Deskripsiya - (lot. tavsif) predmetning atov yoki turdosh nomining o‘rnini bosuvchi til tuzilmasi.
Deyksis - (yunoncha -ko‘rsatish, ishora) til tizimi va kontekst o‘rtasidagi bog‘liqlikning lisoniy strukturalarda aks etishi; lison vositasida voqelikka ishora, ko‘rsatish.
Deklaratsiya- nutkiy akt turi. Dj. Syorl uning quyidagi xususiyatlarini qayd etadi: 1) illokutiv maqsad - so‘zlovchining belgilangan ob’ekt mavqeini o‘zgartirishga qaratilgan harakati; 2) «So‘z –voqelik” va «voqelik - so‘z» tushunchalarini bir vaqtning o‘zida moslashtirishga qaratilgan harakat; 3) samimiylik sharoiti - mavjud emas.
Dialog - suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi. Dialog - lisoniy muloqotning dastlabki va asosiy shaklidir. Qoidaga ko‘ra, kundalik hayotda har bir kommunikativ hodisa asosida dialogiklik (interaktivlik) yotadi.
Direktiv - nutqiy akt turi. Dj. R. Syorl nazariyasida: 1) illokutiv maqsad - so‘zlovchi tomonidan eshituvchini ma’lum bir harakatni amalga oshirishga undash maqsadida qilingan nutq harakati; 2) voqelik - so‘z muvofikligi; 3) samimiylik sharoiti - istak (yoki ehtiyoj); 4) propozitsional mazmun - tinglovchi - S, kelgusida ayrim harakatlart sodir etish - D; 5) Formula !W (S D ni harakatga keltiradi). Simvol ! direktivning illokutiv maqsadini anglatadi.
Illokutiv - jumla-fikrning maqsadli yo‘naltirilganligi. Illokutsiya nutq intensivligi, tembri, mimika va imo-ishoralar xususiyatlari, ta’qiq, iltimos, shikoyat, savol, qasam, tahdid va boshqa ma’nolarga ega fe’llarni qo‘llash bilan bog‘liq turli komponentlarni o‘zida mujassam etadi. Bu komponentlarning mohirona biriktirilishi, ularning kombinatsiyasiga, jumlaning illokutiv kuchi, so‘zlovchining maqsadga erishish darajasiga bog‘liqdir.
Illokutiv akt - qaysidir ifodani talaffuz qilish jarayonidagi kommunikativ maqsad, niyat. So‘zlovchi nutqiga xos niyatning ochiq va yashirin shakli.
Illokutiv kogerentlik - oldingi nutqiy aktning keyingi nutqiy aktning illokutiv bog‘liqligi.