O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə19/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Til kaliti – dil kaliti. O‘zbek madaniyatining uyg‘onish davri bo‘lgan XIV-XV asrda shakllanib bo‘lgan tilimiz takomillashish pillapoyasiga qadam qo‘ydi. Bu davrda badiiy o‘zbek badiiy adabiyotining go‘zal va yuksak namunalari yaratildi. Adabiy va jonli so‘zlashuv tili orasida farq yanada kuchaydi. Bu esa badiiy adabiyotning erkin ommalashuviga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. SHuningdek, turkiy til tarixida turkiy bilan o‘zbek qipchoq lahjasi aralashuvidan iborat “qarluq-qipchoq qorishuvi” yuz berdi. Natijada davr lug‘atchilik amaliyotini yo‘lga qo‘yishni taqozo qildi. Turli lug‘atlar yaratish davr talabiga aylandi. Xususan, Alisher Navoiyning ulkan ilmiy va adabiy merosini o‘rganish, tahlil qilish – so‘z ma’nolariga, ularning qo‘llanishiga e’tibor berish, izohlash, lisoniy, ma’rifiy qiymatini ochish, asarlarning tarjimasi kabi masalalar bilan shug‘ullanish bu davr leksikografiyasining maqsad va vazifasi bo‘ldi. Ayniqsa, yaratilgan lug‘atlar sirasida Eron shohi Nodirshohning kotibi astrobodlik Nizomiddin Muhammad Hodi al- Husayni as-Safaviy (Mirzo Mehdixon)ning «Sangloh» (1760) lug‘ati alohida ahamiyat kasb etdi. An’anadagidek, bu lug‘atdan «Maboni ul – lug‘at, ya’ni sarfi va nahvi lug‘ati chig‘atoy» nomi bilan eski o‘zbek tilining grammatikasiga oid tavsiflar ham o‘rin oldi. Lug‘atda, asosan, she’riy matnlardagi, shuningdek, Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularni fors tiliga tarjima qilish muammolariga e’tibor qaratilgan.3
Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning taxminan XIV asrlarda yozilgan «Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk vo-l-qafchoq» («Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob»), o‘rta asr tilshunos-turkiyshunoslaridan bo‘lgan Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning «Kitobu-l-idrok li-l-lisonil atrok», undan foydalanilib XIV–XV asrlarda yozilgan va muallifi noma’lum «Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya» asarlari ushbu davr talablari darajasida ado etilgan ishlardan hisoblanadi. Mazkur va yuqorida qayd etilmagan boshqa lug‘atlar badiiy matnlar perqepsiyasi samaradorligini oshirish maqsadiga xizmat qildi.
Tilshunoslikning bu bosqichlari avval arab, so‘ngra fors tilshunosligi an’analari va tamoyillari asosida ish ko‘rdi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin