O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə38/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

transformatsiya.
Buyumlarning
yarim
fabrikatlariga
aylantirilgan, qayta ishlangan materiallar, masalan, kimyoviy moddalar, teri va shu
kabilarga bo‘lgan talab.
Pirovard transformatsiya. YAnada murakkab qayta ishlanadigan
mahsulotlarga bo‘lgan talab. Masalan, xomashyo – metallarni zanglashga chidamli,
bo‘yalgan metallga aylantirish.
Birinchi qo‘llanish. Murakkabroq buyumlarni yasashda ishlatiladigan,
boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismi bo‘lgan yakuniy mahsulotlarga bo‘lgan talab.
Masalan, avvaldan bo‘yalgan metall radiatorlar tayyorlashda qo‘llaniladi, simlardan
radial pokrishkalar tayyorlashda foydalaniladi.
Yakuniy qo‘llanish. Pirovard talabni qondiriladigan tovarlarni tayyorlash
jarayoniga kiritilgan tugallangan mahsulotlarga bo‘lgan talab. Masalan, pokrishka va
batareyalar avtomobillarning tarkibiga, elektr motorlar sovitgich va kompyuterlarning
tarkibiga kiradi.
Yig‘ish. Birgalik yaxlit tizim yoki majmuani tashkil qiladigan turli xil
tovarlarga bo‘lgan talab. Masalan, radiatorlar boshqa mahsulotlar bilan birgalikda
isitish tizimini tashkil qiladi. Xuddi shuningdek, jamoat transporti tizimi, masalan,
metropoliten g‘oyatda ko‘p sonli turli-tuman tovarlarni o‘z ichiga oladi.
Zanjirni tashkil qiluvchi ketma-ket talabga qo‘shimcha ravishda, talabning
“ko‘ndalang” shakli ham mavjud bo‘lib, bu kapital asbob-uskunalarga, sarflanadigan
materiallarga (yoqilg‘i, o‘rov, idora tovarlari va hokazolar) va xizmatlar (profilaktika
va ta’mirlash, ishlab chiqarish va boshqaruvni ta’minlash, yuqori darajali xizmatlar)
bo‘lgan talabdir.
Shu tariqa, ishlab chiqarish zanjirining boshida turgan sanoat firmasi oxir-
oqibatda firma uchun talabni belgilovchi mustaqil talabning ketma-ketligiga duch
keladi. U buyurtmachining ikki xil toifasi bilan: bevosita buyurtmachilar va
buyurtmachilarning buyurtmachilari bilan ish ko‘radi. Firma faol marketingdan
foydalanganda bevosita mijozlarning, oraliq (vositachi) mijozlarning va zanjir
oxirdagi pirovard talabni ifodalovchi buyurtmachilarning talabini hisobga olishi
lozim.




52




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin