Musiqa zinapoyasi- musiqali tovush qatorlariga ega bo‘lgan
sakkiz pillapoyali zinapoya, yog‘och yoki plastmassa asosdan va
metall plastinalar mahkamlangan olinadigan zinachilardan iborat.
Metall plastinalarga
bolg‘acha bilan urilganda, ma‘lum
balandlikdagi tovush xosil bo‘ladi. MTMda o‘tqaziladigan didaktik
musiqa o‘yinlarida qo‘llanadi.
Musiqa mashg‘ulotlari- musiqiy nutq va musiqa tilining o‘ziga
xos xususiyatlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar turi. Mavzulari:
«Qattiq
- sekin», «Baland
- past», «Musiqaning uchta janri», «Musiqa
nima haqda hikoya qiladi? » va h.q.
Musiqa rahbari- MTM jamoasi tarkibiga kiradigan pedagogik
xodim, musiqa faoliyatining tashkil etishning turli shakllari va
ko‘rinishlaridan foydalanib, tarbiyalanuvchilarning musiqaga bo‘lgan
iqtidorlarini rivojlantirish, estetik ta‘bini shakllantirish ishlari bilan
shug‘ullanadi. Musiqa rahbari bitta yoki bir nechta musiqa asboblarini
chalishni
bilishi,
amalga
oshiriladigan
pedagogik
faoliyat
yo‘nalishlarini tarbiyalanuvchilarning individual va yosh
xususiyatlarini, ularning ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda
belgilashi lozim.
Musiqa ritmini sezish- musiqadan chuqur ta‘sirlanish va buning
natijasida musiqaning ritmik ifodaligini his etish qobiliyati.
Musiqa tarbiyasi- estetik
tarbiya sohalaridan biri; MTM va
maktablarda amalga oshiriladi. Bolada ijodkorlik qobiliyatini
shakllantirish maqsadida uning musiqa madaniyatini tarbiyalash va
musiqaviy mayllarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan
pedagogik jarayon. Musiqa tarbiyasining vazifalari: bolaga musiqani
sevish va tushunishni o‘rgatish, uning musiqani eshitish qobiliyatini va
musiqaga havasini rivojlantirish , unga eng sodda ijrochilik
ko‘nikmalarini singdirish (kuylash, hirgoyi qilish).