O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə29/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

5 MAVZU: BILIMLAR DIFFUZIYASI
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi. Innovatsion jarayon ettita elementni o‘z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi.
“Vaqtinchalik monopol foydani qo‘llab quvvatlanishi ustundir. Ortiqchalikni inkor etilishi ta’siri firmalarning investitsiyaviy qarorlarini keskinlik bilan qabul qilishiga olib keladi. CHunki, kutilgan daromad aslida yuqoriroq bo‘ladi. SHu ortiqchalik samarasiga bog‘liq holda bilimlar diffuziyasi dasturiy ta’minotlar texnologiyasi va transmilliy kompaniyalar tomonidan ko‘paytirilgan bevosita investitsiyalar orqali sur’atlar tezlashtiriladi”8.
Globallashuv, raqobat kuchayishi va mahsulotning hayot davrlari qisqarishining hozirgi tendensiyalari korxonaning ham alohida xodimlar, ham umumiy firma darajasida tajriba to‘plash va shu asosda o‘rganish qobiliyatiga bog‘liq hozirjavoblik va moslashuvchanlik kabi sifatlarini ilgari surmoqda. Firmalar xodimlarning marketing omilkorligi qanday rivojlanayotganligini tahlil qilishi va bu jarayonni boshqarishga intilishi zarur. Marketing omilkorligini boshqarishga barcha boshqaruv funksiyalari, ya’ni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish, nazorat, hisob va tahlil, rag‘batlantirish jalb etiladi. Demak, marketing omilkorligini shakllantirish bilan uzviy bog‘liq jarayonni o‘rganish zarur.
Adabiyotlarda tashkiliy bilimlarni shakllantirish jarayonining turli elementlari ajratib ko‘rsatiladi. K.D. Ekk bilimlarni boshqarishning quyidagi jarayonini ajratib ko‘rsatadi1 :
1. Bilimlarni ishlab chiqish: bilimlarni identifikatsiyalash, ularni egallash, rivojlantirish va qayta ishlash.
2. Bilimlarni taqsimlash: malakani oshirish, kommunikatsiyalarni boshqarish, bilimlarning besamar ketishiga qarshi choralar.
3. Bilimlardan foydalanish: o‘quv va innovatsiya muhitini yaratish, xodimlarni boshqarish, sifatni boshqarish, rekursiv ta’lim.
D. Stounxaus bilimlarni boshqarishning quyidagi tuzilmasini taklif etadi : Bilimlar generatsiyasi (yakka tartibda va tashkiliy o‘qitish); bilimlarni ifodalash (tamoyillar, qoidalar va rasm-rusumlar ishlab chiqish); bilimlarni saqlab qolish (bilimlarni taqsimlashga yo‘l qo‘yadigan bilim manbalarining maqbul turini aniqlab olish); bilimlar diffuziyasi (bilimlarni tashkilot doirasida va undan tashqarida cheklangan variantda taqsimlash); bilimlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish (tashkiliy bilimlar aniq va doimiy qo‘llanishini ta’minlash).
E.S. Slesarev jarayonning to‘rt bosqichdan iborat modelini ko‘rib chiqadi3 : bilimlarni olish va internallashtirish, bilimlarni tarqatish, bilimlar evolyusiyasi, bilimlarni tatbiq etish.
G.A. Arxangelskiy bilimlarni boshqarish jarayonini ta’minlovchi axborot texnologiyalariga diqqat qaratar ekan, bu jarayonning doimiy davrda bo‘luvchi ikkita asosiy elementini taklif qiladi : bilimlar to‘plash va ulardan foydalanish; shakliy ifodalarni (ontologiyalar) doimiy takomillashtirish. Ikkinchi element shu munosabat bilan ajratib ko‘rsatilganki, tizimlarni tatbiq etishdan oldin, odatda, ontologik tahlil usuli bilan bilimlar bazasining axborot ob’ektlarini turlarga ajratish protsedurasi ro‘y beradi.
Ontologik tahlil esa o‘ziga xos mohiyatlarini tasvirlash va ular o‘rtasidagi ehtimoliy asosli o‘zaro aloqalarni aniqlashdan iboratdir. Natijada axborot tizimida foydalanuvchilarning harakatlarini avtomatik tarzda yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa bilimlarni olishni qiyinlashtiradigan ma’nisiz tuzilmalar tug‘ilishi tavakkalini o‘ta kamaytirishga imkon beradi. Bu modellarni marketing omilkorligini boshqarishda ham qo‘llash mumkin. Biroq, fikrimizcha, marketing omilkorligini boshqarish jarayonining algoritmi yangi bilimlar doimiy paydo bo‘lish zarurati bilan birga quyidagi xususiyatlarni ham inobatga olishi lozim: marketing axborotlarining tez eskirib qolishi, bu bilimlarni saralash va eskilaridan xalos bo‘lish zaruratiga olib keladi; marketing strategiyasi va taktikasini bir-biridan ajratish, bu tegishlicha strategik va taktik omilkorlikni talab qiladi; ishning yangi metodlarini faqat ularni qo‘llash orqaligina emas, balki boshqalarga ham bu metodlarni o‘qitish orqali juda mustahkam o‘zlashtirib olish. Marketing omilkorligini boshqarish mexanizmini shakllantirishga mualliflik yondashuvi quyidagi rasmda keltirilgan. Marketing omilkorligini boshqarish jarayonini strategik marketing rejalashtirish davri bilan sinxronlashtirish ushbu modelning ustun tomonidir. Bu esa marketing omilkorligini odatdagi marketing faoliyatini amalga oshirish bilan birga rivojlantirishga imkon beradi.

Biz marketing omilkorligining ikki turi - strategik va taktik marketing omilkorligini ajratib ko‘rsatamiz. Strategik marketing omilkorligi texnologiyalar va bozorlar rivojlanishini ko‘ra bilish, kompaniyaning eng asosiy kompetensiyalarini qadrlaydigan sheriklar tarmog‘i yaratish, firmaning barqaror raqobat ustunligini ta’minlash uchun talab yaratish va qayta ishlab chiqishning uzoq muddatli marketing strategiyasini shakllantirish tushuniladi. Taktik marketing omilkorligi marketingning joriy maqsadlarini bajarishni ta’minlay turib, atrofdagi mikro va makromuhit signallarini qabul qilish va ularga aks ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, taktik darajada marketing omilkorligi sherikning aksta’sirini kuzatib borish va o‘zaro hamkorlik doirasida o‘z xatti-harakatini tegishlicha muvofiqlashtirib borishga imkon beradi. Strategik darajada esa marketing omilkorligi investitsiyalar asosida ustuvor sheriklarga moslashish orqali ular bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Marketing omilkorligini boshqarish jarayonining taklif etilayotgan bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.


1-bosqich. Ichki va tashqi muhitda bilimlarni identifikatsiyalash. Ichki va tashqi muhitning “shaffof” emasligi, ya’ni u haqda mutlaqo ishonchli axborot olishning iloji yo‘qligi ko‘pincha asoslanmagan boshqaruv qarorlari qabul qilishga, samarasiz mehnat taqsimoti va kuch hamda vositalarning birbirini takrorlashiga olib keladi. SHuning uchun bu bosqich vazifasi axborotlarning tashqi manbalarini aniqlash, xodimlarning individual bilimlari hamda ularning jamoaviy bilimlarga jalb qilinganligi, shuningdek, mavjud ma’lumotlar bazasi foydaliligi va ulardan foydalanish darajasini baholashdan iborat marketing tadqiqotlari bilan bir xildir. Biroq, individlarning cheklangan ratsionalligi (neoinstitutsional iqtisodiy nazariya terminlarida)ni hisobga olgan holda tashqi va ichki muhitda bilimlar manbalarini qidirish ularni o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatlari bilan chegaralangan bo‘lishi lozim.
2-bosqich. Marketing omilkorligini rivojlantirish maqsadlarini qo‘yish. Maqsad qo‘yish, birinchidan, marketing omilkorligini rivojlantirishning birinchi bosqichida aniqlanganlar va uni takomillashtirish imkoniyatlari va ikkinchidan, firma o‘z oldiga qo‘ygan marketing maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Maqsadlar ma’lum bilim va ko‘nikmalarni ishlab chiqish hamda tarqatish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Maqsadlar tizimiga tashkiliy madaniyatning bilimlar almashish va ularni to‘la hajmda qo‘llashga ko‘maklashadigan jihatlarini rivojlantirish ham kirishi mumkin. Umuman olganda, marketing omilkorligini rivojlantirish maqsadi raqobat ustunliklari va oxir-oqibatda bozordagi etakchilikni qo‘lga kiritishdan iborat bo‘lishi zarur. Firma o‘z bozor taklifi raqobatchilarning takliflaridan tabaqalashgan holda ajralib turishiga erishishi va tashqi muhit o‘zgarishiga darhol moslashish prinsipiga rioya qilishi lozim.
3-bosqich. Strategik marketing omilkorligini shakllantirish. Marketing omilkorligini rivojlantirish jarayonining quyidagi elementlari strategik yo‘nalishga ega: bilimlar egallash, bilimlar generatsiyasi, bilimlardan xalos bo‘lish, firmaning marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun bilimlardan foydalanish. Marketing bilimlari generatsiyasi bozorda o‘z so‘rovlari, kuzatishlari va eksperimentlarini o‘tkazishni anglatadi. Bundan maqsad quyidagilarni qidirishdir : istiqbolli bozorlar6 ; raqobatbardosh tarmoqlar yaratish uchun eng maqbul sheriklar; foyda keltiruvchi xaridorlarni tanlay olish va ularning hayot davrining o‘rtacha qiymatini uzaytirish usullari; mavjud va doimiy talabga ko‘p javob beradigan tovarlar; eng foydali uzoq muddatli narx strategiyasi; talabni shakllantirish va qayta ishlab chiqishning so‘nggi yo‘llari; xaridorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng samarali xo‘jalik jarayonlari; ustuvor sheriklar bilan munosabatlarda o‘zaro ishonch va o‘zaro majburiyat muhitini shakllantirishga ko‘maklashuvchi omillar. Zarur bilimlarni mustaqil ravishda rivojlantirishning iloji bo‘lmagan yoki bu maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda bilimlar egallashdan foydalaniladi. Egallash tashqi manbalardan ma’lumotlari “import” qilishni anglatadi. Bunday manbalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ommaviy axborot vositalari; tarmoq sheriklar: etkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar, xaridorlar, banklar va boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar; konsalting xizmatlarini sotib olish; ishga yangi xodimlarni jalb etish; zarur bilimlarga (masalan, geografik bozorda ish tajribasiga) ega korxonalarni sotib olish yoki ular bilan strategik ittifoqlar tuzish. Bilimlar eskirgan va ularni mo‘ljal olish uchun firmaga zarar keltiradigan hollarda bilimlardan xalos bo‘lish talab qilinadi. Bu o‘zgarib bo‘lgan bozor to‘laligi, aholining xarid qobiliyati yoki sherikning ishonchliligini baholovchi, o‘rnini texnikaning keyingi avlodi egallagan texnik vositalarga mo‘ljal oluvchi marketing tadqiqotlari natijalari bo‘lishi mumkin. Garchi xodimlarni eskirgan bilimlardan darhol xalos bo‘lishga majburlashning iloji bo‘lmasa-da, baribir bu bilimlar firmada ishbilarmonlik muomalasida bo‘lishi, ya’ni amalda qo‘llanayotgan marketing omilkorligi muomalasidan chiqarib yuborilishiga qaratilgan choralar ko‘rish zarur. Bu ma’lumotlar arxivlashtiriladi va vaqtinchalik qatorlar tuzish hamda uzoq muddatli bozor tendensiyalarini aniqlashdagina qo‘llaniladi. Bu bosqichlarda qilingan ishlar natijalarining qo‘yilgan maqsadlarga mos kelishi aniqlanadi va marketing omilkorligini boshqarish jarayoni bo‘yicha choralar o‘ylab olinadi.


5-bosqich. Taktik marketing omilkorligini shakllantirish. Marketing omilkorligini rivojlantirishning quyidagi jarayonlari taktik yo‘nalishga ega: bilimlarni rasmiylashtirish, saqlab qolish, tarqatish, taktik marketing vazifalarini hal qilish uchun ulardan foydalanish. Bilimlarni rasmiylashtirish axborotlarni, jumladan, mashina manbalardagi axborotlarni saqlashni (keyinchalik ularni qidirish va olishni) engillashtirishga xizmat qiladi. Bilimlarni shakllantirish mavjud bilimlarni strukturalashtirish va tizimlashtirish, shuningdek, axborotlar hajmini siqish imkonidan iborat. Kommunikatsiya, eslab qolish va taqdim etishni osonlashtirish uchun marketing omilkorligini boshqarish tizimida qo‘llanadigan maxsus lug‘at yaratish talab qilinishi mumkin. SHunday qilib, bilimlar tasniflanadi va ularning vazifasiga ko‘ra taqsimlanadi. Lekin bunda strukturalashgan va yarim strukturalashgan ma’lumotlar bazasi va bilimlar bazasi onologiyasi inobatga olinadi. Bilimlarni saqlash keyinchalik foydalanish maqsadida axborotlarni tanlab olib arxivlashtirish va yangilab turishni anglatadi. Bilimlarni tarqatish deganda yakka tartibdagi bilimlarni saralab olib jamoaviy foydalanish tushuniladi. Saralab olish bu erda ikki xil maqsadni nazarda tutadi: bir tomondan, muhim tijorat axborotini himoyalash, ikkinchi tomondan esa, har bir xodimga etib kelayotgan axborotning haddan ortib ketishining oldini olish. Saralab olish bilimlarni filtrlash orqali ta’minlanadi. Bu jarayonda ayni paytda etkazilayotgan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi tekshiriladi. Bilimlarni tarqatish uchun firmada bilimlar qidirishda foydalanilayotgan yondashuvlar o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Qidiruvning zamonaviy usullaridan ko‘pchiligi instrumental vositalar, intellektual qidiruv vositalari va vizual modellarni o‘z ichiga oladi. Instrumental vositalarga Internetda ma’lumot izlash uchun ishlab chiqilgan vositalar, shuningdek, izlanayotgan axborotning joylashgan joyi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmay turib, juda ko‘p ma’lumotlar bazasi bo‘yicha qidiruv olib borishga mo‘ljallangan bilimlar xaritasi kiradi. Intellektual qidiruv vositalari foydalanuvchilarning qiziqishlarini ularning yozishmalari yoki hujjatlari sintaksisi bo‘yicha o‘rganish hisobiga topishga imkon beradi. Vizual modellar hujjatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni bir xillashtiradi va ko‘p hajmli axborot hududi yaratadi. Muntazam marketing omilkorligi bilan birgalikda foydalanishning barqaror infratuzilmasi ishlab chiqiladi: ma’lumotlar bazasi va ombori, guruhiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari, qidiruv tizimlari, korporativ tarmoqlar, ekspert va intellektual tizimlar. Ma’lumotlar ombori markaziy ombor tamoyili bo‘yicha ishlaydi va an’anaviy ma’lumotlar bazasidan shu bilan farq qiladiki, ular shunchaki ma’lumotlarni samarali yig‘ish va ularni ishlash uchungina emas, balki qarorlar qabul qilish jarayonlarini ta’minlash uchun loyihalashtiriladi. Barcha ma’lumotlar bir omborda saqlanganda ma’lumotlarning alohida elementlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish sermahsul bo‘lishi, tahlil natijasi esa yangi bilimlarga aylanishi mumkin. Ma’lumotlarning alohida elementlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish “bilimlar razvedkasi” deb atalmish jarayon doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu yangi va tez rivojlanayotgan yo‘nalish bo‘lib, ma’lumotlar omboridan yangi bilimlar olish uchun sun’iy intellekt, matematika va statistika usullaridan foydalanadi. SHunday qilib, boshqaruvning taklif etilgan mexanizmi marketing omilkorligini boshqarish jarayonini strategik marketing rejalashtiruvi jarayoni bilan birga olib borish va marketing axborotlarini to‘plash hamda marketing faoliyatini tashkil qilish tuzilmasini takomillashtirish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar o‘rnatishga imkon beradi.
Asosiy yangiliklar ketma-ket o'zgarishning asosi hisoblanadi.texnologik tuzilmalar. Vaqtning har bir nuqtasida bir qator texnologiyalar tsiklni umumlashtiradigan texnologik tuzilmalar bilan ifodalanishi mumkin ijtimoiy ishlab chiqarish. Ularning har biri o'ziga xos, yangi sifatni yaratish, asosiy texnologiyalarning barqaror to'plamini yaratish, bu xarakteristik printsipga, faoliyatning yo'llariga egalik qiladi. Ushbu usulning texnologiyalari. Iqtisodiy fani bo'yicha yaxshi asosga ega
Ko'pgina tasniflar, jumladan beshta faol texnologik tuzilmalar, shuningdek, oltinchi va'da qilgan oltinchi yo'l.
1chi bosqich: Mexanik tizimlar
2 chi bosqich:bug‘dan foydalangan holdagi texnologiya
3 chi bosqich: elektr energiyadan foydalangan holda texnologiya
4 chi bosqich: kimyolashtirish va avtomatlashtirishga asoslangan texnologiyalar.
5 chi bosqich:biotexnologiya, kompyuterlashtirish va elektrlashtirish;
6 chi bosqich:nanotexnologiya, gen injeneriyasi, interaktiv mltimediyali informatsion tizimlar.
Ilmiy tadqiqotlarda bugungi kunda dunyoda hukmronlik qilayotganligi namoyon bo'ladigan tizim 50-60 yillarda to'liq reproduktiv tizimni yaratishga kirishdi. O'tgan asrda u iqtisodiy rivojlanishning texnologik bazasini yaratdi.70-yillarning strukturaviy inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlarda.Bu (beshinchi) texnologik tartibning aniqlovchi qismlari mikroelektronika, dasturiy ta'minot, Kompyuter texnologiyalari va axborotni qayta ishlash, avtomatlashtirish
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari, kosmik va optik-tolali aloqa. Berilgan ijobiy iqtisodiy ta'sir muddati sifatida exnologik tartib XXI asrning ikkinchi o'n yilligi deb ataladi. Va keyin Eng yangi texnologik tartib ustunligi taxmin qilinadi
(buning shakllanishi allaqachon boshlangan), ular bilan tavsiflanadi.genetik muhandislik, sun'iy aql tizimi, Global turdagi axborot tarmoqlari, integratsiyalashgan transport yuqori tezlik va iqtisodiyot tizimi . Ushbu klassifikatsiyada naqshlarning taqsimlanishi davriga qaramay ular ketma-ketlikda taqdim etiladi, aslida ular birlashtiriladi va qo'shnilari bir-biri bilan. Buni ham yakka tartibda ko'rish mumkin. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, masalan, zamonaviy avtomobil zavodlarida,konveyer liniyalari bilan emas, balki robotlar bilan jihozlangan shaxsiy kompyuterlar va butun milliy iqtisodiyotning misolidir.
Shunday qilib, Rossiya uchun texnologik muayyan hodisa mavjud 2-chi va 3-chi buyruqlar eskirgan texnologiyalaridan iborat. 4 va 5-darajali buyruqlar ilg'or texnologiyalar bilan birlashtiriladi.Texnologik nomutanosibliklarning o'sishi va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Jamiyat rivojlanishini boshqarishning asosiy vazifasi bo'lishi kerak.YAngi texnologiyalarni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish
texnologik tartib. Shuning uchun, faqat yechimdagi resurslarning kontsentratsiyasi texnologik ko'lamlarning "o'sish nuqtalari" ni hisobga olgan holda asosiy muammolar strukturasi juda kam. Yo'lning rivojlanishi xarakterli bo'lishi kerak integral texnologik tizimning ichki muvozanati, uning samaradorligini ta'minlash. "Muvozanat holati" barchasini o'z ichiga oladi. SHu jumladan, o'zaro aloqador texnologiyalar va ularning tarkibiy qismlari va tomonlari yangi ishchi va ijtimoiy mehnatning yangi tashkiloti. Shuning uchun,
integratsiyalashgan tashkiliy va iqtisodiy tuzilmalarni, markaziy aloqasi yangi texnologiyalardir. Va bu uning ichida faqatgina yangi (yoki o'zgartirilgan) shakllanish asosida mumkin.Innovatsion turdagi iqtisodiy tuzilmalar. Rivojlanishni murakkab, noaniq jarayon sifatida ko'rsatish. Probabilistik o'zgarishlar o'zgarishlarni yangi talqin qilishga imkon beradi. Har bir "individual" texnologiya, uning harakatini shaklda taqdim etadi.texnologiyaning harakati logistikasi S-shaklidagi qo'shadi. Ushbu qonun ikki o'zaro bog'liq tushunchalarni tavsiflashni o'z ichiga oladi: birinchi navbatda,birinchi navbatda, eng logistik S-shaklidagi egri, ikkinchidan,"texnologik bo'shliqlar (chegaralar)" tushunchalari.
Logistik S-egri yordamida taqdim etilishi mumkin. Xam diffuziya va texnologiyalarni almashtirish jarayoni. Harakat logistika egri - samaradorlikning izchil o'sishini anglatadi.Ba'zi bir asosiy parametrlarga yoki taxminlarga ko'ra baholanadi.Integral murakkab indeks. Bir logistikadan o'tish eng yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lgan va boshqasiga egri yaratilgan maxsulotlarning iste'molchi xususiyatlari va ularning biridan o'tishini bildiradi.Texnologiyalarni avlodga aylantirish. Eng asosiysi Yangi avlod ko'rsatkichlari texnologiyadan yaxshiroq qiymatga ega oldingi avlod.
Texnologiyani logistika orqali aylantirish orqali rivojlanishni namoyish etish egri chiziqlari quyidagi ziddiyatlarni hal qilishga imkon beradi. Bir tomondan,rivojlanish kümülatif jarayondir (kelajakdagi o'zgarishlar), boshqa tomondan, rivojlanish vaqt o'z ichki mantiqiga ega. Texnologiyaning rivojlanishi davomida harakatlanmoqda.S-shaklli egri, bu bir texnologiyani modernizatsiyalashga mos keladi. Ob'ektning ichki mantig'iga bog'liq. Umumiy belgilar yangi egri ko'rinishi, ya'ni yangi avlod texnologiyalari,jamlangan bilim va tajriba hajmiga asoslangan.Ko'pgina innovatsiyalar salohiyatni bosqichma-bosqich amalga oshirar ekan.Boshni belgilaydigan fundamental, asosiy yangilik
rivojlanish yo'nalishini belgilab, keyin priori identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud mumkin bo'lgan o'zgarishlar - ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish ehtimolligini aniqlash va bu ma'lumotni rivojlanish mexanizmlarida foydalanish imkoniyati nazorat qilish tadbirlari. S-shaklidagi ma'lum bog'liqliklar asosida
funktsional xususiyatlarni ishlab chiqish, hatto o'zgarishlarni yondashish "Texnologik chegara" va keyingi texnologiya bilan birga, echimning yaqqol tasdig'idir. Bir necha texnologik darajadagi belgilangan muddat tegishli ko'rsatkichlar. Boshqarish uchun bunday muhim vaqt - bu mavjudligi
har bir berilgan texnologiyaning rivojlanish chegarasining S-shaklidagi egri chizig'i. Unga yaqinlik ("burilish nuqtalari" tamoyili) bu imkoniyatlarni anglatadi
Ushbu texnologiyalarga asoslangan o'sish o'sib chiqdi. Texnologiyaning asosiy parametrining o'sish chegarasiga erishilganda, rivojlanish omillari odatda o'zgaradi. In. O'sishini ta'minlovchi yondashuvlar O'tmishda, kelajakda samarasiz bo'ladi. Hozir yaqinlashmoqda.Texnologik bo'shliq - texnologiyadan boshqasiga o'tish davr bazasida logistika chiziqlar orasidagi bo'shliq mavjud bo'lganda
tubdan yangi bilim (innovatsiyalar) yangi egri shakllanishiga olib keladi.
Texnologiyani cheklashga erishish boshqa birining yo'qligini anglatmaydi,
maqsadni yanada samarali amalga oshirishga qodir. Shuning uchun paydo bo'ladi
texnologiyani tanlab rivojlantirishni boshqarish imkoniyati (va u bilan S-shakllangan egri), bu yangi natijalar beradi. Boshqarish axborot yig'ish, tahlil qilish va limitlarni identifikatsiya qilishni o'z ichiga oladi. Uning mohiyati yo'q
bir jarayondan ikkinchisiga rasmiy "mexanik" o'tishda va c tomonidan erishilgan natijalarning tubdan yangi, yuqori darajasi yangi imkoniyatlardan foydalanish.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin