichikligini, dumaloq va biroz uzunchoqligini, silliqligini, uning tepasida olxo’rini daraxt shoxida, barg shoxchasida ilib turadigan band borligini tushuntiring.
Tabiiy olxo’rini kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — shoxcha, bu esa bargcha, olxo’rini daraxtda ushlab turadigan band mana bu bo’ladi. Ko’rayapsanmi, rasmda u bir oz uzunchoq. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Limon» rasmi

Farzandingizga limon to’g’risida gapirib bering: u butalarda o’sishini, sariq rangda bo’lishini, paypaslanganda po’stlog’i qattiq, yuzasi notekis, o’zi esa tuxumsimon bo’lishini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoqlimonni ko’rsating. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmet- rik tarzda, pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga limon tuxumsimon shakldaligini, po’stlog’i notekisligini, uning usti va ostida kichik do’ngchalar borligini tushuntiring.
Tabiiy limonni kuzatib bo’lgandan so’ng, bo’rtma manzarani ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Ko’ryapsanmi, rasmda limon tuxumsimon; o’ng va chap taraflari bir oz yo’g’onlashgan. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin