3. Yangi mavzuni o'rganishga o'quvchilarni tayyorlash.
Suhbat: — Qovun qaysi turkumga kiradi? Sabzavotgami yoki mevalargami?
— Qovun nomlarini bilasizmi? Ularning nomlarini ham tarm oqlash usulida yozib ko'rsating.
— ,,Kuz“ she’rini kim yozgan? — Sh. Sa’dullaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
4. Sh. Sa’dullaning „Qovun sayli" hikoyasi bilan tanishtirish. Hikoyaning birinchi darsga mo'ljallangan qismi o'qib beriladi yoki magnit tasmasi orqali eshittiriladi.
5. Kichik guruhlar bilan ishlash. O'quvchilar 4-guruhga bo'linadi. O 'quvchilar 1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O'z raqamlari bo'yicha guruhlanib, stoJ atrofiga o'tiradilar. H ar bir stol atrofidagi o'quvchilarga hikoyaning qismlari bo'lib beriladi va topshiriqlar konvertlarda uzatiladi.
1-topshiriq. Guruhingizga nom qo'ying. Uni ta’riflang.
- ,,Handalak“ guruhi. Handalak bahor faslining oxirgi oyida erta pishadi. Odam lar uni sog'inib kutishadi. Handalak dum aloq, uning hidi yoqimli, o'tkir bo'ladi. Ustki qismi serto'r, mazasi tilni yorar darajada shirin bo'ladi.
2- „Qo‘zivoy“ guruhi. Q o'zivoy tezpishar tarvuz turi. U 95—100 kunda yetiladi. U nda 12 foiz qand moddasi bor. Tarvuz buyrak va sariq kasalligiga davo bo'ladi.
3 - „Kishmish"guruhi. Kishmish uzumning bir turi. U qora va oq ranglarda bo'lib, danaksiz va juda shirin bo'ladi.
4. „Doniyor “ guruhi.Doniyor — qovunning bir turi. U juda shirin qovun bo‘lib, ustida yashil va sariq rangli yo‘li bor. II. Anglash bosqichi. Hamma guruhga bir xil topshiriq beriladi:
1-topshiriq. — Berilgan qismni, to‘g ‘ri va ifodali o ‘qishga tayyorlaning. M a’ nosi tushunarsiz so'zlarni lug'at daftaringizga yozing. Asosiy fikrni aniqlang.
2 -topshiriq. 1. O'qigan qismingizni matnga yaqinlashtirib qayta hikoya qilib bering.
2. Ma’nosi tushunarsiz so'zlarning m a’nosini izohlashga harakat qiling. 3. O'z qismingizdagi ko'chma m a’noli so'zlarni toping va izohlang.
4. O'qigan qismingizga sarlavha qo'ying va daftaringizga yozing. Guruhlar ishlaridan namunalar: „Handalak" guruhi.
Lug'at ishi:
— qovun boshiga — boshiga ko'chma ma’noda;
— bejirim — ixcham;
— serto'r — po'stida taram-taram chiziqlari bor.
Sarlavha: „ Bolalik xotiralari".
„Qo‘zivoy“ guruhi. Lug'at ishi:
—Dasturxon yozdilar — „yozdilar" „yoydilar" ma’nosida
— yozdi — xat yozdi — shakldosh so'zlar;
— o'choq boshi - „boshi" so'zi ko'chma ma’noda;
Savlavha: „ Qovunxo ‘rlik
„Kishmish" guruhi. Lug'at ishi:
— karch — qovun yoki tarvuz qismidan ko'ndalangiga kesilgan qism;
— tilni yoray deydi — ibora, o'ta shirin m a’noda;
— kosa — ko'chma m a’noda, qovunning 4 dan 1 qismi.
Sarlavha. „ Tog ‘amning fikr i".
„Doniyor“ guruhi. Lug'at ishi:
— oy chiqdi — „chiqdi" ko'chma ma’noda, „ko'rindi" m a’nosida;
— quloq solinglar — eshitinglar;
— qovun dum beryapti - „pishdi" m a’nosida.
Savlavha. „Tungi voqealar
O'quvchilar hamma guruhning lug'atini va topgan sarlavhasini daftarlariga yozib boradilar. O'quvchilar aniqlamagan so'zlarni o'qituvchi aytib, izohlab beradi. Ifodali o‘qish va qayta hikoyalash mashqi. Har bir guruh o'z qismini o'qib, gapirib beradi. Rollarga bo'lib o ‘qitishda har bir guruhdan o'quvchilar tanlanadi. (Tog'a, muallif, Hasan, Zuhra)