O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə17/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
«Qulupnay» rasmi

Farzandingizga qulupnay to’g’risida gapirib bering: bu meva erda o’sishini, qizil rangda bo’lishini, pishib etilganda suvli bo’lishini, paypaslanganda po’stlog’i yumshoq, o’zi esa uchburchak shaklda bo’lib, uzun bandlarda osilib turishini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoqqulupnayni ko’rsating. Uning qo’liga qulupnayni qo’ying va u mevani tekshirib chiqsin. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetrik tarzda, pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga qulup- nayning uchburchak shakldaligini, po’stlog’i notekisligini, uning usti va ostida kichik nuqtachalar borligini, bular qulupnayning urug’i ekanini tushuntiring.
Tabiiy qulupnayni kuzatib bo’lgandan so’ng, uning bo’rtma manzarasini ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u bugun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilai manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqtda unga: «Mana bu — shoxcha, bu esa bargcha, qulupnayni ushlab turadigan band mana bu bo’ladi. Bu esa qulupnay. Ko’rayapsanmi, u rasmda uchburchak shaklda, Po’stlog’ida urug’lari bor. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.

  1. «Qo’ziqorin» rasmi

Farzandingizga qo’ziqorin to’g’risida gapirib bering: bu meva asosan o’rmonda O’zbekistonda tog’larda, bahorda esa ochiq maydonlarda o’sishini, namlikni o’ta xush ko’rganidan, yomg’irdan so’ng paydo so’lishini, ularni uy sharoitida ham o’stirish mumkinligini, bu o’simlikning pichoqchasi va bosh kiyimi bo’lishini hamda uning ostida Popuklari borligini aytib bering.
Farzandingizga tabiiy yoki o’yinchoq qo’ziqorinni ko’rsating. Uning yuqorisiga farzandingizning qo’lini qo’yib, u bilan birga simmetriktarzda pastigacha qo’llaringizni olib boring. Bunda bolaga Qo’ziqorinning usti silliqligini, uning bosh kiyimi ostida popuk- dari bo’lib, ular juda mayinligini tushuntiring.
Tabiiy qo’ziqorinni kuzatib bo’lgandan so’ng, bo’rtma manzarani Ko’rib chiqishga o’tish mumkin. Bunda farzandingizning o’ng kaftini bo’rtma manzara ustiga qo’ying va u butun rasmni his qilsin. So’ngra bola o’ng va chap qo’l barmoqlari bilan manzara qismlarini o’rgana boshlaydi; siz esa bu vaqgda unga: «Mana bu — bosh kiyim, bu esa Pichoqcha. endi esa rasmga kaftlaring va barmoqlaring bilan yana bir marta qarab chiq», deb turasiz.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin