GLOSSARIY Advisiv - nutqiy akt (maslahat, tavsiya) turi. Bunday akt turlarida adresentning kommunikativ maqsadi adresatga biror bir muammoni hal qilishga yordam, u tushib qolgan noqulay vaziyatdan chiqishi uchun aniq taklif, pand-nasihat, yo‘l-yo‘riq va tavsiya berishdan iborat bo‘ladi.
Assertiv - nutqiy akt turi. Assertiv ma’lum va ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun xizmat qiladi va psixologik holatlarni ifodalamaydi. V.V.Bogdanov tasnifida bu ko‘rinishda affirmativ (q.) va konstativ (q.) lar o‘zaro birlashadi. Assertiv undash xarakterida bo‘lmagan nutqiy aktlar doirasida ekspressiv (q.) bilan uyg‘unlashadi.
Assersiya - (tasdiq) gapning semantik tuzilishidagi shunday komponentki, unda ma’lum faktlarni inkor qilish jarayonida asl ma’noga zidlik yuzaga keladi. Masalan, haqiqiy tasdiq ifodalovchi narxi oshdi gapi narxi oshmadi yolg‘on mazmundagi gapni inkor kilish asosida yuzaga kelgan. Assersiya presuppozitsiyaga (q.) qarama-qarshi qo‘yilganda gapning ma’no ifodalovchi komponenti inkor qilishda konstanta sifatida qoladi. Taqqoslang: So‘zga chiquvchi narx oshganligi uchun afsuslandi / afsuslanmadi. Ifodada presuppozitsiya sifatida narxi oshdi lavhasining ma’nosi yaxlit chiqadi.U ifoda doirasida inkor mavjudligi yoki mavjud emasligiga daxldor emas.
Affirmativ - nutqiy akt turi. V.V.Bogdanov tasnifida noma’lum ma’lumotni etkazishda ijtimoiy bo‘lmagan, psixologik holatni ifodalamaydigan belgilar qayd etiladi. Ziddiyatli - konstativga (q.) yaqin. Affirmativ va konstativ assertiv (q.) doirasida o‘zaro tutashadi va birlashadi.
Bexabitiv - (ikki o‘zakning - behave «o‘zini tutmoq» va habit «odat» -birikishidan yasalgan) nutqiy akt. Jamoada o‘zini tutish, biror kishi xatti-harakatiga munosabat bildirish ma’nolarini ifodalaydi. Dj.Ostin nazariyasiga ko‘ra kishilarning shaxsiy munosabatlari va ularning xulqi, tabriklari, hamdardliklari, uzr so‘rashlarini aks ettiruvchi nutqiy akt ko‘rinishi.
Verbal kommunikatsiya - aloqa jarayonida tovush, shuningdek, grafik belgilar ko‘rinishiidagi lisoniy (verbal) belgilar qo‘llaniladi, verbal muloqot; lisoniy kommunikatsiya; lisoniy muloqot.