O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə90/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
7.2. ON va YAN TEST SAVOLLARI



        1. Ijtimoiy buyurtma deganda nimani tushunasiz? A) davlat buyurtmasi B) DTS C) davr talabi D) o‘quv dasturi

        2. Mahmud Koshg‘ariy zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy buyurtma nima edi? A) lug‘at yaratish B) grammatika yaratish C) til xaritasini tuzish D) qarluq turkiysini asoslash

        3. “Devoni lug‘oti–t–turk” va “Javohiru–n–nahv” asarlarini yaratishdan maqsad nima edi? A) lug‘at yaratish B) grammatika yaratish C) til xaritasini tuzish D) qarluq turkiysini asoslash

        4. “Sangloh”, «Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk vo-l-qafchoq», «Attuhfatu–z– zakiyatu fi–l–lug‘ati–t–turkiya» lug‘atlari nima uchun yaratilgan? A) so‘zlarni to‘plash B) so‘zlarni tavsiflash C) tillarni qiyoslash D) til yaxlitligiga erishish

        5. «Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi», «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi», «Sort tili samouchiteli», «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma», «Sort tili darslari», «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma», «Sort tili darsligi» kabi lug‘atlarni yaratishdan maqsad nima? A) tarjima B) so‘zlarni tavsiflash C) tillarni qiyoslash D) mahalliy xalq ruhiyatini anglash

        6. O‘zbek formal tilshunosligining maqsad va vazifalari nimada edi? A) til qurilishini o‘rganish B) darsliklar tuzish C) adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish D) barcha javoblar to‘g‘ri

        7. 2 tomli “O‘zbek tili grammatikasi”, 2 tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” nega yaratildi va ularning o‘zbek formal tilshunosligi taraqqiyotidagi roli qanday bo‘ldi? A) til qurilishi o‘rganildi B) darsliklar tuzildi C) adabiy til me’yorlari ishlab chiqildi D) barcha javoblar to‘g‘ri

        8. Lison, me’yor, nutq nega farqlandi? A) til strukturasini aniqlash uchun B) sistem qonuniyatlarni aniqlash C) til imkoniyatlarini ochish D) barcha javoblar to‘g‘ri

        9. Nega o‘zbek substansial tilshunosligi imkoniyatlar tilshunosligi deyiladi? A) nutq qurilishini o‘rganganligi uchun B) darsliklar tuzganligi uchun C) adabiy til me’yorlari ishlab chiqilganligi uchun D) lisoniy birliklar va lisoniy struktura aniqlanganligi uchun

        10. Lisoniy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda tilshunoslik zimmasiga qanday vazifa yuklatiladi? A) ona tili ta’limini isloh qilish B) ta’lim mazmunini o‘zgartirish C) ta’lim maqsadini ro‘yobga chiqarish D) barcha javoblar to‘g‘ri

        11. Tilshunoslikning yangi paradigmasi... A) mazmuniy sintaksis B) mantiqiy grammatika C) pragmalingvistika D) tavsifiy grammatika

        12. Lisonning amaliy voqelanishi deganda nimani tushunasiz? A) lisoniy birliklarning nutqiy qo‘llanishi B) nutqiy birliklarning lisoniy sathga o‘tishi C) lison va nutqning farqlanishi D) barcha javoblar to‘g‘ri

        13. Tilning amaliy voqelanishi tahlili asosi nima? A) matn B) og‘zaki nutq C) diskurs D) so‘z

        14. Tilning nutqiy voqelanishida inson omili deganda nimani tushunasiz? A) insonning so‘zlash qobiliyati B) insonning nutqiy faoliyati C) nutq vaziyatida inson D) nutq jarayonida insonning o‘rni

        15. Tilning akkumulyativ vazifasi nima? A) aloqa vositasi B) madaniyat va ma’naviyatni saqlash va uzatish vositasi C) adabiy til me’yorlarini qayta ishlash D) barcha javoblar to‘g‘ri

        16. Til bilim – manbai deganda nimani tushunasiz? A) bilim olish vositasi B) bilimlarni saqlash vositasi C) bilimlarni uzatish vositasi D) barcha javoblar to‘g‘ri

        17. Kognitiv konseptni qanday tasavvur qilasiz? A) tushuncha B) ma’no C) bilim D) barcha javoblar to‘g‘ri

        18. Lingvokulturologik konsept nima? A) mentallik xususiyati nuqtai nazaridan so‘z B) madaniy nuqtai nazardan so‘z C) mentallik nuqtai nazaridan til birligi D) madaniy qiymatli til birligi

        19. Til birligi qachon lingvokulturema sifatida qaraladi? A) milliy madaniy qiymati e’tiborga olinganda B) lug‘atda C) qomusda D) barcha javoblar to‘g‘ri

        20. Milliy–madaniy sema deganda niamni tushunasiz? A) milliylikni ifodalovchi sema B) milliylik va universallikni ifodalovchi sema C) universallikni ifodalovchi sema D) barcha javoblar to‘g‘ri

        21. Kompyuter lingvistikasini qanday tushunasiz? A) korpusning lingvistik tahlili B) tarjima dasturlar tuzish C) imlo dasturlari tuzish D) barcha javoblar to‘g‘ri

        22. Til korpusi nima? A) qidiruv dasturi asosidagi matn B) elektron matn C) elektron kutubxona D) imlo dasturi

        23. Matnlar maydoni deganda nimani tushunasiz? A) elektron matn B) elektron kutubxona C) qog‘oz matn D) qidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan matn

        24. Korpus menedjerini qanday tushunasiz? A) elektron matn B) elektron kutubxona C) qog‘oz matn D) qidiruv dasturi

        25. Korpus qanday ahamiyatga ega? A) tahrir uchun B) tahlil uchun C) tarjima uchun D) barcha javoblar to‘g‘ri

        26. Global korpusni qanday tushunasiz? A) katta korpus B) universal korpus C) xalqaro korpus D) qidiruv dasturiga bo‘ysun-dirilmagan matn.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin