O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Buning uchun quyidagi yo’nalishlarda tashxis olib borish lozim



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə11/37
tarix20.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#88849
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Buning uchun quyidagi yo’nalishlarda tashxis olib borish lozim:
Boladagi asosiy muammoni aniqyaash, uning ichki hamda tashqi dunyosi va hissiyotlarini tadqiq qilish kerak. Agar bola o’zining kasalligiga, boshqacha munosabatda bo’lish kerakligiga ishontirilsa, u o’zini kamsitilgan, tahqirlangandek his qilib, atrofidagilardan tortinadigan, ulardan o’zini olib qochadigan bo’lib qoladi; boshqa bolalar bilan etarlicha aloqada bo’lmasligi esa uning normal rivojlanishini izdan chiqarib, atrofidagilar bilan va ziddiyatli vaziyatlarda muloqotga kirishishni bilmasligiga olib keladi. Undagi nuqsonni vaj qilib, tashabbuslarini to’liq cheklash, uning xohish- istaklarini poymol qilish mumkin emas. Bu cheklovlarga boshqa oqilona sabablar topishga harakat qiling. Farzandinshzni barcha bolalar shifokori huzuriga borishlari va tahlil namunalari topshirishlari kerakligiga ishontiring. SHifokor yoki tanishlaringiz bilan bolaning oldida uning salomatligidagi o’ziga xoslikni muhokama qilmaslikka harakat qiling. Undan o’z xavotiringiz, vahimangizni yashiring, kasalligi tufayli yomon kayfiyatga tushganingizni sezdirmang, zero, u sizning holatingizni his qilib turadi va bu unga og’ir botadi. Bola ko’pincha asossiz holda, tezda o’laman, degan xayolga borishi, xufyona qayg’urishi mumkin. Nima uchun uni bunday ahvolga solish kerak?
Sizga va farzandingizga xalal berayotgan xufyona ichki yoki tashqi muammolarni aniqlashga harakat qshshng va ularni asta-sekinlik bilan bartaraf eting. Bunday xufyona muammolar bolada ishonmaslik, hadiksirash, o’ziga past baho berish, o’zini aybdor his qilish, boshkdlardan o’zini blib qochish kabi holatga tushishga sabab bo’lishi mumkin.
Har bir farzand — sizning kelajagingizdir. SHu sababli unga hurmat, muhabbat va mamnuniyat bilan qarang. Bolaning oddida uning kasallik alomatlarini muhokama qilmang; undagi nuqsonlarni o’ziga qayta-qayta aytish shart emas. Har bir bola yoshi (go’dak yoki katgaroq), aqliy rivojlanishi va jismoniy holatidan qat`i nazar, ota-onasi va atrofdagilar unga qanday munosabatda bo’layotganlarini biladi va shu asosda uning shaxsiyatida o’ziga xos jihatlar shakllanadi. Biroq otp-onalar farzandlari hech narsani tushunmaydi va bilmaydi deb hisoblashadi.
Ba`zi ota-onalar esa, aksincha, farzandlaridagi nuqsonlarni inkor qtslib, bu muammoga engil qarashadi. Holbuki, bu ikkala qarashda ham iaeiyatga to’g’ri baho berib bo’lmaydi va bu alohida ehtiyojli bolaning normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Bunday munosabatlar nomaqbul vaziyatlar va hadiklardan kelib chiqqan bo’lib, ular muammoni INada chigallashtiradi va psixik rivojlanishdagi ikkilamchi susayishlarga sabab bo’ladi.
Rivojlanishdagi ikkilamchi sustlashish — bu bolaning bosh miyastsda prganik o’zgarishlar bo’lmagan holda, atrofidaga borliqni idrok etishning buzilishi tufayli fahmlash, anglash faoliyatining susayishidir. Xo’sh, jismonan nuqsonli bolada ikkilamchi susayishga yo’l qo’ymaslik uchun nimalar qilish kerak? Avvalo, xavotirga tushmaslik, xotirjamlik bilan vaziyatni haqqoniy baholash lozim. YAxshisi, mazkur vaziyatni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish ksrak. Dastavval, farzandingizning to’laqonli hayot kechirishiga To’sqinlik qilayotgan g’ovlarni aniqlab oling. Buning uchun daftar olib, uni ikki ustunga ajrating. Birinchi ustunga to’siqlarni yozib CHIQIng, ikkinchisida esa bu muammolarni hal qilish uchun farzan- dingizda mavjud bo’lgan manbalarni yozing. Bunda manbalar to’siqlardan »ncha kam bo’lishi mumkin. Manbalar ko’proq bo’lishi uchun esa farzandingazni kuzating, uning ehtiyojlarini o’rganib chiqing, uning to’siqlarni engib o’tish yo’llarini qidirib topa olishi uchun noqulay vaziyatlar yarating.
Agar farzandingizning ko’zi ojiz bo’lsa, unga makonda yo’na- lishni aniqlashida yordam bering. Uni bir-ikki marta qo’lidan ushlab etaklang, uchinchi marta esa bu yo’lni mustaqil bosib o’tishiga qo’yib Oering. Asta-sekin farzandingizni mustaqil hayotga o’rgatib borib, KICHIK odimlar bilan bu to’siqlarni engishiga yordam bering. Har bir volaga ichki dunyosi, imkoniyatlari, qobiliyatlari, xohish-istaklarn M ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashish lochim. Uninghar qanday faolligini, hatgo dunyoqarashingizga zid bo’lsa \am. rag’batlantiring. Farzandingaz uchun nimalar ahamiyatga ega? Masalan bola qumda o’ynashni yoqtirsa, unga bunday o’yin uchun sharoit yaratib bering. Farzandingizning o’zini tutishini kuzating: agar u faol o’ynayotgan bo’lsa, unga xalal bermang; agar o’ynay olmasa, qo’lbola vositalar yordamida qumdan uychalar qurishni ko’rsatib bering. Agar bola devorga rasm chizishni yoqtirsa, uni jazolamaslik kerak. Aks holda, o’z farzandingizning ijodkorlik salohiyatiga putur etkazgan bo’lasiz. Unga qog’oz yoki qalam berib, kuzating. U hatto tushunarsiz narsani chizsa ham, nima chizganligini mehr bilan so’rang. Uni diqqat bilan tinglang. Agarda farzandingiz sizdan biron narsa chizib berishni so’rasa, rad etmang, balki har bir detal haqida batafsil gapirgan holda u bilan birga rasm chizing. SHu tarzda siz go’dak xatgi-harakatini rag’batlantirgan bo’lasiz. Bola o’z mehnati natijasini ko’rsa, bundan ijobiy ta`sirlanib, uni yana takrorlashga intiladi. Bolaning qiziqishlarini har kuni qo’llab-quvvatlash keyinchalik unda o’z- o’zini baholashning shakllanishiga yordam beradi. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlar bolaning rivojlanishi uchun to’siq bo’lmaydi. Zero, alohida ehtiyojga ega bola o’zi nimalarga qodirligini biladi. U hech qachon qo’lidan kelmaydigan og’ir ishlarga urinmaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin