O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə99/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Lokutiv nutqiy akt - talaffuz akti, barcha lisoniy qoidalaar asosida talaffuz qilish va artikulyasiya yoki hech qanday maqsadli kurilmasiz oddiy gapirish.
Makrokonsept - lisoniy birliklarni qamrab olish doirasi keng qamrovli bo‘lgan konsept.
Matn - o‘zida kontekst va nutq vaziyatini ifoda etgan mazmun va shakl birligi.
Mental akt - so‘zlovchi nazarda tutgan kommunikativ niyat bilan tinglovchi tasavvurining o‘zaro mosligi, ya’ni verbal ifoda vositasi bilan tinglovchi tasavvuriga kira olish.
Modifikatsiya - tadqiq qilinayotgan hodisa tuzilishini aniqlashtirish.
Nutqiy akt - ma’lum maqsad bilan talaffuz qilinuvchi ifoda.
Nutqiy qobiliyat - til vositasida fikrning hosil bo‘lishi va shakllanish usullarini bilish, bu usullarni o‘zlashtirish jarayonida hamda turli kommunikativ aktlarda o‘rinli qo‘llash mahorati.
Nutqiy (kommunikativ) strategiya - so‘zlovchi yoki yozuvchining bosqichma-bosqichli nutqiy harakati tizimi, kommunikativ maqsadga erishish uchun muloqot jarayonida ifoda va muomala usullarini ongli ravishda tanlashning umumiy dasturi.
Nutqiy (kommunikativ) taktika - nutqiy strategiya hosil bo‘lish jarayonidagi aniq nutqiy yo‘l (qadam, burilish, davr); nutqiy strategiyalarni u yoki bu boskichda amalga oshirishga muvofiq keluvchi va shu bosqichning xususiy kommunikativ vazifalarini echishga yo‘naltirilgan nutqiy harakat (nutqiy akt yoki bir necha nutqiy aktning jamlanmasi).
Nutq situatsiyasi - nutqiy akt ishtirokchilariga u yoki bu nutqiy usul va til vositalarini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi nutqiy jarayon. Nutqiy vaziyat xarakteriga quyidagi lisoniy va ekstralingvistik faktorlar ta’sir ko‘rsatadi: nutqiy vaziyat ishtirokchilari, ularning yoshi va ijtimoiy mavqei hamda shaxsiy munosabati, nutq predmeti, nutqiy vaziyat ifodalanishi (joy, vaqt, sharoit), nutqiy janr (ma’ruza, dars, suhbat, tavba, intim suhbat), muloqot maqsadi va boshqalar.
Obrazli assoqiativ qatlam - u eki bu til sohiblarining predmet haqidagi hissiy tasavvurlarini ifodalovchi qatlam.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin