Interaktiv (Interactive) – dialogli.
Interfaol ta’lim – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi (ta’lim oluvchi va kompyuter) o‘zaro haraqatni amalga oshiruvchi dialogli ta’lim.
«Miyaga hujum»(“aqliy hujum”) usuli
Miyaga hujum (breynstorming – miya to‘foni) – g‘oyalarni generatsiya qilish usuli. qatnashchilar birlashgan holda amaliy va ilmiy muammolarni echishga haraqat qiladilar: uni echish uchun shaxsiy g‘oyalarini ilgari (generatsiya qiladilar) suradilar.
Miyaga hujum jarayonida qatnashchilar qiyin muammoni bir-birlari bilan fikr almashgan holda echishga haraqat qiladilar: muammoni echishda tanqidga uchramaslik uchun ko‘proq shaxsiy fikrlarini (generatsiya qiladilar) bayon etadilar, keyin esa mos keladigan, ratsional, samarali, optimal va bosh g‘oyalarni (fikrlarni) tanlab oladilar, ularni muhokama qiladilar, ularni kengaytiradilar, chuqurlashtiradilar, ularning isbotlanishi yoki rad etilishi imkoniyatlarini baholaydilar.
Jamoaga xos to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga hujum – iloji boricha, ko‘p fikrlarni jamlashni ta’minlab beradi. Qatnashchilar bitta muammoni ham echadilar. Optimal qatnashchilar soni: 15 kishidan ortmasligi kerak. Davomiyligi: 1 soatgacha.
Keng ommaga xos miyaga hujum– auditoriyada (60 kishigacha) fikrlarni generatsiya qilish samaradorligini jiddiy ko‘paytirishga imkon beradi. Mikroguruhlar ichida umumiy muammoning bir tomoni (aspekti) hal qilinadi.
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI Miyaga hujum qoidalari:
Hech biri o‘zaro baholanmaydi yoki tanqid qilinmaydi.
Tavsiya etilgan fikrni (agarda ular fantastik yoki aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa-da) baholashga shoshilma.