O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə105/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Sotsiolingvistika 1) (til sotsiologiyasi) — tilshunoslikning til va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi bog‘lanishning sabablarini ilmiy o‘rganuvchi bo‘limi; 2) Tillarni ijtimoiy farqlashni, ya’ni uning turli ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishini ilmiy o‘rganuvchi sohasi.
Etnolingvistika — tilshunoslikning til va xalq o‘rtasidagi
Riyoziy (matematik) tilshunoslik — tilni ilmiy tadqiq etishda ri-yoziy (matematik) metodlarning qo‘llanishini o‘rganadigan sohasi.
Kognitiv tilshunoslik — bilish nazariyasi asosida tilni ongli his qilishni o‘rganish sohasi.
Matn tilshunosligi — tildagi turli sohalarga tegishli matnlarni (badiiy, ilmiy, texnik, hujjatlar va h.k.) ilmiy tadqiq qilish sohasi
Amaliy tilshunoslik — tilshunoslikning 1. Mashina yordamida tar-jima va yozuvi bo‘lmagan tillarni yaratishni tadqiq etuvchi sohasi. 2. Kishilarga xat-savod o‘rgatish sohasi.
Intralingvistika — faqat tilga tegishli ma’lumotlarni o‘rganish.
Ekstralingvistika — urf-odat, ijtimoiy-tarixiy, jug‘rofiy, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarning tilning qo‘llanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini o‘rganish.
Tilning mazmun jihati — tildagi birliklarning ma’no-mazmun tomoni.
Paradigmatika — tildagi birliklarni uning sistemasida birlashgan sinflar, guruhlar va h.k. tartibida qarab, ularni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish, masalan: x-u.
Makrolingvistika — kishilik jamiyatidagi barcha belgi sistema-larini va ularning o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganish.
Nutq gapirish, so‘zlashish, muloqot jarayoni; tilning muloqot-da namoyon bo‘lishi.
YOsh grammatikachilar — tildagi alohida xususiyatlarni faqat tarixiy jihatdan qarab, fonetik qonuniyatlarning barcha tillar uchun umumiy, o‘zgarmas tarzda ekanligini taklif etgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tilshunoslik oqimi. Bu maktabning namoyandalari: rus tilshunoslari — F.F.Fortunatov, ASHaxmatov, nemis tilshunos-lari — I.SHmidt, G.Ostgof, K.Brugman, G.Paul, fransuz tilshunosi — M.Breal va boshqalar.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin