Lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanish samara-dorligini oshirish – ijtimoiy ehtiyoj. Davr o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo‘llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishishni taqozo qilmoqda. Bu yangi asr tilshunosligi zimmasiga yuklatilayotgan ijtmoiy buyurtmadir. Prezidentimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganlaridek, “ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengay-tirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.” Bu esa lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek amaliy tilshunosligining sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvokognitologiya, lingvokulturologiya, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy fan yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish asosida amalga oshiriladi. SHuningdek, yangi davr axborot texnologiyalari va globallashuv asri ekan, o‘zbek tilining global til korpuslariga qo‘shiluvini ta’minlash dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Ijtimoiy buyurtma deganda nimani tushunasiz?
O‘zbek tilshunosligi tarixi davrlarini ayting.
Mahmud Koshg‘ariy zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy buyurtma nima edi?
“Devoni lug‘oti–t–turk” va “Javohiru–n–nahv” asarlarini yaratishdan maqsad nima edi?
“Sangloh”, «Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk vo-l-qafchoq», «Attuhfatu–z– zakiyatu fi–l–lug‘ati–t–turkiya» lug‘atlari nima uchun yaratilgan?
«Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi», «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi», «Sort tili samouchiteli», «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma», «Sort tili darslari», «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma», «Sort tili darsligi» kabi lug‘atlarni yaratishdan maqsad nima va ularning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o‘rni qanday?
O‘zbek formal tilshunosligining maqsad va vazifalari nimada edi?
2 tomli “O‘zbek tili grammatikasi”, 2 tomli “O‘zbek tilining izohli Lug‘ati”, “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” nega yaratildi va ularning o‘zbek formal tilshunosligi taraqqiyotidagi roli qanday bo‘ldi?
Lison, me’yor, nutq nega farqlandi?
Nega o‘zbek substansial tilshunosligi imkoniyatlar tilshunosligi deyiladi?
Lisoniy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini ta’min-lashda tilshunoslik zimmasiga qanday vazifa yuklatiladi?
Tilshunoslikning yangi paradigmalariga misol keltiring.