G‘ayrimilliy “buyurtma”. CHorizm istilosi natijasida tilshunos-ligimiz o‘zga yo‘nalishga yuz burdi. Bu chor istilochilarining mahalliy xalqlar tilini o‘rganish, shuningdek, o‘z madaniyatini erli xalq hayotiga singdirish talabi asosida kechdi. Bu davrda yaratilgan lingvistik tadqiqotlar asosan rus tilshunosligi an’analari va tamoyillari asosida amalga oshirildi. Bu borada evropa tadqiq tamoyillari asosidagi ilk qo‘llanma sifatida Herman Vamberining nemis tilida e’lon qilgan «CHig‘atoy tili darsligi» yaratilgan bo‘lsa-da, u hozirgi O‘zbekistonda mustamlakachilar ta’siri va tazyiqi natijasida (aynan ularning maqsad va vazifalariga muvofiq bo‘lmaganligi bois) ommalashmasdan qoldi. Rus tadqiqotchilari esa “sort” dunyosiga kirish maqsadida turli qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar tuzish ishiga jadal kirishdi. Bunga misol sifatida unter-ofiqer Efremov, tadqiqotchilar M.A.Terentev, V.Naliv-kin, M.Nalivkina, A.Alekseev, N.Ostroumov, M.Andreev, F.Mashkovqev, V.Vishnegorskiy, N.Budzinskiy, P.E.Kuzneqov, A.Starlevskiy, N.N.Pan-tusov kabilarning sof amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘zbek tili va uning shevalari xususiyatlari bilan mustamlakachi mutaxassis va harbiylarni tanishtirishni maqsad qilib qo‘ygan qator ishlarini keltirish mumkin. Masalan, M.A.Terentevning «Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi» (1875), A.Starlevskiyning «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi» (1878), Z.A.Alekseev va V.Vishnegorskiyning «Sort tili samouchiteli» (1884), M.Andreevning «Sort tilini birinchi bor o‘rganuv-chilar uchun qo‘llanma»si (1896), F.Mashkovqevning «Sort tili darslari» (1899), V.P.Nalivkinning «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma»si (1898), N.Budzinskiyning «Sort tili darsligi» (1910) va boshqalar fikrimizning dalilidir.
Ko‘rinadiki, bu davr tilshunosligi g‘ayrimilliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladigan “buyurtma”ni ado etishga xizmat qildi. SHunday bo‘lsa-da, tilshunoslikning Evropaga yuz burganligi fan kelajagi uchun besamar bo‘lmadi.
Milliy taraqqiyot yo‘lida. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi fan sifatida XX asrning 20-30- yillarida shakllana boshladi. O‘z oldiga davr talablaridan kelib chiqib, muayyan maqsadlarni qo‘ygan o‘zbek tilshunosligi 50-60 yil mobaynida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini ishlab chiqish va ommalashtirishdan iborat ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi.
Adabiy til – milliy yaxlitlikka erishishning, milliy yaxlitlik esa milliy taraqqiyotning bosh omili. Ushbu ijtimoiy ehtiyoj natijasi o‘laroq vujudga kelgan o‘zbek an’anaviy (formal) tilshunosligi vakillari o‘zbek tili qurilishini tavsiflash umumiy vazifasi ostida birlashdi. XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishida Abdurauf Fitrat, E.D.Polivanov, G‘ozi Olim YUnusov, Qayum Ramazon, Faxri Kamolov, Ulug‘ Tursunov,Ayub G‘ulomov va ular izdoshlarining xizmat katta. Bu davrda o‘zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida o‘rganildi va o‘zbek tilshunosligi jahon zamonaviy tilshunosligining bir bo‘lagi sifatida shakllandi. Tilshunoslikning bugungi mavjud barcha bo‘limlari bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishi vujudga keldi. Ular asosida imlo va talaffuz qoidalari yaratilib, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan me’yoriy darslik, qo‘llanma va ilmiy grammatikalar yaratildi. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining mutaxassislar tayyorlashda fundamental predmet sifatida o‘qitilishi mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondirish maqsadiga bo‘ysundirildi. Natijada ta’lim, matbuot, radio, televidenie, rasmiy ish yuritish, kitobatchilik ishlarida o‘zbek adabiy tilining ustuvorligiga erishildi. Adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ommalashtirishdan iborat ijtimoiy buyurtmani olgan o‘zbek an’anaviy tilshunosligi o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalari, imlo lug‘ati, talaffuz me’yorlari, o‘zbek adabiy tilining akademik grammatikalari, shuningdek, o‘zbek tilining 2 tomli izohli lug‘ati nashr etilishi bilan o‘tgan asrning 80-yillarida o‘z faoliyatiga yakun yasadi. Bu holat etakchi o‘zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof etildi.