АTF resintezi: • Fermentativ yoʼl bilan fosfat gruppani kreatinin fosfatdan adenozindifosfat kislotasiga oʼtkazish (tez amalga oshiriladi)
• Glikolitik yoʼl glyukozani sut kislotasigacha anaerob parchalanishi natijasida
• Krebs siklida glyukozani va yogʼ kislotalarini aerob oqsidlanishi natijasida
1. Skeletning kundalang – targʼil mushaklari.
2. Yurakning kundalang – targʼil mushaklari.
3. Silliq mushaklar.
Mushaklarnig fiziologik xossalari: Qoʼzgʼaluvchanlik. Qisqaruvchanlik. Oʼtqazuvchanlik. Refrakterlik. Labillik. Charchashi. Regeneratsiyaga moyilligi.
Mushaklarning fizikaviy xossalari: Choʼzuluvchanlik. Elastiklik. Plastiklik.
Kontraktura. Muskul tolalarining kuchli oʼzoq tarqalmaydigan qisqarishlari. Bu tarqalmaydigan statsionar qisqarishlarning qaytar holati. Boʼlinadi: tugʼma va xayot davomida ortirilgan, qaytmas va qaytarga. Tugʼma kontraktura – mushak va bo’gʼimlarni rivojlanmasligida uchraydi.Ortirilgani kelib chiqish sabablari har xil.
1. Reflektor-MАS yoki periferik nervlarni faoliyatini boʼzilishi - ogʼriqdan himoyalanish oqibatida.
2. Professional, bir gruppa muskullarning oʼzoq vaqt va koʼp marta qisqarilishi natijasida (etikdoʼz, chevar va x.k.)
3. Charchash natijasida.
4. Zaharlar bilan zaharlanganda (qaytmas).
5. Harorat oshganda (qaytmas).
6. Simpatik nerv sistemasini oʼta qoʼzgʼalishida – momental qaytmas kontraktura – koʼp adrenalin ajralish hisobiga, mushaklarda modda almashinuvchi boʼziladi.
7. Koffein kontsentratsiya oshganda – mushak tolasini membranasiga oʼtib, membranasini koʼzgʼatmasdan Ca++ ionlarini retikulemdan chiqishini taminlab mushakni qisqartiradi.
8. Ulgandan keyin 3-4 soatdan keyin murdani katishi-oqsillarni qaytmas oʼzgarishi hisobiga.
Kontrakturada mushak membranasini oʼzoq davom etadigan Lokal depolyarizatsiyasi koʼzatiladi, tetanusdan farqi - tarqaluvchi Harakat potentsialining yoʼqligi.
Bolalar mushaklari fiziologiyasining oʼziga xosligi.
Endi tugʼilgan hamda bir – ikki oylik bolalarda muskullar tonusi birmuncha yuqori boʼladi va ular 5 va 6 oylik boʼlishi bilan tonusi pasayib, dastlabki yurish harakatlari uchun zamin tayyorlanadi. Bola yura boshlashi bilan undagi muskullar jadal oʼsa boshlaydi va 2 – 3 yoshga kirganida umumiy tana massasining oʼrtacha 23% ini tashkil qiladi. U 8 yoshga qadam qoʼyganida qayd qilingan koʼrsatkich 27%, 15 yoshga yetganida 32,6% va, nihoyat, 17-18 yoshda 44,2%ga tenglashadi. Muskul tolalarni ham eniga, ham boʼyiga oʼsishi bois oʼz vaznini oshirib boradi. Bu vaqtda tolalar tarkibidagi miofibrillar (qisqaruvchi elementlar) ham koʼpayadi. Masalan, 7 yoshlarida ularning miqdori endi tugʼilganlarga qaraganda 15-20 marta ortadi. Muskul vaznining koʼpayishi bilan ularning kuchi ham ortib boradi. 7-11 yoshli bolalarda muskullar yetarli kuchga ega boʼlmaydi shuning uchun bu yoshdagi balalarda kuch ishlatib bajariladigan va statik mashqlar tez charchashga olib keladi. Bu holni maktablarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilishda inobatga olish lozim. Mushak kuchi yoshi oshgan sari oshadi, 7-8 yoshda qiz va ugʼil bolalarda teng. 10-12 yoshda qizlarniki ugʼil bolalarga nisbatan oshadi, keyinchalik oʼgʼil bolalarda oshadi. 18 yoshga yetish bilan muskul kuchlarining ortib borishi sekinlashib qoladi va bu holat 25-26 yoshga borib nihoyasiga yetadi. Mushaklarning qoʼzgʼaluvchanligi past, busagʼa kuchi va xronaksiya davomatligi katta. Mushaklarning labilligi past. Qoʼzgʼalishni oʼtkazish qobiliyati past. Qisqaruvchanlik qobiliyati sekin, qisqarish va boʼshashish fazalari choʼziq.Yosh bolalarda mushaklarning elastikligi kattalarga nisbatan yuqori, yoshi kattalashgan sari kamayadi, tarangligi va chidamligi oshadi.
Nerv ustuni nerv tolalardan iborat. Nerv tolalari nerv xujayralarining oʼsiqlari hisoblanadi. Nerv tolalari mielinli va mielinsiz tolalarga boʼlinadi. Mielinli tolalari sezgi organlari va Harakat lantiruvchi nervlarning tarkibiga kiradi. Somatik nerv sistemasi, vegetativ nerv sistemasida xam bor. Mielinsiz nerv tolalari asosan simpatik nerv sistemasiga kiradi.
Аsab tolalarining xossalari: qoʼzgʼaluvchanlik, oʼtkazuvchanlik, modda almashinuvining sustligi, labilligining yuqoriligi, refrakterlik, nisbiy charchamaslik.
Аsab tolalarning turlari: Mielinli. Mielinsiz.
Mielin funktsiyalari: 1. tayanch, 2. himoya, 3.modda almashinuvida ishtiroki, 4. izolyator
5.regeneratsiyada ishtiroki.
Аsab tolalarida qoʼzgʼalishni oʼtish qon oʼnlari: asab tolalarining anatomik va fiziologik oʼzluksizligi, ikki tomonlama oʼtkazish, qoʼzgʼalishni nervdan ajratilib oʼtkazilishi qoʼzgʼalishni katta tezlik bilan oʼtkazilishi, asab tolasining nisbiy charchamaslik qon uni ,tolalarning morfologik butunligida qoʼzgʼalishning oʼtishini funktsional bloqlash imkoniyati
Аkson transporti: tez akson transporti, aterograd – tezligi 250 – 400 mm/sut, retrograd – tezligi 200 – 300 mm/sut, Sekin akson transporti, Goldji apparatida hosil boʼladigan vezikulalar, ularning tarkibidagi membrana gliqoproteidlari, fermentlar, mediatorlar, lipidlar va b.m., Mikronaychalarda va mikrofilamentlarda hosil boʼladigan oqsillar – tuboʼlin, aktin va sitozol fermentlari, RNK, kanal, nasos oqsillari va b.
Аkson transportining funktsional roli: Аkson va uning presinaptik oxirlarini struktura va funktsiyalarini hamda akson oʼsishini va sinaptik kontaktlarni hosil qilish uchun kerak. Innervatsiyalaydigan hujayraga neyronning trofik taʼsirida ishtirok etishi. Аsab tolasi shikastlanganda degeneratsiya mehanizmlarida ishtiroki. Аsab tolasining regeneratsiya jarayonida ishtiroki.
“Sinaps” terminini Ch. Sherrington kiritgan.
Sinaps - asab xujayrasi bilan boshqa xujayralarni funktsional birikishi.
Sinaps uchta asosiy qismdan tuzilgan:
1.presinaptik membrana.
2.postsinaptik membrana.
3.sinaps yorigʼi.
Presinaptik membrana: nerv oxirini qoplaydi, mediator nerv oxirlarining pufakchalarida (vezikulada) saqlanadi, vezikulalar – 50 nm, manfiy zaryadga ega, mediator kvantlarda ajraladi 1 vezikula 1 kvant, mediatorlar: atsetilxolin, gamk, noradrenalin, serotonin, r moddasi va boshqalar, nerv oxirlarida mediatorlarni sitezlovchi mitoxondriyalar koʼp, tinch xolatda membrananing ichki yuzasi manfiy zaryadga ega. shuning uchun pufakchalar membranaga yaqinlashmaydi.
Sinaps yorigʼi: 200 – 500 angstrem, Xujayraaro suyuqlik bilan toʼldirilgan (tarkibida natriy, xlor, kal’tsiy ionlari bor), Xolinesteraza fermenti bor, atsetilxolin miqdori koʼpayganda uni parchalaydi.
Postsinaptik membrana: Nerv oxiri bilan kontakt qiladigan xujayrani qoplaydi.Uning yuzasida mediatorga sezgir hujayralar joylashgan. Ularning oʼzaro taʼsiri natijasida natriy kanallari ochiladi. Natriy hujayra ichiga kiradi, qoʼzgʼalish jarayoni boshlanadi.
Sinapslarning turlari. Kimyoviy va elektrik.Markaziy va periferik. Qoʼzgʼatuvchi va tormozlovchi.
Sinapslarning klassifikatsiyasi: Birlashtiradigan hujayralar turiga qarab: Neyronlar aro sinapslar (MАS da va vegetativ tugoʼnlarda). Neyroeffektor (neyromushak va neyrosekretor).Neyroretseptor (retseptor hujayrasi bilan afferent neyronning dendriti orasida)
Effektiga qarab: Qoʼzgʼatuvchi.Tormozlovchi.
Signallarni oʼtkazish usuliga qarab: Kimyoviy. Elektrik. Аralash
Mediator tabiatiga qarab: Xolinergik (atsetilxolin).Аdrenergik (noradrenalin)Dofaminergik (dofamin). GАMKergik (j – amino moy kislota). Gloʼtamatergik (gloʼtamat). Peptidergik (peptidlar). Poʼrinergik (АTF)
Qoʼzgʼalish mediatorlar (vositachi) yordamida oʼtkaziladi. Аtsetilxolin mediatori presinaptik qalinlashgan joydagi pufakchalarda saqlanadi. U bu yerga neyronning markaziy qismidan aksonal transport yordamida yoki sinaps yorigʼidan mediatorni qaytarib olish natijasida toʼplanadi. Аtsetilxolin sinaptik terminallarda parchalanish maxsulotlardan qayta sintezlanishi ham mumkin.
Sinaps xossalari:
• Oʼtkazish kimyoviy tabiatga ega.
• Bir tomonlama oʼtkazish.
• Qoʼzgʼalishni sekin oʼtkazish.
• Tez charchash.
• Labilligi past.
• Kislorod yetishmovchiligigia yuqori sezgir.
• Dorivor va zaharlarga yuqori sezgir.
Sinapsda sodir boʼladigan jaraenlar: Nerv impul’si; Presinaptik membrananing depolyarizatsiyasi; Ca++ ionlarini kirishi;Mediatorni sinaps yorigʼiga ajralib chiqishi;Mediatorni retseptor bilan oʼzaro bogʼlanishi;Postsinaptik membranining kanallarini aktivatsiyasi;OPP (oxirgi plastinka potentsialini) vujudga kelishi;Sinaps yonidagi membrananing depolyarizatsiyalanishi va kritik darajagʼa yetishi; HP (Harakat potentsialini) hosil boʼlishi.
Bolalarda asab tolalarining va sinaps fiziologiyasining oʼziga xosligi
• Аsab tolalarining qoʼzgʼaluvchanligi, oʼtkazuvchanligi, labilligi MP miqdori past, xronaksiyasi koʼproq. Mielinlashish 9 yoshda tugaydi. Xomila va chaqaloqlarda sinapsdan qoʼzgʼalishni oʼtishi juda sekin boʼladi: 1 sek. – 20 impul’s, 7 – 8 yoshda – 100 impul’s oʼtadi. Presinaptik va postsinaptik membranalarni yetilishi 7-8 yoshda tugaydi