O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-rasm. Innovatsiyani iqtisodiy faoliyat sifatida turlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə26/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

1-rasm. Innovatsiyani iqtisodiy faoliyat sifatida turlari
“Kumulyativ ilmiy izlanish tajribalardan biri kumulyativ mahsulotni o‘z ichiga olib, ushbu kumulyativ mahsulot texnologik jarayonning tarkibiy qismidir. Norzvorzi va Janglarning (1992) sanoat unumdorligini o‘sishiga oid empirik izlanishlari orqali texnologik rivojlanishni tannarxini kamaytirish yo‘lini mikroelektronika, telekommunikatsiya va mos sanoat turlarida aniqladilar”5.
Ushbu usullarga tayangan holda makon va zamonda innovatsion imkoniyatni quyidagi turlarga ajratish mumkin (2-rasm).
2-rasm. Innovatsion imkoniyatning iqtisodiy kategoriya sifatida tasnifi
Innovatsion imkoniyat yoki quvvat ob’ekt innovatsion taraqqiyotining oxirgi chegarasidir. Davlatning innovatsion imkoniyatini uch xil usul bilan aniqlash mumkin:
hududiy (hudud innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);
tarkibiy (xo‘jalik yuritish tarmog‘ining innovatsion imkoniyatini o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);
ijtimoiy (xalq innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi).
Bizning fikrimizcha, innovatsiya yutuqlarining iqtisodiy natijalari ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarni, kishi boshiga mehnat unumdorligining oshib borishini, atrof-muhitning ekologik jihatdan ifloslanish darajasini kamaytirishni ta’minlashda, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohada band bo‘lganlarning ish haqi va daromadlarining o‘sib borishi, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash darajasini oshib borishi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlanib borishida ifodalanadi.
Bugungi kunda innovatsiyalarni yaratishda xorij tajribasiga tayanib, ilmiy tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib amaliyotga joriy qilish muvofaqiyat keltiradi. Ammo, zamonaviy korxonalarning innovatsion faoliyatini samarali tashkil etish jarayoniga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bularga:
–korxonaning innovatsion salohiyati (korxonaning ilmiy salohiyati, xodimlarning innovatsion biznes sohasidagi bilimlarga egalik darajasi, ilmiy-tadqiqotlarga jalb qilingan mutaxassislar soni, korxonaning innovatsion mahsulot yaratishda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriyalarning mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi);
– korxonaning joylashgan hududlar iqtisodiy salohiyati (faoliyat yurituvchi korxonalar soni va faoliyat turlari, ular o‘rtasida raqobat muhitining shakllanganligi, ularning geografiyasidan kelib chiqib innovatsiyalarni o‘zlashtira olish imkoniyatlari);
– korxonaning kadrlar salohiyati (xodimlarning mutaxassisliklari va ilmiy darajalari, aynan innovatsion mahsulot yaratish uchun jalb qilingan xodimlar soni va boshqalar);
– korxonaning investitsion salohiyati (innovatsiyalarni yaratish yoki ularni amaliyotga tadbiq etishdagi xarajatlarni to‘la moliyalashtirish imkoniyatlari, innovatsiyalarni yaratishdagi tadqiqotlari va xodimlarning ish haqi bo‘yicha salohiyati va boshqalar).
Zamonaviy korxonaning innovatsion mahsulotlarni yaratishdagi ilmiy salohiyati unda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarining sifati va soniga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xodimlarning xorijiy tajribalarga egaligi va o‘z sohalari bo‘yicha etarli bilimga, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini tezkorlik bilan o‘zlashtira olish qobiliyatiga egaligi, turli sohalarda mavjud muammolarni aniq ko‘ra bilishi va o‘z bilimlarini ana shu muammolarni hal etishda qo‘llay olishi korxonalarning innovatsion faolligini, yaratilgan innovatsiyalarning ishlab chiqarishga tadbiq etilish imkoniyatini oshiradi.
Bugungi kunda respublikamizdagi ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirishga asos bo‘luvchi bir necha me’yoriy hujjatlar mavjud. Bulardan, innovatsion loyihalarni korxonalar faoliyatida tadbiq etish borasida “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni innovatsion rivojlantirish tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan[1]:
1. Zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‘rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‘rta muddatli dasturlarini shakllantirish.
2. Mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish.
3. Amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq etish.
Ushbu qarordagi vazifalarni amalda qo‘llash imkoniyati borasida respublikamizda ilmiy tadqiqot muassasalari va korxonalarning innovatsion faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion mahsulotlarni yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etish borasidagi innovatsion biznesni rivojlantirish lozim. Ushbu innovatsion biznesni amalga oshirish yoki ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etishda etarli bilim va salohiyaga ega bo‘lish kerak.
Innovatsion biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi deganda innovatsiya yaratuvchi-ixtirochilarning ushbu innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kichik korxonalarni tashkil etish va boshqarishda etarli bilimga ega bo‘lishi hamda ularni uzluksizligini ta’minlashni aytib o‘tishimiz mumkin.
Mamlakatimizda innovatsion tovar, ish va xizmatlarni yaratishda zamonaviy laboratoriya sharoida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish borasidagi tadqiqotlarni izchil davom ettirish nechog‘lik ahamiyatga ega hisoblanadi.
So‘ngi yillarda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassalari va korxonalar soni oshib bormoqda. Buning natijasida ishlab chiqilgan innovatsion tovar, ish va xizmatlar hajmi oxirgi 5 yilda 1660.4 mliard so‘mdan 7042.964 mliard so‘mga o‘sishi kuzatilgan .
Milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsion faoliyatga e’tibor berish va uni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarida xorijiy tajribalarni qo‘llash va kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish asosiy omil bo‘ladi.
Innovatsion faoliyat uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga kerakli mutaxasislarni jalb qilish, ularda ilmiy-tadqiqot olib borish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, korxonalarning innovatsion salohiyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Innovatsion mahsulotlarni yaratishda korxonalarning zamonaviy texnik jihozlar va axborot vositalari bilan ta’minlangan laboratoriyalarning mavjudligi ilmiy-tadqiqotlarning yuqori darajada o‘tishini ta’minlash, murakkab ilmiy hisob-kitoblarni o‘ta yuqori aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Korxonalarning innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni amalga oshirish uchun etarli moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishi innovatsiyalarga bo‘lgan talabning oshishiga xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan bugungi kunning zamonaviy korxonalari innovatsion faoliyatni samarali tashkil qilish uchun har bir innovatsion jarayonni bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirishi zarur.
Zamonaviy korxonalarda innovatsion faliyat tarkibini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. Bu faoliyat bir necha jarayonlardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan innovatsion jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
YUqorida fikrlardan kelib chiqib, zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va innovatsiyalarni yaratishda, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
– korxonalarda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda, mavjud ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ulardan samarali foydalangan holda innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishga qaratish;
– zamonaviy korxonalar joylashgan mintaqada faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish;
– korxonalardagi laboratoriyalarni texnik jihatdan tubdan yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
– korxonalarda innovatsion mahsulot yaratuvchi ixtirochilarga imkoniyat yaratish, xorijiy mutaxassislar va tajribali ilmiy tadqiqotchilar bilan o‘quv kurslari yoki seminarlarni tashkil etish.
SHuni aytish joizki, zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishga bo‘lgan bunday yondashuv ma’lum bir hudud doirasida korxonalarning innovatsion faoliyatini jonlantirish va innovatsion salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Bu esa, barcha turdagi korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ma’lum vaqt mobaynida kadrlarning ishlab chiqarish va investitsion salohiyatlaridan foydalanish u yoki bu innovatsiya ko‘rinishdagi olingan natijalarda namoyon bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish korxonalarni rivojlanish uchun tanlangan strategik yo‘nalishlarni yanada aniqlashtirishga asos bo‘ladi. Zamonaviy korxonalarni rivojlantirishning yagona strategiyasi doirasida innovatsion faoliyatni samarali tashkil qilish, avvalo, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, ulardan foydalanish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan kadrlar, ishlab chiqarish, hududiy va investitsion resurslarni optimallashtirish imkonini beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin