MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHGA DOIR TAVSIYALAR Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foy dalanish tavsiya etiladi:
-darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
-tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
-faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yish;
-masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etish.
TOPSHIRIQLAR MAZMUNI Talabalar quyidagi savollar asosida fan asoslari bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lishlari lozim: O‘zbek tilshunosligi tarixi davrlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Mahmud Koshg‘ariy zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy buyurtma nima edi?
“Devoni lug‘otit turk” va “Javohiru–n–nahv” asarlarini yaratishdan maqsad nima edi?
“Sangloh”, «Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk vo-l-qafchoq», «Attuhfatu–z– zakiyatu fi–l–lug‘ati–t–turkiya» lug‘atlari nima uchun yaratilgan?
«Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi», «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi», «Sort tili samouchiteli», «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma», «Sort tili darslari», «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma», «Sort tili darsligi» kabi lug‘atlarni yaratishdan maqsad nima va ularning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o‘rni qanday?
O‘zbek formal tilshunosligining maqsad va vazifalari nimada edi?
2 tomli “O‘zbek tili grammatikasi”, 2 tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” nega yaratildi va ularning o‘zbek formal tilshunosligi taraqqiyotidagi roli qanday bo‘ldi?
Lison, me’yor, nutq nega farqlandi?
Nega o‘zbek substansial tilshunosligi imkoniyatlar tilshunosligi deyiladi?
Lisoniy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda tilshunoslik zimmasiga qanday vazifa yuklatiladi?
Tilshunoslikning yangi paradigmalariga misol keltiring.
Lisonning amaliy voqelanishi deganda nimani tushunasiz?
Tilning amaliy voqelanishi tahlili asosi nima?
Tilning nutqiy voqelanishida inson omili deganda nimani tushunasiz?
Tilning akkumulyativ vazifasi nima?
Til bilim – manbai deganda nimani tushunasiz?
Kognitiv konseptni qanday tasavvur qilasiz?
Lingvokulturologik konsept nima?
Til birligi qachon lingvokulturema sifatida qaraladi?
Til va madaniyat mushtarakligini sharhlang.
Til birligida milliy-madaniy mundarija deganda nimani tushunasiz?
Milliy–madaniy sema deganda nimani tushunasiz?
Kompyuter lingvistikasini qanday tushunasiz?
Til korpusi nima?
Matnlar maydoni deganda nimani tushunasiz?
Korpus menedjerini qanday tushunasiz?
Korpus qanday ahamiyatga ega? Global korpusni qanday tushunasiz?
O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish dolzarbligini izohlang.
Bilimdon va biluvchi shaxsni qanday farqlaysiz?
Til qurilishi va til imkoniyatini sharhlang?
Reproduktiv ta’limni qanday tushunasiz?
Kognitiv ta’limni sharhlang.
Algoritmik dastur–darslikni qanday tushunasiz?
Retroskopik qurollarning ta’limdagi o‘rni qanday?
Ta’limning kognitiv vositalarini tushuntiring.
Ta’limning qanday yordamchi vositalari yaratilgan?
Metodologiya deganda nimani tushunasiz?
Bilish bosqichlarini tavsiflang.
Formal mantiqning asosiy qonunini ayting.
“Uchinchisini istisno” qonuni va uning taraqqiyotni baholashdagi o‘rnini sharhlang.
“Oraliq uchinchi” qonuni va uning taraqqyotdagi o‘rnini izohlang.
Formal tilshunoslik nega ziddiyatlar tilshunosligi deb yuritiladi?
Substansial tilshunoslik va gradual tilshunoslik munosabatini izohlang.
“Qarama–qarshiliklar birligi va kurashi” qonunining ijtimoiy taraqqiyot va til ilmidagi o‘rni qanday?
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonunining ijtimoiy taraqqiyot va til ilmidagi o‘rni qanday?
Gradual tilshunoslikning istiqbolini qanday tasavvur qilasiz?
Konsept tushunchasi. Tushuncha va bilim.Bilim sqenariysi.
Kognitiv tadqiq terminologiyasi haqida. Kognitiv tadqiq metodologiyasi.
Nutq faoliyati haqida.
Nutq bayoni psixologik jarayon sifatida.
Nutqning qabul qilinishi psixologik jarayon sifatida.
Til ta’limi maqsadi, vazifasi, mazmuni va vositalari.
Til ta’limi bosqichlari va ularning o‘ziga xos vazifalari.
Zamonaviy o‘quv lug‘atchiligi.
O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi. YUtuqlar va muammolar.
Ijtimoiy buyurtma deganda nimani tushunasiz? Davr talabi va ijtimoiy buyurtma tushunchasi qanday bog‘lanadi?
Til qurilishi va til imkoniyatini sharhlang?
Reproduktiv ta’limni qanday tushunasiz?
Kognitiv ta’limni sharhlang.
Algoritmik dastur–darslikni qanday tushunasiz?
Retroskopik qurollarning ta’limdagi o‘rni qanday?
Ta’limning kognitiv vositalarini tushuntiring.
Ta’limning qanday yordamchi vositalari yaratilgan?
Adabiy til me’yorlarini singdirish nega zarur edi?
Ilk empirik tilshunoslik maqsad va vazifalari, yutuqlari.
O‘zbek nazariy tilshunosligi maqsad va vazifalari, yutuqlari.
Ikkinchi empirik o‘zbek tilshunosligi maqsad va vazifalari, yutuqlari.
Til va madaniyat mushtarakligi. Til madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Til madaniyat ifodalovchisi va tashuvchisi sifatida. Tilning nisbiy mustaqilligi.
Madaniyatlar dialogida tilning funksiyasi. Til birligining madaniy semasi masalasi.
Etnik madaniyat va muloqot madaniyati muammolari.
Nutqiy vaziyat tushunchasi. Nutq vaziyati va nutq.
Nutqning soqial xususiyati va nutq vaziyati.
Nutqning sotsiopragmatik sistema ekanligi. Til va shaxs.
Nutq faoliyati haqida. Nutqni bayon qilish psixologik jarayon sifatida. Nutqning qabul qilinishi psixologik jarayon sifatida.
Empirik lingvistik tahlil nima?
Nazariy lingvistik tahlil nima?
Matnni birliklarining madaniy semasi asosidagi tahlilni izohlang.
Etnik madaniyatni aks ettiruvchi birliklar tahlilini tushuntiring.
Til birliklarining korpus uchun ahamiyatli belgilarini aniqlang.
Matndagi birliklarni nutqiy vaziyat tushunchasi asosida baholang.
Matndagi birliklarni soqial xususiyati va nutq vaziyati mushtarakligi asosida baholang.
O‘zbek tili konseptlarini lingvokognitiv tahlil qilishni tushuntiring.
Nutq hosil qilish jarayoni tahlili qanday?
Nutqni qabul qilish jarayoni tahlilini tushuntiring.
O‘zbek tilshunosligi: davr talabi va ijtimoiy buyurtmani davrlar bo‘yicha izohlang.
Istiqlol va milliy tilshunoslik muammolari.
Lingvokulturologiya va o‘zbek tilshunosligi muammolari.
Sotsiopragmatika va o‘zbek tilshunosligi muammolari.
Lingvokognitologiya va o‘zbek tilshunosligi muammolari.
Psixolingvistika va o‘zbek tilshunosligi muammolari.
O‘zbek tilida murojaatning sotsiopragmatik aspekti.
O‘zbek tilida “yorug‘lik” va “qorong‘ulik” konseptining kognitiv va lingvomadaniy strukturasi.