O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə16/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Pinbord texnikasi
Pinbord texnikasi (inglizchada: rin - mahkamlash, boagd – doska) muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish va guruhlashni amalga oshirishga, kollektiv tarzda yagona yoki aksincha qarama-qarshi pozitsiyani shakllantirishga imkon beradi.

O‘qituvchi taklif etilgan muammo bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon qilishni so‘raydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ommaviy aqliy xujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag‘batlantiradi).




Fikrlarni taklif qiladilar, muhokama qiladilar, baholaydilar va eng optimal (samarali) fikrni tanlaydilar. Ularni tayanch xulosaviy fikr (2 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) sifatida alohida qog‘ozlarga yozadilar va doskaga yopishtiradilar.



Guruh namoyandalari doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:
1) yaqqol xato bo‘lgan yoki takrorlanayotgan fikrlarni olib tashlaydilar;
2) bahsli bo‘lgan fikrlarni oydinlashtiradilar;
3) fikrlarni tizimlashtirish mumkin bo‘lgan belgilarini aniqlaydilar;
4) shu belgilar asosida doskadagi (qog‘oz varaqlaridagi) barcha fikrlarni guruhlarga ajratadilar;
5) ularning o‘zaro munosabatlarini chiziqlar yoki boshqa belgilar yordamida ko‘rsatadilar: kollektivning yagona yoki qarama-qarshi pozitsiyalari ishlab chiqiladi.



Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING quyidagi usullaridan ham o‘rni bilan foydalaniladi:
1. Mavzuni o‘zlashtirishga talabalarni rag‘batlantirish va ularni faollashtirish maqsadida mavzu doirasida bliq savollar beriladi(Ular ma’ruza matnida har bir mavzu bo‘yicha texnologik xaritalarda keltirilgan).
2. O‘zini o‘zi nazorat qilish savollari beriladi.
3. Test savollari havola etiladi.
4. Mavzu bo‘yicha maxsus adabiyotni konspektlashtirish tavsiya etiladi.
5. Kichik guruhlarda ishlash tartibidan foydalaniladi.
6. «Aqliy hujum» usuli tatbiq etiladi.
7. Xabarlashib o‘rganish usulidan foydalaniladi.
8. Insert texnikasi bo‘yichamavzu yuzasidan olgan bilimini aniqlashtiradi.
9. Mustaqil ish(referat)lar taqdimoti(prezentatsiyasi).



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin