Voltmetrlarni o‘lchash chegarasini kengaytirish Voltmetrlarni o‘lchash chegarasini oshirish uchun o‘zgarmas tok zanjirida qo‘shimcha qarshilik, o‘zgaruvchan tok zanjirlarida esa kuchlanish o‘lchash transformatori ishlatiladi. O‘lchash chegarasi 600 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok voltmetrlarida ham qo‘shimcha qarshilikdan foydalaniladi.
7.3-masala. O‘zgarmas tok zanjirida kuchlanishni o‘lchash chegarasi , ichki qarshiligi kOm bo‘lgan voltmetr bilan o‘lchash uchun qo‘shimcha tashqi qarshilik hisoblansin.
Echilishi. Voltmetrning o‘lchash chegarasini oshiruvchi koeffitsient:
Qo‘shimcha qarshilik:
6 -Mavzu: Qarshilikni o‘lchash usullari. O‘zgarmas tok ko‘prigi. Reja: Qarshiliklarni o‘lchashning ampermetr va voltmetr usuli.
Qarshiliklarni o‘lchashning ommetr yordamida bevosita baholash usuli.
Qarshilklarni o‘lchashning solishtirish usuli.
Darsning maqsadi:Talabalarda qarshilikni o‘lchash usullari, o‘zgarmas tok ko‘prigi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish.
O‘quv faoliyati natijalari:
Qarshiliklarni o‘lchashning ampermetr va voltmetr usuli haqidagi bilimlarni egallash; Qarshiliklarni o‘lchashning ommetr yordamida bevosita baholash usuli haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Qarshilikni o‘lchashning solishtirish usuli haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Qarshiliklarni o‘lchashning ampermetr va voltmetr usuli O‘zgarmas tok zanjirida qarshilikni ampermetr va voltmetr yordamida o‘lchash bilvosita o‘lchash usuliga misol bo‘ladi. Buning uchun sxema yig‘iladi. sxemadan kichik qarshiliklarni, sxemadan o‘rtacha va katta qarshiliklarni o‘lchashda foydalaniladi. Noma’lum qarshilik Om qonuniga asosan quyidagicha aniqlanadi:
bunda -voltmetr ko‘rsatgan kuchlanish; -ampermetr ko‘rsatgan tok, formula bilan hisoblangan qarshilik qiymati haqiqiy qiymatdan farq qiladi. CHunki 7.11-rasm, a dagi sxemadan ko‘rinib turibdiki, ampermetrdan o‘tayotgan tok noma’lum qarshilikdagi tok ga qaraganda voltmetrdan o‘tayotgan tok miqdoricha ortiqdir.
SHuning uchun sxema bo‘yicha noma’lum qarshilikning haqiqiy qiymatini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin: