Qon sistemasi haqida tushuncha G.F. Lang qon sistemasi tushunchasini 1939 – yili fanga kiritdi. Bu tizimga: qon – tomirlari boʼylab harakatlanayotgan periferik qon ; qon yaratuvchi aʼzolar (suyak koʼmigi, limfa tugoʼnlari, taloq);qon ni parchalovchi aʼzolar (jigar, taloq) va ularni boshqaruvchi nerv – gumoral sistemalari kiradi.
• Odam va hayvonlar qon i yopiq qon – tomirlar xalqasida harakatlanadi
Qon ning asosiy vazifalari
• Tashuvchilik vazifasi. Qon – tomirlarda harakat qilib har xil moddalarni: kislorod, karbonat angidrid gazlari, ozuqa moddalar, gormonlar, fermentlar va boshqa moddalarni tashiydi. Nafas vazifasi. Oʼpkadan toʼqimalarga O2 ni va toʼqimalardan oʼpkaga CO2 ni olib keladi. Oziqlantiruvchi (trofik). Qon hazm traktidan kerakli oziq moddalar (glyukoza, fruktoza, peptidlar, aminoqislotalar, tuzlar, vitaminlar, suv, yogʼ va uning birikmalari) qon ga va limfaga soʼriladi va ularni toʼqimalarga yetkazib beradi.
Ekskretor vazifasi. Moddalar almashinuvida hosil boʼlgan keraksiz (chiqindi) moddalar toʼqimalardan chiqaruv aʼzolariga tashib keltirilib beriladi va chiqaruv aʼzolari ularni chiqarib yuboradi. Shuningdek, oshiqcha suvlar, mineral va organik moddalar, mochevina, siydik kislotasi, ammiaklar ham chiqaruv aʼzolariga tashib keltiriladi.
Termoregulyator vazifasi. Qon ni issiqlik bilan qayta taʼminlaydi va tana haroratini bir xilda ushlab turishda katta rol’ oʼynaydi. Issiqlik koʼp ishlab chiqaruvchi aʼzolardan tananing boshqa aʼzolariga isiqlikni tashiydi va ularni isitadi. Qon gomeostazdagi ayrim koʼrsatkichlarni doimo bir xilda ushlab turishda katta ahamiyat kasb etadi. Suv - tuz almashinuvida ishtirok etadi. Qon va toʼqima orasidagi suv va tuzni bir xilda ushlab turishda katta oʼrin egallaydi.
Himoya vazifasi. Leykotsitlarning immunitet hosil qilish va fagotsitozda ishtiroki orqali organizmni himoya qiladi. Bundan tashqari, qon ning suyuq holda ushlab turilishi va qon oqishini toʼxtashida (gemostaz) ishtiroki ham himoya funktsiyasiga kiradi.
Gumoral boshqaruv vazifasi. Birinchi navbatda gormonlar va biologik aktiv moddalarning qon da tashilishi. Boshqaruv vazifasi tufayli ichki muhit doimiyligi taʼminlab turiladi, modda almashinuvi intensivligi, gemopoez va boshqa fiziologik faoliyatlar idora etilib turiladi. Kreator bogʼlar hosil qilish. Qon plazmasi va shaklli elementlari informatsion bogʼlar hosil qiluvchi makromolekulalarni tashiydi. Hujayra ichki oqsillari sintezini, toʼqima tuzilmalari shakllanishini bir xilda ushlab turish va qayta tiklash vazifasini bajaradi.