Rekursiya - artikulyasiyaning uchinchi bosqichi (talaffuzning qaytishi).
Artikulyasiya o‘rni - talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
Lug‘aviy birliklar – so‘z va iboralar (leksema va frazemalar).
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) – tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) – til taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar.
Umumiy leksikologiya – leksikologiyaning barcha (yoki ko‘pchilik) tillar lug‘at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan shug‘ullanuvchi turi.
Semasiologiya – leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha.
Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha.
Etimologiya – tilshunoslikning so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi.
Leksik ma’no – leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishi.
Tushuncha – obektiv borliqdagi predmet yoki hodisalarning inson miyasida aks etgan umumiy tasavvuri.
Bosh ma’no – leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’nolarning o‘sib chiqishiga asos bo‘lgan ma’no.
Hosila ma’no – bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no.
Sinonimiya – leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanishi.
Sinonimik qator (sinonimik uya) – bir ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlangan sinonim so‘zlar yig‘indisi.
Dominanta – sinonimik qatordagi betaraf ma’noli so‘z.
Ma’no sinonimlari – bir umumiy ma’noga ega bo‘lsa-da, ma’no qirralari bilan farqlanuvchi sinonimlar.
Omonimiya – til birliklarining ifoda planidagi tenglik hodisasi.