O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-MAVZU: NOGIRONLIKGA EGA BO‘LGAN INSONLRNI HIMOYA QILISHNING ME’YORIY HUQUQIY ASOSLARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə25/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
4-MAVZU: NOGIRONLIKGA EGA BO‘LGAN INSONLRNI HIMOYA QILISHNING ME’YORIY HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
1.Alohida ehtiyojli bolalar bilan konstruktiv ishlarini olib borish yo’nalishlari.
2. Maxsus dedaktik mashg’ulotlar orqali sensorli ta`lim berishning ahamiyati.
3. Imkoniyati cheklangan bolani hududiy munosabatlar bilan tanishtirish.
4. Konstruktsiyalash dasturining tavsifi.
5.Asosiy davrda ta`limning mazmuni va usullari.
Mahsuldor faoliyatning alohida turi bo’lgan konstruktsiyalash inson ruhiyati rivojlanishining muayyan bir bosqichida gozaga chiqadi va u bolaning idrok qilish, fikrlash, o’ynash va nutqiy rivojlanshl darajasiga bog’liq bo’ladi. Markaziy asab tizimiga zarar etishi ham (avvalo, homiladorlik vaqgida) akliy rivojlanishdan orkada qolishga sabab bo’lib, bolaning keyingi ruhiy-jismoniy rivojlanishiga ta`sir qiladi. Bolaning ijtimoiy ko’nikmalarni o’zlashgirish jihatidan rivojlanishining o’ziga xos jihatlari manjud bo’lib, ularga aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolanipg turli faoliyat turlarini bajarishdagi (xususan, nomaqbul pedagogik sharoitdagilarda) holati misol bo’ladi. SHuningdek, bolaning psixik rivojlanishiga nomaqbul sharoit nafaqat oilada, balki maxsus bolalar muassasalarvda ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar bola boshqa bolalar bilan etarlicha muloqotga kirisha olmaganda hamda har bir bola rivojlanishining darajasi va imkoniyatlariga mos usullar qo’llanilmaganda sodir bo’ladi.
Bu sharoitda aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar na o’yinni, na chizishni va na konstruktsiyalashni eplay olishadi. Ular uchun o’yin o’zaro bog’lanmagan, uzuq-yuluq faoliyatligicha qoladi va bu birikmagan o’yin qismlari takror-takror kelishga moyil bo’ladi. SHu sababli protsessual (ular syujet tarmoqlanishiga tegishli emas) deb nomlanadi. Ta`lim olmagan, maktab yoshiga etmagan oligofrenlar uchun protsessual xatti-harakatlar o’yinning eng yuqori darajasi, avji hisoblanadi. SHuni aytish mumkinki, maktab yoshigacha bo’lgan davr mobaynida ularda o’ynash mexanizmlari shakllanmaydi, shu sababli ularning asosiy mashg’uloti o’yin bo’lmaydi va odatdagidek rvojlantirish vazifasini bajarmaydi.
O’ynash faoliyati etarlicha rivojlanmasa, bu ta`lim olmagan, aqliy rivojlanishdan orkada qolshn bolalarning mahsuldor faoliyatiga salbiy ta`sir kiladi. Masalan, maktab yoshiga etgunlaricha bunday bolalar ko’pincha rasm chiza olmaydilar. Ularning to maktabga borgunga qadar rasm chizishlari tartibsiz chiziq tortish darajasida qolib, protsessual xususiyatga ega bo’ladi. SHuningdek, ularning konstruktsiyalash faoliiti to’g’risida ham shularni aytish mumkin.
Normal rivojlanib borayotgan bolalar 4—5 yoshlarida qurilish materiallari bilan berilib o’ynaydilar va syujetli-rolli o’yinlarda bino quradilar shu sababli bu o’yinlar ular uchun zaruriy ehtiyojga aylanib, his-tuyg’ularga berilib o’ynaydilar. Aqpiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar esa bu davrda ilk elementar moddiy harakatlanishni boshlaydilar.
SHuningdek, ularga qurilish materiallari yordamida qiladigan ishlarining harakatlari ham o’ziga xos ta`sir qiladi, ya`ni bu qurilish mageriallari bilan o’ynab turib, ko’pincha, ularni bir erdan boshqa erga maqsadsiz olib qo’yishadi, ustma-ust uyub tashlashadi, moddiy mazmunsiz ia o’zlari ham tushuntirib bera olmaydigan, shaklsiz binolarni qurishadi (agar bu binolarni ular biron-bir og’zaki so’z bilan tushuntirib bera olishsa, ularni moddiyga kiritish mumkin bo’lardi). Bunday binolar, odatda, o’ta beqarorligi bilan ajralib turadi, ular ag’anab tushganda, bolalar bundan rosa quvonishadi. SHuni aytish joizki, ularning ba`zilari shodlanish uchun ham ataylab binolarni buzishadi. Samarali natija olishda muayyan bir yo’nalish yo’qligi — ushbu qurilish materiallari bilan turli maqsadlarda foydalanish ham hali protsessual darajasida qolganligini anglatadi.
Albatga, konstruktiv (qurilish) materiallari bilan ifodalangan harakatlarni konstruktsiyalash deb nomlash qiyin. Ushbu bosqichda aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar qurilish asboblaridan keraklicha foydalanishni, ularning mahsuldor xususiyatini tushunib etishmaydi. Ular qismlardan muayyan buyum qiymatiga ega moddiy buyumlar qurilishini va o’yinda ishlatilishi mumkinligini bilishmaydi.
Maktab yoshigacha bo’lgan, ta`lim olmagan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarning konstruktiv faoliyatiga baho berishda, nafaqat mahsuldor-moddiy samara olishga qaratilgan, balki mohiyatan qurilish materiallarining konstruktiv xususiyatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlar to’g’risida ham gapirib o’tish lozim (to’kish, sochib tashlash, yalab ko’rish, otib yuborish, stolni taqillatish va h.k.). Agarda bunday bolalar bilan o’ynash, chizish, konstruktsiyalashlarni o’rgatish bo’yicha maxsus mashg’ulotlar o’gkazilmasa, makgab yoshiga etgunlariga qadar o’z vazifasiga nomuvofiq moddiy harakatlarni kuzatish mumkin. Tashqaridan qaraganda bunday harakatlar normal rivojlanayotgan bolalar ilk yoshlarida yangi buyumlar bilan «tanishib ko’rishini» eslatsa-da, aslida narsa-buyum bilan faol tanishib chiqishga yo’naltirilgan, bir qancha boshqa yo’naltiruvchi-tekshirib ko’ruvchp harakatlarda namoyon bo’ladi. Ularga narsa-buyumni qarab ko’rish, uni qo’llarida aylantirib ko’rish, bir qulidan boshqasiga olish, o’ziga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish va h.k. kiradi. Bola uni qiziqib o’rganib, his-tuyg’ularga juda beriladi. Moddiy harakatlanish tajribasiga hali ega bo’lmagan, maktab yoshigacha bo’lgan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarda esa bu harakatlarni qisqa davr oralig’ida, ongsiz ravishda, his-tuyg’ularsiz holda ko’rish mumkin va ular bilishga yo’naltirilmagan. Bundan tashqari, normal rivojlanayotgan bolalarda «yalab ko’rish» kabi narsa-buyumlarni eng sodda tarzda o’rganish tezda yo’qolib, ancha murakkab yo’nalish olsa (avvalo, ko’rib o’rganish), aqdiy rivojlanishdan orqada qolgan bolada bunday tanishish butun maktab yoshigacha bo’lshn davr mobaynida sakdanib qolishi mumkin.
Bolaning konstruktsiyalash faoliyati mohiyatini etarlicha tushunib stmasligini uning bu faoliyatga deyarli qiziqmasligi bilan ham izohlash mumkin. Qurilish qismlarini ushlab ko’rib olishiga, ko’pincha, ularning yorqin ranglari, g’alatiligi yoki boshqa bolaning qo’lidaligini ko’rib qolishi sabab bo’ladi. Ularning vazifalaridan Kelib chiqib, foydalanishga esa hatto qiziqib ham ko’rmaydi. Bunday Oeqaror, yuzaki qiziqishni uning keyingi harakatlarida ham kuzatish mumkin: qo’liga tushib qolgan narsalar o’zining jozibadorligini tezda yuqotadi. Masalan, bola kubiklarni tashlab yuborib, umuman qidirib ko’rmasligi, ularni olishga yoki qaerdaligini so’rashga ham Intilmasligi mumkin. Bu esa ularda konstruktsiyalashga uzoq, etarlicha ziqish shakllanmaganligini anglatadi.
Shu sababli konstruktsiyalashni o’rgatishdagi birinchi vazifa — bolada unga qiziqish uyg’otishdir. Bu ish ikki yo’nalishda olib boriladi: Birinchisi — bolada faoliyat mahsuliga qiziqishni shakllantirish bo’lib, buning natijasida unda o’z mehnatining samarali mahsulini olishga qiziqish uyg’onadi, ikkinchisi — bu faoliyat jarayoni bolani qiziqtirish, unga berilib, kirishib ketishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Aqliy rivojlaniigdan orqada qolgan bolalarning konstruk tsiyalashga qiziqishini tarbiyalash har bir narsa-buyumning o’z vazifasi tushunchasini shakllantirish bilan chambarchas bog’liq. Kurish, modelni yasash, biror narsani konstruktsiyalash uchun bu buyum nega kerakligi, unga qandam harakatlantirish (agar u qimirlasa) to’g’risidagi yaxshi tasakkur kifoya qilmaydi, balki u yana har bir qism, bo’lak nega kerak. ekanligini bilishi lozim. Zero, qurish, shakl vajoylashish doimo bu narsa-buyumning vazifalaridai hamda uning tarkibidagi har bir qismidan kelib chiqib belgilanadi.
Ham maktab yoshigacha, ham maktab yoshidagi aqliy rivojlanishdan orkdda qolgan bolalarning atrofidagi narsa-buyumlar to’g’risida etarlicha tasavvurga ega emasliklarining ham o’z izohi, psixologik mexanizmlari bor. Bizningcha, bu — ular bilan his qilgan holda, ongli ravishda ishlashni yo’lga qo’ymaslikdadir. Atrofimizdagi narsa-buyumlar to’g’risidagi bizning tasavvurlarimiz ularnikidan ikki muhim xususiyatiga ko’ra farqlanadi. Ulardan birinchisi — bu ob`ektning bola ongida ifodalanishi bo’lsa («Bu nima o’zi?»), ikkinchisi — bu ob`ekg bilan ishlash, undan foydalanish tajribasining ifodalanishidir («U bilan nimalar qilish mumkin? U nega kerak?»). Biroq aqliy rivojlanishdan orkada qolgan bolalarda ushbu tasavvurlardan ikkinchisi unchalik yaxshi riyujlanmagan bo’lib, bu, shubhasiz, ularning moddiy olam bilan etarlicha amaliy «muloqot»ga kirishmasligi, xatgi-harakatlari, avvalo, moddiy va o’ynash faoliyati yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog’liq.
Bunday bolalardagi konstruktsiyalash va o’ynash o’rtasidagi aloqa- dorlikni ham xupdi shu sabablarga ko’ra izohlash mumkin. Bunda moddip asboblar va o’yin faoliyatlari mustaqil pedagogik mashg’ulotlarnish muayyan bosqichlarida shakllanadi; aynan shu erda bunday bolalar moddip dunyoning funktsional jihatlarini ilk bora anglab etadilar, narsa buyumlardan foydalanishni o’rganadilar.
Konstruktsiyalanadigan ob`ektlarning funktsional vazifalarinp bola tushunishi shart bo’lsa-da, bu uning mahsuldor faoliyatinish yagona sharti emas. Narsa-buyumning yaxlit konstruktiv qiyofasini kayta yaratish (qurish, yasash) uchun bola uni konstruktsiyalash jihatidan belgilari va xususiyatlarini idrok qila bilishi shart va ularga shakllar, nisbatlar, butunni tashkil qiladigan elementlarning hududiy joylashuvi kiradi. Ham normal rivojlanayotgan, ham aqliy (rivojlanishdan orkda qolgan bolalarning idrok qilish vositalarini o’zlashtirishlari ancha murakkab vazifa bo’lib, bu muammoni maxsus tashkillashtirilgan sensorli (his qilish organlari asosida) tarbiyalash hal qilishi mumkin. Agarda tarbiyalash — ta`lim berish shart- sharoitlari muntazam ortib borsa, ular idrok qilish faoliyatlarini o’zlalashtirishda qiynalishadi. Ular ob`ektlarning hududiy xususiyatlari bilan amaliy yaqindan tanisha olmaydilar va bu hol ularning turli moddiy harakatlarida — ustiga qo’yish, joylashtirish, surish, aylantirish va hokazolarda hamda bu buyumlarni belgilariga ko’ra tanish, tanlash va qiyoslashlarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Shu sababli aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni instruktsiyalash jarayonida sensorli tarbiyalash — ta`lim berish ishari, bir tomondan, narsa-buyumlarning hududiy xususiyatlari — shakllari, qiyosiy o’lchamlari (hajmi, uzunligi, vazni), hududiy ishlashishining o’zgaruvchanligiga, boshqa tomondan esa idrok qilish harakatlarini shakllantirish, real buyumlarda bu xususiyatlarni aniqlash usullari yordamida bolalarni o’rgatishga yo’naltirilgan.
Maxsus didaktik mashg’ulotlar orqali sensorli ta`lim berishning birinchi yo’nalishi ta`minlanadi va bunda bolalarni turli hajmli va tekislik shakllari bilan tanishtiriladi, qiyoslash, namunasiga qarab tanlashga, keyinchalik esa oddiy guruhlashga o’rgatiladi. Bunday tayyorlov mashqlari davomida bolalar bir jinsli buyumlarni yoyish va yig’ib, taxlab chiqish orqali miqdoriga ko’ra qiyoslashga o’rganishadi, nomoddiy konstruktsiyalash jarayonida hududiy modellashtiradi.
Sensorli tarbiyalashning ikkinchi yo’nalishi birinchisi bilan chambarchas bog’liq bo’lsa-da, konstruktsiyalash faoliyatiga zarur bo’lgan ancha murakkab sensorli harakatlarni o’zlashtirishda yordam beradi. Bunday harakatlar sirasiga butundan qismni ajratib olish, ularning har birining shaklini aniqlash, xayolan murakkab shakllarni kichikroq qismlarga ajratish, qismlarni bir-biriga va ufqqa yoyoin joylashtirish va h.k. kiradi. Ushbu idrok qilishning shakllari konstruktsiyalashdan oldingi modelni namuna bo’yicha maqsadli tahlil qilish, bolalarcha harakatlarning taxminiy davrlarini tashkillashtirish jarayonida shakllanadi.
Akliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar pedagog rahbarligida buyumlarni kuzatish va qiyofalarni tahlil qilish hamda ma’lum bir namunaviy shakl bilan xayoliy qiyoslash orqali uning shaklini ko’rishni o’rganadilar. Ularda narsa-buyumlarning shaklini ko’ra turib, aniqlash murakkabligini hisobga olib, uzoq vaqt davomida shakllarni modellashtirishning ko’rish-harakatlanish turini qo’llash, buyum shakli va o’lchamini aniqlash uchun paypaslab ko’rish masalalari ko’rib chiqilmoqda. Bu esa hatto kattaroq yoshga to’lganlarida ham yangi shakllarni tahlil qilishda ob`ektlarning hududiy xususiyatlarini idrok qilshda yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Sensorli tarbiyalash masalalarini hal qilish jarayonida bolalarning atrof-olamning hududiy tashkil topganligi bilan hamda ulardan xoli ob`sktlar o’rtasidagi va bolaning o’ziga nisbatan bo’lgan hududiy munosabatlar bilan tanishishida muhim ahamiyatga ega. Gap shundaki, go’dak yoshida markaziy asab tizimi shikastlangan bola hududni amaliy jihatdan o’ziga xos tarzda o’zlaiggiradi. Ular emaklash va yurishga, narsalardan foydalanishga kech o’rganishadi. Bilishga unchalik ehtiyoj sezmaganliklaridan ular kam harakat qilishadi, bu esa, albatta, ob`ektlarning ham miqtsor, ham sifat jihatidan joylashishi va ko’chishi to’g’risidagi bilimlarini kamaytiradi. SHu sababli, ularning hududiy munosabatlar va hudud to’g’risidagi tasavvurlari etarlicha rivojlanmaydi.
Biroq oligofrenlar orasida o’ta faol bolalar ham ancha ko’p bo’lib, ular xatti-harakati yuqorida tavsifi keltirilganlarga to’liq ziddir. Jumladan, ular harakatchan, har narsaga tez chalg’ib ketaveradigan, xayollari hech qachon bir erda turmaydigan, biron-bir o’yinchoqni diqqag bilan o’ynashni bilmaydigan va h.k. Bir qarashda ular hududni ancha samarali o’zlashtirishsa-da, u to’g’risidagi tasavvurlari kam harakatlanadigan, akliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarnikidan farq qilmaydi. Bu holatni oldinga harakatlanish, ko’chirish jarayonida fahmlash yo’nalishi yo’qligi hamda ularning modtsiy faoliyati sustligi bilan izohlash mumkin.
Akliy rivojlanishdan orqada qolgan bolani hududiy munosabatlar bilan tanishtirish ularni bola o’zi tartiblab chiqishidan boshlanadi. Bunda ilk hisob nuqtasi bolaning o’zi bo’ladi; barcha narsalar unga nisbatan olinadi. So’ngra uning diqqati u ishtirok etmaydigai (masalan, ikki buyum o’rtasidagi munosabat) hududiy munosabatlarga tortiladi. Maxsus mashqlar yordamida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar kattalarga taqlid qilish, qiyofasi, hajmi va tekislish bo’yicha hududiy munosabatlarni idrok qilish, keyinchalik esa ob`ektlarning hududiy munosabatlariga og’zaki ta`rif berishdagi qo’llanma orqali o’rganadilar.
Maktab yoshigacha bo’lgan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun sensorli tarbiyalashning ahamiyatini hisobga olib, dasturda narsa-buyumlar va qurilish to’plamlari elementlarning shakli, mikdori va joylashishiga ko’ra farqlash, qiyoslash, ajratib olish, guruhlashni shakllantirishga mo’ljallangan maxsus didaktik mashqlar ko’zda tutilgan. Bulardan tashqari, bolalarning idrok qilishini rivojlantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun dasturga nomoddiy konstruktsiyalash bo’yicha maxsus mashqlar ham kiritilgan bo’lib, ular taqlid qilish, namuna va unchalik murakkab bo’lmagan og’zaki ko’rsatmalarga asoslanadi. Buning natijasida bola narsa-buyumlarning hududiy xususiyatlarini yaxshiroq idrok qila boshlaydi; unda ob`ektlarning shakli va miqdori, shuningdsk, ularning hududiy joylashuvi to’g’risida taxminiy faraz yuzaga keladi.
SHu bilan bir vaqtda bolalar keyingi ob`ektni konstruktsiyalash maqsadida bitta narsa-buyum ichidagi qismlarning joylashishini ham o’rganib chiqishadi. Ularga namuna sifatida olingan buyum tuzilishini tahlil qilish, tahlil aniqlangan hududiy xususiyatlarni vazifalari bilan bog’lashni o’rgatish kerak.
SHu tarzda ob`ektlarning ilk bor o’yinlarda yuzaga chiqadigan funktsional belgilariga yo’nalish olish ancha takomillashib, ixtirochilik va konstruktsiyalash jarayoni boyib boradi. Agar o’yindan narsa-buyum xususiyatiga amaliy yo’nalish olinsa, bolaning idrok qilishi rivojlantirilsa va uni yaxlit tarzda funktsional vazifasini bilishiga olib kelsa, konstruktsiyalash jarayonida bola obektning alohida xususiyatlarini va sifatini ongli idrok qilibgina qolmasdan, nega shunaqaligini ham tushunadi. U ko’rib, idrok qilish belgilarini narsa-buyumning funktsional vazifalari bilan bog’lashni o’rganadi. SHu narsa hisobiga aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarda narsa-buyumlarning shakli, miqdori va joylashishi to’g’risidagi tasavvurni shakllantirish, shuningdek, bu tasavvurlari asosida ancha murakkab ishlarni qilish mumkin bo’ladi.
Kuzatish, narsa-buyumni o’rganish, uni tahlil qilish, bo’lajak instruktsiyalashni oldindan ko’ra bilishlarga o’rgatish aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarda mahsuldor faoliyatining tayyorlov qismini shakllantirishga mo’ljallangan.
Bolaning fikrlash faoliyati vositalarini o’zlashtirishga konstruktsiyalashning ijobiy ta`sirlari to’g’risida so’z ketganda, barcha o’qitishlar ham bu vazifani qila olmasligini aytib o’tish lozim. Ta`lim berish samarali, haqiqatan rivojlantirish xususiyatiga ega bo’lishi uchun u, bir tomondan, maktab yoshigacha bo’lgan bolaning bu ishga ishtiyoqi va faoliyati tarkibini, boshqa tomondan esa, ularning ruhiy rivojlanishidagi o’ziga xos jihatlarini hisobga olib, tashkillashtirish kerak.
Bolalarni aqliy tarbiyalash bo’yicha ko’plab tadqiqotlarga ko’ra, nafaqat yaigi bilimlarni egallash, balki ularni yangi sharoitda yangi vazifani bajarishda qo’llay olish imkonini bersagana tafakkurning rivojlanishi birmuncha samarali kechadi. Zero, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar o’zlaridagi bilimlarini yangi sharoitlarda egallashda qiynalishadi. Masalan, ular konstruktsiyalash mashg’ulotlarida ancha murakkab mashqlarni qilishsa-da, syujetli o’yin va jihozlashda zarur narsalarni uddalay olishmaydi. Buning ustiga, qo’pincha, katta guruhlardagi tarbiyalanuvchilar ular qurgan narsalarni ataylab, hech ikkilanmasdan buzishadi. Bu esa ta`lim berish jarayonida faoliyat mahsuliga o’yinqaroq munosabatlarni tarbiyalashni, mehnat samarasini asrab -avaylashga e`tibor qaratilmaganligini, kattalar va boshqa bolarning unga qiziqish bildirishmaganini anglatadi. Bunday aoliyat esa mahsuldor emas, chunki unda protsessual jihatiga e`tibor qaratilyapti, xolos. Uning rivojlantiruvchi samarasi aqliy tarbiyalash jihatidan past.
Bolalarning o’zlari mustaqil yoki kattalar boshchiligida qo’yilgan masalaning amaliy echimi usullarini aniklashsa, «Qanday qilib va qanday ketma-ketlikda qurish kerak?» degan savolga javob berishsagina aqliy tarbiyalash akliy rivojlanishga olib keladi. Bunday mustaqillik oldindan ta`lim berishni to’g’ri tashkillashtirishning mahsulidir.
SHu bilan birga, amaliyotda bolalarning mustaqil harakatlarini emas, balki pedagogning bevosita ko’rsatmalari bo’yicha haraktlarini ko’rish mumkin; bu harakatlarda, ko’pincha, ishni bajarishning usullari, vositalari ketma-ketligi ko’rsatilgan bo’ladi. Natijada bolalar kattalarga ergashib, ularning har bir harakatidan nusxa olib, taqlid qilishadi. Buida zaruriy qurilish qismlari, bajarish ketma-ketligi, elementlarning hududiy joylashuvi — hammasi tayyor holda berilali Bu usul elementlar bo’yicha diktant (operatsion usul) deb nomlanali. Agar bu usul o’zini oqlab, akliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar hali to’g’ri taqlid qila olmaganligidan, ularni taqlidga maxsus o’rgatiladigan ta`lim berishning ilk bosqichlarida ham maqbul bulsa, uni kattalar va tayyorlov guruhlarida qo’llamasa ham bo’ladi.
Asosan kattalarga taqlid qilishga asoslangan ta`lim berish jarayonida bolalar alohida ishlar (namunaga qarab tanlash, shakli qiyoslash va h.k.)ni o’zlashtiradi va bu ularning sensorli tarbiyalash vazifalarini hal qiladi. Bolalar mustaqil ravishda fikriy va amaliy faoliyat voslialarini tanlashsagina, aqlan riyujlanadilar.
YUqorida keltirilgan operatsion usulda esa bola diqqat-e`tiborini jarayonning o’ziga qaratib, uning yakuniy maqsadini ko’ra olmaydi va etarlicha tushunib etmaydi. Bunda faoliyat maqsadi faoliyatning o’zi bo’lib chiqadi: bola pedagogda kuzatgan har harakatini to’g’ri bajarishga intiladi, natijada uning asl mohiyatini anglamaydi. Bizningcha, aynan shu narsa boladagi o’zi va boshqalarning qurilmalariga befarq munosabatga, konstruktsiyalashdan funktsional to’g’ri foydalanmaslikka, qurish o’yinlarining kam mahsulli bo’lishiga sabab bo’ladi.
Bunday bolalarni aqliy tarbiyalashda syujetli konstruktsiyalash usuli ancha samarali bo’lib, u mohiyatan konstruktsiyalashni o’yinning maqsadli bo’ysundirishdan iborat.
Maktab yoshigacha bo’lgan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan aqliy tarbiyalash bo’yicha tizimli olib borilgan ishlar natijasida ular hajman va tekislik (grafik) ko’rinishida berilgan namunani ishdan oldin o’rganib chiqib, unga mos holda konstruktsiyalashni, zarur asboblarni tanlashni, butun va qismlarni qiyoslashni, elementlarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, barqaror yasashni, faoliyat oldidan soddagina rejalashtirishni va qilgan ishlari yuzasidan ogzaki hisobot berishni o’rganishadi. Bu ishni qilish uchun zarur nutqiy materiallarni o’zlaiggirishib, konstruktsiyalashayotgan ob`ektning shakli, mikdori bo’yicha nisbati, shuningdek, uning o’zini yaxlit holda ayta boshlashadi. Ta`lim natijasida ularda konstruktsiyalashning ilk qiyofasi va uning yaxlit qiyofasini o’zlari yasashga imkoniyati shakllanadi. Kattaroq maktab yoshigacha bo’lgan davrda ular oddiy sxema-rejalar bilan ishlashni, yasagan narsalarining konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning grafik modelini yasashni o’rganadilar.
Agar mashg’ulot mazmuni, dasturiy talablar va o’tkazish metodikasi boshqa bo’limlar bilan bog’liq bo’lsa, bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning fikrlashidagi nuqsonlarni tuzatish vazifasi to’liq va samarali hal qilinadi. Narsa-buyumlar o’rtasida aloqadorlik bo’lishi tuzatshi va umumrivojlantiruvchi vazifalarni kompleks tarzda amalga oshirish imkonini berib, bu maktab yoshigacha bo’lgan aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va ta`lim berishning ahamiyatini kuchaytiradi.
BOLALARNING QISQACHA TAVSIFI
Uch-to’rt yoshda aqliy qoloq bolalar hali mutlaqo yordamga muhtoj bo’ladilar. Ular o’z-o’zlariga xizmat ko’rsata olmaydilar, mustaqil ovkat eya olmaydilar, ko’pchiligida hali eng kerakli gigienik ko’nikmalar tarkib topmagan bo’ladi. Bolalar kattalar bilan va o’z tengdoshlari bilan deyarli muloqot qilmaydilar, bu nafaqat ularning ko’pchiligida rivojlanish etishmasligi yoki nutqining yo’qligi bilan, balki so’zlashgacha davrda tarkib topadigan muloqot shakllari, masalan, kattalar va bolalarning birgaliqtsagi predmetli va predmet-o’yin qarakatlarining jarayonida yuzaga keladigan vaziyat-ish muomalasi, shuningdek, vaziyat-shaxs, hissiy muloqot shakllari bu yoshdagi oligofren bolalarning ko’pchiligida buzilgan bo’lib chiqadi. Bu, ayniqsa, bolalar uylaridan va ixtisoslashtirilgan yaslilardan kelgan bolalarda kuchli ifodalangan, chunki u erda ularni jismoniy parvarish qilishga asosiy e`tibor beriladi, o’yinchoqgar va gapiradigan kattalar ko’p bo’ladi, lekin bola shaxsiy, yaqin alokalar, ona erkalashlarining etishmasligini boshidan o’tkazadi.
Bolalarda so’zlashgacha va nutq muloqotining tarki(> nshm.i .n msxanizmlari ularningamaliy faoliyatni etarlicha igallpmshtsin i bilan uzviy bog’liqbo’ladi. Masalan, turli muloqot shaklliri flql I etakchi faoliyat xarakterining o’zgarishi ta`sirida almashiL Poriip Aqliy qoloqbolalarda esa predmet faoliyatidan boshlab Parchi ft »mnm I turlaririvojlanishidako’poletishmovchilikmavjud. Ularnish iprmi I rivojlanayotgan tengdoshlarida shu yoshsh kelib katga o’yin tajriPsh n Va rivojlangan nutqi bo’lsa-da, aqliy buzilishlari bo’lgan Oolmmpr shudavrda endiginao’yinchokdar bilan tanishib, elementar iboriplrpn egallay boshlaydilar.
Buyoshdash oligofren bolalarningmahsuldor faoliyati ham mapjul bo’lmaydi. Ongli, produktiv natijaga (rasm, barpo etish) ershshpsh a qaratilgan harakatlar manipulyativ-protsessual bo’lib, ko’p hollarla ular krlamlar, qurilishdetallari vahokazolardan noto’g’ri foydalanish Lari kuzatiladi. SHunisi dikqatga sazovorki, ushbu bolalar kubiklar yoki qalamlar yordamida turli harakatlar qilayotganda kattalar bilak Muloqot qilishga ehgiyoj sezmaydi, normal rivojlanayotgan bolalarda esa ularning harakatlarining natijasi borligini anglab etishi paytidan boshlab kattalarga kdratilgan bo’ladi. Ular predmetni katpshar tanib olishi paytini kutadi va doimo o’z faoliyatiga o’ziga yaqip kattalarni tortishga intiladi. Aqliy qoloq bolalar faoliyatishpp Mahsuloti juda sodda bo’lishi, shuningdek, ularning materiallar bilan harakatlari jarayonida o’zini tutishi faoliyatining nafaqat intellektual, balki hissiy-affektiv komponentlari ham jiddiy buzilganligi haqida gapirish uchun asos bo’ladi, bu esa ta`lim bsrishning tashkil etishda, dasturiy materiallarni tanlashda hamda konstruktsiyalar yaratishning vositalari bilan korrektsiyalash-tarbiyalash ishlarining usullari va yo’llarini aniqlashda hisobga olinishi lozim.
DASTURNING TAVSIFI
«Konstruktsiyalar yaratish» bo’limi bo’yicha dastur markaziy asab tizimining organik shikastlanishi bo’lgan bolalardagi psixik rivojlanishning xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Kichik guruh bolalari bilan ishlashning mazmuni umri konstruktsiyalar yaratishni egallash uchun zarur bo’lgan asosiy zaminlarni shakllantirishni ta`minlashga qaratilgan. Ushbu zkaminlar ikkita yo’nalishda yaratiladi. Yo’nalishlarning birinchisi bolalar faoliyatining intellektual komponentlarini rivojlantirishdan idrok etish harakatlariga o’rgatish, yaxlit predmet haqidani tasavvurni, predmetning dastlabki obrazini shakllantirish va hokazolar bo’yicha ishlar amalga oshiriladi. Ikkinchi yo’nalishi faoliyat motivatsiya-ehtiyoj jihatini yaratish bilan bog’liq: qurish, barpo etish istagi, konstruktsiyalar yaratish jarayoniga ijobiy hissiy munosabat, faoliyatning mahsulot natijasiga o’ziga xos o’yin ob’ekti sifatida qiziqish munosabati shakllantiriladi.
Ushbu yo’nalishlarda ishlarni amalga oshirish ta`limning barcha bosqichlari davomida bolalar faoliyatiga rahbarlik qilishning zaruriy sharti deb qaralishi lozim, lekin aslida maktabgacha bolaning mahsulotli faoliyati sifatida konstruktsiyalar yaratishning murakkab, yaxlit mexanizmi barpo etiladigan ta`limning boshlang’ich bosqichlarida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Konstruktsiyalar yaratish dasturida ta`limning birinchi yilida bolalarning sensorly tarbiyasiga katta e`tibor beriladi. Ularga figuralarni shakli va kattaligiga ko’ra farqlash; tegishli shakllarni namunaga qarab tanlab olish va ba`zilarini — so’z yo’l-yo’riqlari vositasida tanlab olish; hajmli va yassi shakllarni farqlash; oddiy shakldagi predmetlarni etalon namunaga qarab tanlab olish, kattaliklar, ularning nisbati bilan tanishtiriladi; predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslash usullari (ustma-ust qo’yish, yoniga qo’yish) o’rgatiladi. Taqqoslash natijalarini nutqida aks ettirish (uzun— uzunroq, qisqa—qisqaroq, kattaroq—kichikroq); bir turdagi vahar xil turdagi predmetlarni hajmi bo’yicha ko’rib taqqoslash (qaysi biri kattaroq, yirikroq) va hokazolar o’rgatiladi.
Bolalarni ob`ektlarning fazodagi joylashuvi bilan tanishtirishga alohida e`tibor beriladi. Dastlabki fazoviy tasavvurlarni shakllantirish ishi bola tomonidan uning atrofidagi eng yaqin fazoni uzoq o’zlashtirishiga asoslanadi. Avval bolaning diqqati o’ziga nisbatan iredmetlar joylashuviga tortiladi. «Fazo markaziga» bolaning o’zi qo’yiladi (bu esa olamning ushbu jihatini bilishning tabiiy borishiga yordam beradi); keyin fazoda harakatlanish; harakat yo’nalishlari to’g’risida eng birinchi tasavvur beriladi. Bir oz keyin bola «chetdan», ko’rib belgilab, idrok etadigan ikkita predmet orasidagi fazoviy munosabatlar bilan tanishtiriladi: bola munosabatlarning boshqa turini bilib, ularning nisbiyligini anglaydi. Predmetlar ko’chirilganda ularning fazodagi munosabatlari o’zgarishini bolalar sezib, to’g’ri baholashga va anglab-takrorlash maxsus mashqlar orqali, shuningdek, namunani tahlil ishi etish va undan keyin amaliy konsgruktsiyalaryaratish jarasnida amaliy konstruktsiyalar o’rganadi.
Pedagog rahbarligi va yordamida amalga oshiriladigan bo’lg’usi faoliyatini mo’ljallash bosqichini ta`minlash ishlari paytida bolalar namunani tahlil qilish ketma-ketligi bilan tanishadilar, uni ko’rib, asosiy funktsional qismlari va qo’shimcha bezak detallarinn aniqlab ajratishga o’rganadilar. Bunda kerakli so’zlarni egallash, namunani tahlil qilish hamda bajargan konstruktiv va o’yin harakatlarinti mazmunini gapirib berish davomida ishlata olish amalga oshadi.
Dasturda, shuningdek, bolalarda konstruktsiyalar yaratish uchun zarur bo’lgan qo’l malakalarini hosil qilishga, qo’llarning ixtiyoriy xarakatlarini egallashga talablar ham bor. Mehnat malakalarini shakllantirish qo’l va nigohning birgalikda chambarchas ishini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanishiga ta`limnpsh ta`sirini kuchaytirish uchun dasturda egallangan ko’nikmalarpp birmuncha o’zgargan sharoitlarda bajarish ko’zda tutilgan, masalan. tanish konstruktsiyalarni yangi qurilish materialidan barpo etish yoki bir predmetning turli konstruktsiyalarini yasash topshirikdari bunday topshiriqlar ko’pgina mashg’ulotlarda bolalarni mavjud bnlpm va ko’nikmalarni yangi vaziyatlarga ko’chirishga o’rgatish uchun qo’llanadi
Dastur ota-onalarni va defekgolog-o’kntuvchini bolalarda konstruktsiya qilinadigan ob`ektlarning funktsional mohiyatini tushushnish funktsional, harakat belgilarini predmetdan konstruktsiyaga ko’chnra olish, ya`ni uni predmetning o’ziga xos predmet-o’yinli o’rin bosikchn hodisa deb idrok etishni rivojlantirish yuzasidan muntazam ishlar yo’naltiradi. Ta`limning etakchi faoliyatga tayangan holdagi bunday yo’nalishi boshidanoq bolalar tomonidan konstruktsiyalar yaratishning ongli bo’lishiga yordam beradi, bu esa maktabgacha qoloq bolalarning mustaqilligini yuzaga chiqarish va ularda mashg’ulotlardan tashqari konstruktsiyalar yasash istagini uyg’otish uchun asos bo’ladi.
Har bir mashg’ulotning asosiy sharti bolalar konstruktiv faolyatining o’yin mohiyatini shakllantirish bo’ladi. Mashg’ulotda yasalgan barcha konstruktsiyalar o’yinda ishlatiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin