242
– duet, uch ijrochi – trio yoki terset, to‘rt ijrochi – kvartet, besh ijrochi
– kvintet, olti ijrochi – sekstet, yetti ijrochi – septet, sakkiz ijrochi –
oktet va h.k. Ba‘zan ansambl so‘zini orkestr yoki xor jamoasining
kichraytirilgan turiga ham aytiladi.
Applikatura
(nem. Applicatur - qo‘ymoq, bosmoq) – musiqa
cholg‘u asboblarini ijro qilganda barmoqlarni to‘g‘ri qo‘yish va
almashtirish tartibi. Bu tartibning notalarda kыrsatilishi ham
applikatura deyiladi. Applikatura arab raqamlari
bilan notalarning osti
yoki ustiga qo‘yiladi.
Diapazon
(yun. Diapason – barcha (torlar) orqali)– xonandaning
ovozi, cholg‘u asbobining tovush щajmi. Musiqiy matodagi eng pastki
va eng yuqorigi tovush oralig‘i.
Diatonika
(yun. Diatonikos – bir tondan ikkinchi tonga o‘tish) –
ladning asosiy bosqichlari izchilligidan vujudga keladigan musiqiy
tovushlar tizimi.
Tabiiy mador, minor va o‘rta asr ladlari uchun asos
bo‘lgan asosiy yetti pog‘onadagi ton va yarim tonlar diatonikaga kiradi.
Dostları ilə paylaş: