O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə38/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Tadrijiy rivoj metodologiyasi. Ma’lumki, miqdor o‘zgarish-larining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi falsafaning asosiy qonunlaridan biri bo‘lib, u tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotida amal qiladi. Miqdor, sifat, o‘zgarish va me’yor tushunchalari uzviy borg‘liq. Har qanday miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishini keltirib chiqaravermaydi, u me’yor chizig‘iga etgach, sifat o‘zgarishi ro‘y beradi. Masalan, lablanmagan [a] unlisi va lablangan [o] unlisi o‘zaro zid. Bu ziddiyatlar tilshunosligi uchun muhim. Biroq [a] va [o] unlisini bog‘lovchi, [a] ning oz lablanishdan mutlaq lablanishga qarab o‘sib borishi jarayonida eng ko‘p lablangan [a] va eng kam lablangan [o] o‘sishning me’yor chizig‘idagi holatiga muvofiq keladi. Ana shu me’yor chizig‘ining chap yonidagi [a] va o‘ng yonidagi [o] variantlari aslida bitta tovush bo‘lib, bu nuqtada [a] va [o] unli fonemalari zidlanishi so‘nadi. Bu nuqtada unlilar aro ziddiyat emas, balki “murosa” munosabati namoyon bo‘ladi. Me’yor chizig‘idagi [a]/[o] ziddiyatsiz holati ikki unli aro bog‘lanish va taraqqiyotni ta’minlaydi. Lablanmaganlikdan bosqichma-bosqich lablanishga yoki lablanganlikdan bosqichma-bosqich lablanmaslikka o‘tib borish holati tilshunoslikda graduonimik chiziq sifatida qaraladi. SHu boisdan graduonimik munosabatni ziddiyat sifatida emas, balki ziddiyatsizlik, o‘zaro aloqa, bog‘lanish, tutashish sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Lisoniy birliklar orasidagi uzluksizlik (graudonimik) munosabati ijtimoiy hayotdagi rivojlanishning bosqichma-bosqichli ko‘rinishiga mos keladi. Zero, yangi sifat o‘zgarishlariga bosqichma-bosqich o‘tish, jamiyat hayotidagi izchil islohotlarni shu asosga qurish davlat va fuqarolarning manfaatlariga mos tushadi, taraqqiyot va rivojlanishning ilg‘or yo‘li hisoblanadi. Masalan, bu tilshunoslikda, deylik, [a] unlisidan birdan [o] unlisiga o‘tish rivojlanishning inqilobiy turiga mos bo‘lsa, [a] unlisidan bosqichma-bosqich [o] unlisiga o‘tish taraqqiyotning tadrijiy yo‘liga uyg‘undir. “Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini bir yo‘la tugatish emas, balqi uzoq davom etgan eski sifatni yangi sifatga aylantirish bilan ifodalanadi. Demak, dialektikaning ushbu qonuni mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash va amaliyotda ham to‘g‘ri tatbiq qilish katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega.”22
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishida uzluksizlik va uzluklilik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Uzluklilik sifat o‘zgarishiga o‘tishning sakrash usulini o‘zida aks ettirib, u asosan taraqqiyotga emas, balki tanazzulga olib keladi. Masalan, sobiq sho‘ro tuzumida bozor munosabatlaridan soqialistik iqtisodiy munosabatlarga o‘tish iqtisodiy tafakkurning izdan chiqishiga olib keldi. Bu rivojlanishning uzlukli ko‘rinishi bo‘lib, dialektikada portlash yo‘li bilan sifat o‘zgarishiga o‘tish sifatida baholanadi. Tabiatda yuz beradigan o‘zgarishning bunday turi har doim barcha tirik mavjudot uchun birday xavfli bo‘lib kelgan. “Portlash” asosidagi o‘zgarish ijtimoiy rivojlanishga ham nomuvofiqdir. Zero, insoniyat iqtisodiy tafakkurida “portlash” bo‘lishi mumkin emas, u har doim tadrijiydir. SHuning uchun O‘zbekistonda bozor iqtisodiy munosabatlariga bosqichma-bosqich (tadrijiy) o‘tish yo‘li tanlangan.
SHakllanayotgan graduonimik tilshunoslik tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqqiyotida birday amal qiladigan miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuniga metodologik omil sifatida tayanib, lisoniy birliklarni o‘zaro tutashtiradigan nuqtalardagi muhim holatlarning ilmiy tavsifini beradi. Tilshunos L.V.Щerba ta’kidlaganidek, “chekka, ziddiyatli nuqtalar oydek ravshan, tilshunosni ushbu ziddiyatli ikki qutbning xossalarini o‘zida mujassamlashtiradigan, tebranib, goh u yoqqa, goh bu yoqqa o‘tib turuvchi noaniq hodisalar ko‘proq qiziqtirmog‘i lozim.”23 Bu esa til hodisalariga miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuniga tayanadigan graduonimik tilshunoslik tamoyillariga muvofiq keladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin