Nazorat savollari. 1. Qon sistemasi haqida tushuncha?
2. Qonning asosiy vazifalari?
3. Qon plazmasining tarkibi va oqsillari?
4. Qonning rangi va yopishqoqligi?
5. Qonning osmotic va onkotik bosimi?
6. Qon vodorod ionlarining kontsentratsiyasi va pH boshqarilishi?
7. Qonning bufer tizimlari?
8. Qon aralashma holatining turg’unligi?
9. Eritrotsitlarning vazifasi?
10. Gemoglobin va uning birikmalari?
11. Gemoliz?
12. Eritron. Eritropoezning boshqarilishi?
13. Leykotsitlar?
14. Neytrofillar?
15. Bazofillar, semiz hujayralar?
16. Eozinofillar?
17. Monotsitlar?
18. Limfotsitlar?
19. Leykopoez?
20. Trombotsitlar?
21. Qon guruxlari?
22. Rezus Sistema?
23. Gemostaz tizimi?
24. Qon ivish mexanizmlari?
25. Qon tomir trombotsitar gemostaz?
26. Koagulyatsion gemostaz?
27. Fibrinoliz?
28. Qon ivishiga qarshi mexanizmlar?
29. Immunitet?
30. Anafilaksiya?
MAʼRUZA № 4. QONNING XIMOYA XOSSALARI. GEMOSTAZ. QON GURUHLARI. QONNING REZUS MANSUBLIGI.
Qon guruhlari: АB0 sistema, rezus omil.
Tomir-trombotsitar gemostaz.
Koagulyatsion gemostaz.
Аntikoagulyantlar.
Qon ivish jarayonini boshqarish.
Bolalar qon tizimining oʼziga xosligi.
Leykotsitlar. Leykotsitlar, yoki oq Qon tanachalari yadrosi bor, kattaligi 8 dan 20 mkm gacha boʼladi.
Katta yoshdagi odamlar periferik qon ida leykotsitlar miqdori 4,0-9,0x109l, yoki 1 mkl Qon da 4000-9000 ni Tashkil qiladi. Miqdorining ortib ketishi leykotsitoz va kamayib ketishi leyqopeniya deyiladi. Fiziologik va patologik (reaktiv) leykotsitoz boʼlishi mumkin. Fiziologik leykotsitozda qon ning qayta taksimlanishi koʼzatiladi va leykotsitlar miqdori koʼpga ortmaydi. Fiziologik leykotsitoz ovqatlangandan soʼng, jismoniy ish paytida, emotsional qoʼzgʼalganda, homiladorlik paytida koʼzatiladi.
Leykotsitlar tuzilishiga qarab ikkita katta guruhga boʼlinadi: donachali yoki granulotsitlar va donachasiz yoki agranulotsitlar. Donachali leykotsitlar neytrofillar, eozinofillar va bazofillar, donachasiz leykotsitlar– limfotsitlar va monotsitlardan iborat.
Klinikada leykotsitlarning miqdoridan tashqari, ularning foizdagi nisbati ham katta ahamiyat kasb etadi, qon dagi leykotsitlar har xil turlarining foizlardagi nisbati leykotsitlar formula yoki leykogramma deb ataladi.
Yosh (yosh va tayoqcha yadroli) neytrofillar tayoqchasimon yadroga ega boʼlib segmentlarga boʼlinmagan. Yetuk yoki segment yadroli neytrofillar yadrosi 2-3 segmentga boʼlingan boʼladi. Neytrofillar yadrosidagi segmentlar koʼpligi ularning qariligidan dalolat beradi. Qon da yosh va tayoqcha yadroli neytrofillarning koʼpayishi leykotsitar formulaning chapga siljishi deyiladi, ular miqdorining kamayishi qon ning qariganidan dalolat beradi va leykotsitar formulaning oʼnga siljishi deb ataladi.
Barcha leykotsitlar, asosan, himoya funktsiyasini bajarishadi. Lekin bu funktsiya har-xil leykotsitlar tomonidan turlicha amalga oshiriladi.
Neytrofillar eng katta guruhni Tashkil qiladi. Ularning asosiy funktsiyasi qon ga tushgan yot tanachalarni fagotsitoz qilishdan iborat. Fagotsitoz xodisasi 1892 yili I.I.Mechnikov tomonidan kashf qilingan. Fagotsitoz 3 bosqichdan adgeziya, qamrab olish va lizosomal fermentlar (proteazalar, peptidazalar, oqsidazalar, dezoqsinuklazalar) yordamida hazm qilishdan iborat.
Bazofillar, semiz hujayralar. Bazofillar, semiz hujayralar. Bazofillar 1877 yili P.Erlix tomonidan kashf qilingan. Bazafillar ikki turga boʼlinadi: periferik qon da aylanib yuruvchi granulotsitlar – bazafillar va toʼqimalarda joylashgan toʼqima bazafillari yoki semiz xujayralar. Bazafillarning funktsiyasi uning tarkibidagi moddalarga bogʼliq.
Leykoz kasalligida, stress paytida bazofillar miqdori ortadi, yalligʼglanish kasalligida ham qisman ortishi koʼzatiladi.
Eozinofillar qon tomirlarda bir necha soatgina boʼladi, undan soʼng qon dan toʼqimalarga oʼtib ketadi va u yerda parchalanadi. Eozinofillar fagotsitoz qilish xossasiga ega. Eozinofillar toʼqimalarning gistamin saqlovchi – meʼda va ingichka ichakning shilliq va shilliq osti qavatlarida, oʼpkada yigiladi. Eozinofillar gistaminni qamrab olib gistaminaza fermentlari yordamida parchalaydi. Eozinofillar tarkibida bazofillardan gistaminning ajralib chiqishini tormozlovchi omil ham bor.
Gelmintlarga qarshi eozinofillar sitotoksik effektni amalga oshiradi. Gelmintlar lichinkasi organizmga toʼshsa, eozinofillar oʼnga yaqinlashib parchalanadi, tarkibidagi oqsillar va fermentlarini (masalan peroqsidazalar) shu lichinka ustiga ajratib chiqaradi, natijada lichinkani haloq qiladi.
Аllergik kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin ortib ketadi.
Eozinofillar tarkibida kallikrein – kinin sistemani aktivlovchi kation oqsillar saqlanadi. Kation oqsillar qon tomir endoteliylariga yemiriluvchi taʼsir koʼrsatib yurak qon -tomir tizimi kasalliklarida ham ahamiyatli degan fikrlar mavjud.
Аyrim ogʼir kechuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin kamayib ketadi.
Monotsitlar – qon tomirlarda 70 soatgacha aylanib yuradi soʼngra u yerdan chiqib toʼqima (gistiotsitlar) makrofagiga aylanadi. Kislotali muhitda monotsitlar mikroblarni fagotsitoz qilish xossasiga ega, bu paytda neytrofillar faolligi susayadi. Haloq boʼlgan leykotsitlar va jarohatlangan toʼqimalarni monotsitlar fagotsit qilib yalligʼlangan sohani tozalaydilar. Monotsitlar komplement tizimi tarkibiy qismining ayrimlarini sintezlaydi. Аktiv monotsitlar va makrofaglar sitotoksinlar, interleykin (IL - 1), oʼsmalarni nekroz qiluvchi omil, interferonlarni sintezlash natijasida oʼsmaga, viruslarga, mikroorganizmlarga va parazitlarga qarshi immunitet hosil qiladi, gemopoezning boshqarilishida ishtirok etadi. Monotsitlar qon ivishini (tromboqsan, tromboplastinlar), hamda fibrinolizni kuchaytiradigan (plazminogen aktivatorlari) omillarni ishlab chiqaradi.
Limfotsitlar – suyak koʼmigida hosil boʼladi va qon ga toʼshgach toʼqimalarda shakllanadi. Аyrisimon bezda shakllanganlari T – limfotsitlar (thymus – soʼzidan olingan) deb ataladi. T – limfotsitlarning bir necha turlari mavjud. T – qillerlar yoki qotillar (inglizcha tu kill - oʼldirmoq) nishon xujayralarni, jumladan yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar, oʼsma hujayralar va boshqalarni oʼldiradi. T – xelperlar yoki immunitet qilishda yordamchilar. Ular T – T – xelperlar, hujayra immunitetini kuchaytiruvchi va T – V – xelperlar gumoral immunitetni kuchaytiruvchilardan iborat. T – amplifayerlar T – va V –, ayniqsa T – limfotsitlar funktsiyasini kuchaytiradi. T – supressorlar – immoʼn javobni susaytiruvchi limfotsitlar. Ular T – T – supressorlar hujayra immunitetini pasaytiruvchi va T – V – supressorlar – gumoral immunitetni pasaytiruvchilarga boʼlinadi. T – shakllantiruvchi (differentsiyalovchi) yoki Td – limfotsitlar qon ishlab chiqaruvchi aʼzolarining oʼzak hujayralari faoliyatiga taʼsir koʼrsatadi, yaʼni suyak koʼmigida eritrotsitar, leykotsitar va trombotsitar hujayralarning hosil boʼlish nisbatiga taʼsir qiladi. T – Qon trsupressorlar T – supressorlar faoliyatini susaytirish orqali immoʼn javobni kuchaytiradi. T – xotira xujayralari avval taʼsir qilgan antigenlar haqida axborotni xotirasida saqlash orqali immoʼn javobni tezlashtiradi.
Limfotsitlarning boshqa turi V – limfotsitlar (bursa – soʼzidan olingan) odam va sutemizuvchilarda suyak koʼmigida yoki ingichka ichakda joylashgan limfoid – epitelial tizimda shakllanadi. V – limfotsitlar antigenlar va sitokinlar taʼsirida antitelo ajratib chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. V – limfotsitlarning quyidagi turlari mavjud: V – qotillar, V – xelperlar va V – supressorlar.
V – qillerlar ham T – qillerlar kabi vazifalarni bajaradi. V – xelperlar antigenlarni tanishtiradi, Td – limfotsitlar va T – supressorlar faoliyatini kuchaytiradi, xujayra va gumoral immunitetlarda ishtroq etadi. V – supressorlar antitelo ishlab chiqaruvchi hujayralar – V – limfotsitlar proliferatsiyasini tormozlaydi.
T va V limfotsitlardan tashqari O – limfotsitlar ham mavjud. Аyrim tadqiqotchilar O – limfotsitlarni natural (tabiiy) qiller hujayralar yoki NK – limfotsitlar deb atadilar. NK – limfotsitlar yot hujayralarni «teshib yuboruvchi» perforin deb nomlanuvchi oqsil ishlab chiqaradi. Sitotoksik limfotsitlar (TsTL)proteolitik fermentlar (tsitolizinlar) ishlab chiqaradi va boʼlar yot xujayralarga hosil boʼlgan teshiklar orqali kirib, ularni haloq qiladi.