O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə104/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

7.3. Sifat strategiyasi 

Yangi tovarning bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tizimida tovarlar o‘rovi


ham muhim element vazifasini bajaradi. Tovarlarning ko‘pchiligi to iste’molchiga
etib borguncha transport orqali tashiladi va omborlarda saqlanadi. Bu holda tovarlar
ularni etkazib berish va iste’mol qilish qoidalariga asosan maxsus idishlarga joylab
o‘raladi. Tovarning o‘rovi ishlab chiqaruvchi yoki savdo tashkiloti tomonidan
iste’molchiga beriluvchi “tashrif qog‘ozi” vazifasini bajaradi.
Tovarlar o‘rovi (o‘rov) deb tovar solingan idish yoki o‘ralgan materiallarga
aytiladi. U mahsulotning saqlanishi, uni transport orqali tashish va u bilan muomala
kilishda qulayliklar bo‘lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb




152

qilish, tovarni identifikatsiya qilish, reklama va axborot bilan ta’minlash, imidjni
yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi. O‘rovning marketing funksiyalari
ahamiyati tobora o‘sib bormoqda. Bu esa bozor faoliyatining o‘ziga-o‘zi xizmat
ko‘rsatishni rivojlantirish, iste’molchilar farovonligini o‘stirish, iqtisodiyotni
kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, kompaniya imidji va tovar markasini oldi-
sotdi jarayonini tezlashtirish kabi omillari bilan bog‘liq.
Tovar o‘rovini ishlab chiqish jarayoni quyidagi qarorlarni qabul qilishni o‘z
ichiga oladi: o‘rov konsepsiyasini asoslab berish, o‘rovning qo‘shimcha
tavsifnomalarini (o‘lchami, shakli, materiali, rangi, matni, tovar markasining
joylashuvi) yaratish, o‘rovni sinab ko‘rish.
Tovar o‘rovi konsepsiyasi xaridor va iste’molchilar uchun qo‘shimcha
xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi
asosiy tamoyil va g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi
mahsulotlar
uchun
o‘rovlarning bir necha xil variantlari
modellashtiriladi va tahlil qilinadi. O‘rovni yaratishda qabul qilinuvchi qarorlar
tovarni taqsimlashda qo‘llanuvchi tovar harakatlanishi tizimi, tovar narxi va
reklamani tashkil etish bilan kelishib olingan bo‘lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor munosabatlarining rivojlanishi o‘rovning
vazifasi va mazmunini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omilar tufayli o‘rov
tovarni transport orqali tashishda uni himoya qilish vositasi sifatida emas, balki tovar
haqidagi ma’lumotlar manbai sifatida ko‘rib chiqiladi. Tovar o‘rovini tayyorlashda
quyidagi talablar bajarilishi lozim: original bo‘lish va patentlar bilan himoyalanish;
estetik shartlarga javob berish; funksionallikni ta’minlash, ya’ni tovarning elementi
bo‘lish; reklama harakatlarini amalga oshirish; kam xarajat talab qilish; iste’molchiga
etib borguncha tovarning saqlanishini ta’minlash; transport va ombor xarajatlarini
ratsionallashtirishga ko‘maklashish; tovarni sotish uchun qulay bo‘lish; tovarning
raqobatbardoshligi va ekologik tozaligini aks ettirish; ikkilamchi xom-ashyo sifatida
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Shu tariqa, zamonaviy sharoitlarda o‘rov tovar siyosatining samarali vositasi
vazifasini bajaradi. U oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi va engillashtiradi, tovar va




153

firma imidjini kuchaytiradi.
Yangi tovarni bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qilishning xavfsizligi
va ishonchliligi nuqtai nazaridan sinab ko‘rish lozim. Sinovlar dala va laborotoriya
sharoitlarida o‘tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o‘lchami, vazifalari va
turiga bog‘liq bo‘ladi. Sinovlarni o‘tkazish uchun iste’molchilar yangi tovarlar
joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib
ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi.
Testdan o‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatga ega: sinov
o‘tkaziladigan joy (bozor, laboratoriya, uy); ob’ekt (tovar, narx, nom, marka);
sinovda ishtirok etishga jalb qilinuvchi shaxslar (xaridor, ekspert); muddat (qisqa,
uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o‘tkaziluvchi tovarlar soni.
Yangi tovarni sinovdan o‘tkazish natijalari asosida bu tovarni ishlab chiqarish
va uni bozorga olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. SHuni e’tiborga olish
kerakki, tovarni ommaviy ishlab chiqarish tovar innovatsiyasining ishlab chiqarishni
tashkil etish va marketing xarajatlari kabi eng ko‘p xarajat talab qiluvchi bosqichi
hisoblanadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin