Illokutiv kuch - so‘zlovchining verbal va noverbal imkoniyati.
Innovatsiya - tildagi yangi hodisa va yangi shakllanishlar.
Intsioiya (lot. intension «intilish, harakat qilish») - nutqiy harakatning maqsadi, so‘zlovchining niyati, istagi. Nutqiy intsioiyaning amalga oshish darajasi (nutqiy harakatni amalga oshirish imkoniyati) tilga egalik (tilni o‘zlashtirish) darajasi, ekspressiv - stilistik va tilning obrazli imkoniyatlari hamda noverbal yordamchi vositalaridan foydalanish qobiliyatiga bogliq.
Interpretatsiya -(lot. o‘zgartirish, almashtirish) ma’noviy qayta ishlash, asosiy mazmunga kirish gaplar va oborotlar vositasida modal baholash manosini kiritish.
Kogeziya - (lot. bog‘liq) yuzaki shakliy sathda namoyon bo‘ladigan matn bog‘liqligi. Kogeziya grammatik va leksik vositalarni, har xil takrorlarni, anafora va hakozolarni o‘z ichiga oladi.
Kogerentlik - (lot. aloqa, bog‘liqlik) mazmuniy ma’noviy sathda namoyon bo‘ladigan matn bog‘liqligi.
Kognitsiya - sub’ektning bilish, idrok qilish, ta’riflash qobiliyati.
Komissiv - (ing.commitment – “majburiyat”) nutqiy akt. Bu nutqiy akt va’da berish va boshqa turdagi majburiyat ma’nolarini ifodalaydi.
Kommunikativ maqsad (intsioiya) - nutqiy harakat maqsadi, so‘zlovchining niyati. Kommunikativ maqsadning amalga oshish darajasi (nutqni amalga oshirish imkoniyati), so‘zlovchining tilni bilish darajasi, tilning ekspresssiv-stilistik va obrazli imkoniyatlaridan hamda noverbal yordamchi vositalardan foydalanish mahoratiga bog‘liq.
Kontekst - mazmun jihatidan tugallangan, o‘z tarkibidagi so‘z va iboralarning ma’nolarini belgilashga imkon beradigan nutq parchasi. Kontekst nutq vaziyatini ham qamrab oladi.
Konsept - lisoniy birliklar (masalan, so‘z, gap, matn kabilar) orqali yuzaga chiquvchi fikrlash jarayoni, hodisasi, tafakkur birligi bo‘lib, bu inson bilish jarayonining natijasidir.
Konseptosfera- konsept uchun talab qilinuvchi belgilarning funksiyalashish maydoni.