O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə13/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
«KEYS – STADI» USULI
Amaliy vaziyatlarni o‘rganuvchi usul (Case – stadi)



Ta’limiy (o‘rgatuvi) vaziyat – keys-stadi (ingl. sase – to‘plam, aniq vaziyat, study-ta’lim, o‘rgatish) – hayotdan olingan mavjud vaziyatlarga asoslangan holda tashqillashtirilgan yoki oddiy muammolarni keltirib chiqaruvchi sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatlarning ta’lim oluvchilarni maqsadga muvofiq ravishda echimini izlashni o‘rgatish usuli. Keys – bu (1) tashkillashtirish hayotida ma’lum bir talablar bayonining yozma ravishdagi ko‘rsatmasi, ta’lim oluvchilarni muammolarni shakllantirishga va ularni echishda maqsadga muvofiq variantlarini izlab topishga yo‘naltiruvchi insonlar guruhi yoki bitta (individ) inson; (2) qo‘shimcha axborotlar, ya’ni audio, video, elektron va o‘quv-uslubiy materiallar.



MUAMMOLI TA’LIM

Muammoli ta’lim deyilganda, o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi.


Muammoli ta’limning muvaffatsiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
O‘quv materialini muammolashtirish.
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish.
Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;
O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini to‘zish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
- talabaga notanish bo‘lgan faktning mavjud bo‘lishi;
- vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi talabalar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi.
Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffatsiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi. O‘qitish jarayoniga muammoli darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo‘ladi:
- o‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish mumkinligini;
- mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik prin-qiplariga amal qilishi;
- talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish yo‘llarini belgilashi zarur.
Muammoli o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqillik roli reproduktiv o‘quv usullariga solishtirib qaraganda ancha samarali bo‘ladi. Muammoli o‘qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta’lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo‘llari bilan yangi bilimlarni o‘zlashtirishni, talabalar o‘quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo‘yicha o‘qituvchilar ularda qiziqish uyg‘ota olishdan iborat.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
- talabalar uchun noma’lum yangilik mavjudligi;
- muammolarni o‘zlari hal etishlari;
-shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o‘zlari o‘rganishga haraqat qilishlari;
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirishda bir qator didaktik maqsadlar ham ko‘zda tutiladi, ya’ni;
- talabalar diqqati o‘quv materialiga tortiladi;
- talabalarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish;
- ularni o‘zlashtirish faoliyatini jonlantirish;
- ularning oldiga aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi masalalar qo‘yish;
- talabalar o‘rganishi mumkin bo‘lgan bilimlar etarli darajada emasligini dalillarga asoslangan holda ko‘rsatish;
- o‘quv materiallarini tahlil etishga o‘rgatish;
- o‘qitishdagi muammolarni hal etishning yo‘llarini topishda ularga ko‘mak berish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar bir necha turga bo‘linadi:
Talabalar o‘z oldilarida turgan masalaning echimini topa olmaydi, muammoli savol yuzaga kelganda unga o‘z vaqtida javob bera olmaydi, yangi mavzuni tushunishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi.
Talabalar oldin egallagan bilimlarini yangi sharoit va vaziyat yuzaga kelganda qo‘llay olmaydi.
Ularning muammoni nazariy yo‘l bilan hal etish va bu tanlangan usulni amalga oshirishi o‘rtasida qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Talabalar amalda bajargan topshiriq natijalari bilan o‘zlarining nazariy jihatdan tushunib etishlari o‘rtasida bilimlarining etishmasligi ham muammoli vaziyatlar yuzaga kelishiga olib keladi.
Muammoli ta’lim murakkabligiga ko‘ra turli darajada bo‘lishi, ya’ni tashqil etilishi mumkin. Bu talabalarning tayyorgarlik darajasiga, bilim darajasiga va fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi.
Muammoli ta’limning birinchi darajasi – o‘z holicha vujudga kelib qolgan muammolar bo‘lib, turli dars tiplarida va turli vaziyatlarda surunkali holda vujudga keladi va o‘z echimini kutadi.
Muammoli ta’limning ikkinchi darajasida – o‘qituvchi tomonidan muammo vujudga keltiriladi va talabalar tomonidan echiladi. Bu holda talabalar muammoni echish usulini kuzatadilar va passiv holatda bo‘ladilar. Ular muammoni echish malakasi bilan tanishadilar.
Muammoli ta’limning uchinchi darajasida – talaba tomonidan muammoli vaziyat tashqil etiladi va muammo o‘rtaga tashlanadi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda echim topiladi. Bunda talabalar faol ishtirok etadilar va ularda mustaqil va ijodiy fikrlash refleksi rivojlanadi.
Muammoli ta’limning to‘rtinchi darajasida - muammoli vaziyatni ham, muammoning echimini ham talabalar o‘zlari tashqil qiladilar. Ular mavzudagi mavjud muammoni ko‘ra olishga va uning echimini mustaqil ravishda topa olishga o‘rganadilar. Bu muammoli ta’limning eng yuqori darajasi hisoblanadi. CHunki talabalar ijodiy fikrlashga o‘rganadilar. Bu holda talabalar o‘ta faol holatda bo‘ladilar. O‘qituvchi esa kuzatuvchi va ba’zan yo‘naltiruvchi sifatida maydonga chiqadilar.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin