Immunitet. Org’anizm fagotsitoz yo’li bilangina emas, balkn gumoral faktorlar yordami bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan mahsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo’li bilan infektsiyalardan sahlanadi. Masalan, mikroblar qo’zgaydigan ba’zi kasalliklarda (yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari — toksinlarni, ehtpmol, ximiyaviy biriktirish yo’li bilan z.ararsizlantiruvchi moddalar (antitoksinlar) ishlab chiqaradi va to’playdi. Hayvonlar qoniga toksinlar qaytaqayta yuborilgandan so’ng unda tegishli antitoksinlar to’planadi. Bunday hanvonlarning qon zardobi kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi.
Aksari yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, chin chechak, tepkili terlama va hokazo) da organizm mikroblarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan moddalarni hosil qiladi, bu moddalar antitelolar yoki immun jismlar deb ataladi. Shunga ko’ra odam ba’zi kasalliklar bilan kamdankam takror og’riydi. Kasallik bilan og’rib o’tgan odamning qon zardobi shu kasallik mikroblarining o’sishini va rivojlanishini to’xtatadi. Infektsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalarning qon, to’qimalarda mavjudligi va organizm hujayralarining kasallik mikroblariga reaktsiya ko’rsatish qobiliyatining o’zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan og’rimaslik (kasallikka chaliimaslik) holati immunitet deb ataladi. Antitelolarni leykotsitlar va retikuloendoteliy sistemasining hujayralari ishlab chiqaradi.
Immun jismlar mikroblardan boshqa omillar tasirida ham ishlanadi. Organizmga har qanday yot oqsil parsnteral yo’l bilan (hazm yo’lidan tashqari) kiritilganda ham qonda antitslolar paydo bo’ladi. Hayvon qaysi yot oqsilga immunlangan bo’lsa, shu hayvon zardobi o’sha yot oqsilga tasir etganda oqsil ivib, cho’kib tushadi. Bu hodisa pretsipitatsiya, uni vujudga keltiruvchigmoddalar esa pretsipitinlar deb ataladi. Immun jismlarga gemolizinlar, agglyutininlar va shu kabilar kiradi.
Immun jism organizmning tug’ilish vaqtidan mavjud bo’lsa, tug’ma, yoki irsiy immunitet deb aytishadi. Immun jismlarning individual hayot davrida to’planishi orttirilgai (yoki kasb etilgan) immunitet deb ataladi. Odamning va hayvonlardan ayrim turlarining bazi kasalliklar bilan og’rimasligi tug’ma immunitet bilan tushuntiriladi. Masalan, odam qoramol chumasi degan kasallik bilan ogrimaydi.
Tashqi ta’sirotlar tug’ma immunitetga putur etkazishi mumkin. Odatdagi sharoitda kuydirgi bilan og’rimaydigan tovuqlar sovutib qo’yilsa, kasallana boshlaydi. Shuningdek ionlovchi radiatsnya (nurlanish) ham organizmning infektsiyaga qarshi chidamini kamaytiradi.
Tug’ma immunitet leykotsitlarning fagotsitoz qila olishiga anchagina bog’liq. Quyonga kuydirgi sporalari yuborilgach ularni leykotsitlar yutib, hazm qilib yuboradi. Quyonning qoi zardobida esa kuydirgi bakteriyalarining sporalari yaxshi rivojlanadi.
Anafilaksiya. Oqsil tabiatli yot moddalar organizmga takror kirganda anafilaksiya deb ataladigan maxsus. holat kuzatiladi.
Masalan, dengiz cho’chqasining terisi ostiga, qoniga yoki qorin pardasi bo’shlig’iga ozgina (0,02 ml) yot zardob yuborilsa, hech qanday zararli oqibat kuzatilmaydi. Lekin shu zardob 15—20 kundan so’ng takror yuborilsa, kuchli reaktsiya va ogir holat —ana filaktik shok ro’y beradi: tutqanoq tutadi, nafas olish va yurak urishi buziladi, zardob yuborilgach bir iecha minutdan keyin hayvon o’lib qoladi. Sababi shuki, yot oqsil birinchi marta yuborilganda hayvonning mazkur oqsilga sezuvchanligi oshadi (sensibilizatsiyalovchi inektsiya). Usha oqsil modda shunday sensibilizatsiyalangai hayvonga takror yuborilganda juda kuchli zahardek ta’sir qiladi (ajrim qiluvchi inektsiya). Hayvon ajrim qiluvchi in’ektsiyadan keyin omon qolsa desensibilizatsiyalanib, ya’ni sensibilizatsiyalovchi inektsiya ta’sirida oshgan sezuvchanlik holatidan qutilib qoladi. Bu holatlarning kelib chiqish mexanizmlari murakkab bo’lnb, mukammal o’rganilgani yo’q.
Yuksak hayvonlar organizmida tashqi muhitning koʼpchilik taʼsiriga qarshi turuvchi, hujayralarning yashash sharoiti bir qadar doimiy boʼlishini taʼminlovchi moslanishlar vujudga kelgan. Bu bir butun organizmning hayot faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Misollar bilan koʼrsataylik. Issiq qonli, yaʼni gavda tsmperaturasi doimiy boʼlgan hayvonlarning hujayralari tempsratura chegaralari tor (odamda 36—38° atrofida) boʼlgan sharoitda normal ishlaydi. Temperaturaning bu chegaralardan chiqib ketishi hujayralar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga issiq qonli hayvonlar organizmi tashqi muhit temperaturasi ancha oʼzgargan sharoitda yashay oladi. Masalan, kutb ayigi - 70° va +20° - 30° temperaturada ham yashayveradi. Buning boisi shuki, bir butunorganizmning atrof muhit bilan issiqlik almashinishi, yaʼni issiqlik hosil boʼlishi (issiqlik ajralishi bilan davom etuvchi ximiyaviy protsesslarning intensivligi) va issiqlik chiqib ketishi boshqarilib turadi. Masalan, tashqi muhit temperaturasi past boʼlganda issiqlik koʼproq hosil boʼladi, issiqlik chiqib ketishi esa kamayadi. Shuning uchun tashqi temperatura bir qadar oʼzgarganda gavda temperaturasi doimo bir darajada turaveradi.
Organizm hujayralaridagi elektrolitlar va suv miqdorining doimiyligi
tufayli osmotik bosim bir qadar doimiy boʼlgandagina hujayralar normal ishlay oladi. Osmotik bosimning oʼzgarishi - ortishi yoki kamayishi - hujayra funktsiyalari va sturukturasining buzilishiga olib keladi. Organizm bir butun boʼlgani uchun ortiqcha suv kirganda ham, suvdan mahrum boʼlganda ham, ovqatdagi tuzlar miqdori koʼp yoki kam boʼlganida ham maʼlum vaqt yashay oladi. Buning boisi shuki, gavdada suv va elektrolitlarning doim bir xil miqdorda turishiga yordam beruvchi moslamalar bor. Suv ortiqcha kirganda ortiqchasi chiqaruv organlari (buyraklar, ter bezlari, teri) orqali orgaiizmdan tez chiqib kstadi, suv yetishmaganda esa gavdada ushlab qolinadi. Chiqaruv organlari organizmdagi elektrolitlar miqdorini shu yoʼl bilan boshqarib turadi: chiqaruv organlari ortiqcha suvni tez chiqarib yuboradi yoki organizmga tuzlar yetarli kirmaganda ularni or;ganizm suyuqliqlarida ushlab qoladi.
Bir tomondan qon va toʼqima suyuqligʼidagi, ikkinchi tomondan hujayralar protoplazmasidagi ayrim elektrolitlar kontsentratsiyasi turlicha. Qon va toʼqima suyuqligʼida natriy ionlari koʼproq, hujayra protoplazmasida esa kaliy ionlari koʼproq. Qaliy ionlarini hujayra ichida ushlab turadigan, natriy ionlarining hujayrada toʼplanishiga yoʼl qoʼymaydigan maxsus mexaiizm borligidan, hujayra ichi va yeirtidagi ionlar kontsentratsiyaei farq qiladi. Tabiati hali aniqlanmagan bu mexanizm natriy-kaliy nasosi deb atalgan, u hujayradagi modda almashinuvi protsessi bilan bogʼlangan. Organizm hujayralari vodorod ionlari kontsentratsiyasining oʼzgarishiga juda sezgir. Bu ionlar kontsentratsiyasining biror tomonga oʼzgarishi natijasida hujayralarning hayot faoliyati keskin darajada buziladi. Organizmning ichki muhitiga vodorod ionlari kontsentratsiyasining doimiyligi xarakterli boʼlib, bu doimiylik qon va toʼqima suyuqligʼida bufer sistemalar borligiga (50bet) hamda chiqaruv organlarining faoliyatiga bogʼliqdir. Qonda kislotalar yoki ishqorlar koʼpayib ketganda organizmdan tezda chiqarib yuboriladi va shu yoʼl bilan ichki muhitdagi vodorod ionlari kontsentratsiyasining doimiyligi satlanadi. Hujayralar, ayniqsa nerv hujayralari, hondagn qand miqdorining oʼzgarishiga juda sezgir, qand esa muhim ozyaq modda boʼlib xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, qondagi qand miqdorining doimiyligi hayot faoliyati protsesslari uchun kata ahamiyatga ega. Qondagi qand koʼpayib ketganda jigar va muskullarda undan polisaxarid - glikogen sintezlanadi, bu modda hujayralarda toʼplanadi, qondagi qand kamayganda esa, aksincha, glikogen jigar va muskullarda parchalanib, uzum shakari hosil boʼladi, bu modda qonga oʼtadi. Ichki muhit ximiyaviy tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalarining doimiyligi yuksak hayvonlar organizmining muhim xususiyatidir. Bu doimiylikni ifodalash uchun U. Qennon keng tarqalgan gomeostaz iborasini taklif qilgan. Bir qancha biologik konstantalar, yaʼni organizmning normal holatini xarakterlovchi barqaror miqdoriy koʼrsatkichlar mavjudligi gomeostazning ifodasidir. Bunday barqaror koʼrsatkichlarga: gavda temperaturasi, qon va toʼqima suyuqligʼining osmotik bosimi, ulardagi natriy, kaliy, kal’tsiy, xlor va fosfor ionlari, shuningdek oqsillar bilan qand miqdori, vodorod ionlari kontsentratsiyasi va boshqalar kiradi. Ichki muhit tarkibi, fizik-ximiyaviy va biologik xossalari doimiyligi mutlaq boʼlmay, balki nisbiy va dinamik ekanligini uqtirib oʼtish lozim. Bu doimiylikka bir qancha organ va toʼqimalarning betoʼxtov ishlashi tufayli erishiladi: tashqi muhit oʼzgarishlarining taʼsirida va organizm hayot faoliyati natijasida ichki muhit tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalarida roʼy beradigan oʼzgarishlar bir qancha organ va toʼqimalarning bstoʼxtov ishlashi tufayli baravarlanib qoladi.
Gomeostaznipg saqlanib turishida turli organlar va ularning sistemalari turlicha rol’ oʼynaydi. Masalan, ovqat hazm qilish organlari oziq moddalarning organizm hujayralari foydalana oladigap shaklda qosha kirishini taʼminlaydi. Qon aylanish sistemasi organlai organizmda turli moddalarni tashib turadi, natijada oziq moddalar, kislorod va organizmning oʼzida hosil boʼluvchi turli ximiyaviy moddalar hujayralarga keladi, hujayralardan ajralib. Chiqadigan tashlandilar (parchalanish mahsulotlari), shu jumladan, karbonat angidrid ularni organizmdan chiqarib yuboradigan organlarga keladi. Nafas organlari qonga kislorod kirishini va organizmdan karbonat angidridning chiqarib yuborilishini taʼminlaydi. Jigar va boshqa bir qancha organlar koʼpchilik ximiyaviy oʼzgarishlarni yuzaga chiqaradi - hujayralarning hayot faoliyatida ahamiyati boʼlgan ximiyaviy birikmalarni sintezlaydi va parchalaydi. Chiqaruv organlari - buyraklar, oʼpka, ter bezlari, teri - organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi va qondagi, demak, toʼqima suyuqligʼidagi va organizm hujayralaridagi suv > bilan elektrolitlar miqdori doimiyligini saqlab turadi. Gomeostazning saqlanishida nerv sistemasi juda muhim rol’ oʼynaydi. Nerv sistemasi tashqi va ichki muhitning turli oʼzgarishlaryga hushyorlik bilan reaktsiya koʼrsatib, organlar bilan sistsmalar faoliyatini shuiday boshqaradiki, organizmda roʼy berastgan va roʼy berishi mumkin boʼlgan oʼzgarish va buzilishlarning oldi olinadi va toʼgʼrilanadi. Organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini taʼminlaydigan moslamalar rivojlangani tufayli, organizm hujayralari tashqi muhitning oʼzgaruvchan taʼsirlarini unchalik, pisand qilmaydi. Kl. Bernar taʼbiri bilan aytganda, «ichki muhit doimiyligi erkin va mustaqil hayot shartidir». Gomeostazning muayyan chegaralari bor. Organizm qaysi sharoitga moslashgan boʼlsa, oʼsha sharoitdan ancha farq qiluvchi sharoitda ayniqsa uzoq turganda gomeostaz buzilib, normal hayotga imkon bermaydigan katta oʼzgarishlar roʼy berishi mumkin. Masalan, tashqi temperatu. ra oʼzgarganda (oshganda yoki kamayganda) gavda temperaturasi koʼtarilishi yoki pasayishi, organizm qizib ketishi ski sovib qolishi, oqibatida esa haloq boʼlishi mumkin. Xuddi shuningdek, organizmga suv va tuzlar kirishi juda kamayganda yoki u mazkur moddalardan tamomila mahrum boʼlganda ichki muhit tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalarining nisbiy doimiyligi bir necha vaqtdan keyin buzilib, organizm yashashdan toʼxtaydi. Tur va individ rivojlanishining muayyan bosqichlaridagina gomeostaziing yuksak darajasi vujudga ksladi. Tuban darajadagi hayvonlarda tashqi muhit oʼzgarishlarining taʼsirini kamaytiradigan yoki barataraf qiladigan moslamalar yetarlicha rivojlangan emas. Masalan, gavda temperaturasi issiqqonli hayvonlardagina nisbiy doimiy boʼladi (gomoyotermiya). Sovuqqonli hayvoilarning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga yaqin boʼlib, oʼzgarib turadi (poykilotermiya). Yangi tugʼilgan hayvonning gavda tempsraturasi, ichki muhit tarkibi va fizik-ximiyavii xossalari voyaga stgan orgaiizmdagi kabi doimiy emas. Gomeostaznint hatto salgina buzilishi ham patologiyaga olib keladi, modomiki shunday ekan, gavda tsmperaturasi, qonning arterial bosimi, tarkibi, fizik-ximiyaviy va biologik xossalari va shunga oʼxshash nisbiy doimiy fiziologik koʼrsagkichlarni aniqlash kasalliklarni aniqlash (diagnostika) uchun katta ahamiyatga ega.
Qon fiziologiyasi: qon , limfa, toʼqima, orqa miya, plevral, boʼgʼim va boshqa suyuqliklar organizm ichki muhitini Tashkil qiladi.