O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə19/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Hayvonot olami

  1. « Sigir» rasmi

Farzandingizga sigir — yunglari kalta, o’zi esa yirik uy hayvoni ekanligini, uning boshida shoxlari va katta-katta quloqlari borligi, uzun dumining oxirida popugi borligi, uning elinidan sut sog’ib olinishini va oyoqlarining uchvda tuyoqpari borligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq sigirni ko’rsating. U esa sigirni bosh—butun tana—dum—oyoqpar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uningqo’lini sigirningboshiga qo’yib, burni, lablari, ko’zlari, shoxlari va quloqlarini ko’rsating. So’ngra qo’lini uning bo’yni va butun tanasidan yurgizdirib chiqing va nihoyat dumi, oyoqlari va tuyoqlarini ko’rsating.
Hayvonni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — sigirning boshi, unda burun, lablar, ko’zlar, quloqlar va shoxlar bor. Tanasi bo’ylab qo’limizni yurgizsak, uning elini, dumi, oyoqlari va tuyoqlariga duch kelamiz. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Ot» rasmi

Farzandingizga ot — yunglari kalta, o’zi esa yirik uy hayvoni ekanligini, uning boshida quloqlari, bo’ynida uzun yollari borligi, dumi ko’plab uzun yunglardan tashkil topganligini va oyoqlarining uchida tuyoqlari borligini gapirib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq otni ko’rsating. U esa otni bosh—butun tana—dum—oyoqlar ketma-ketligida kuzatib chiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini otning boshiga qo’yib, burni, lablari, ko’zlari va quloqlarini ko’rsating. So’ngra qo’lini uning bo’yni va butun tanasvdan yurgizdirib chiqing va dumi, oyoqlari va tuyoqlarini kuzating.
Hayvonni quzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini qo’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — otning boshi, unda burun, lab, kuzlar, quloqlar va shoxlar bor. Tanasi bo’ylab qo’limizni YUrgizsak, uning elini, dumi, oyoqlari va tuyoqlariga duch kelamiz. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta Qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Mushuk» rasmi

Farzandingizga mushuk — yunglari mayin, kichkina uy hayvoni ekanligini, uning boshida quloqlari, yuzida uzun mo’ylovlari borligi, tishlari o’tkir ekanligini va oyoqlarining uchida panjalari borligini gapirib bering.
I Farzandingizga yumshoq o’yinchoq mushukni ko’rsating. U esa 1 Mushukni bosh—butun tana—dum—oyoqlar ketma-ketligida kuzatib

  • CHiqsin. Bunda, avvalo, uning qo’lini mushukning boshiga qo’yib,

  • Ko’zlari, mo’ylovlari, burni, tishlari va quloqlarini ko’rsating.

  • So’ngra qo’lini mushukning butun tanasidan yurgizdirib chiqing va shuninge`tiborini yungining mayinligi, silliqligiga qarating.

  • Hayvonni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning har ikkala kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqdari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — mushukning kboshi, unda burun, mo’ylovlar, lab, ko’zlar va quloqlar bor. endi esa rasmni kaftlaring va barmoqparing bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin