O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə13/14
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#119924
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-sinf o’qish darsligida berilgan hikoyalarni o’rganish metodikasi

Fikrlash bosqichi. 1. Darslikdagi savol-topshiriqlar bilan ishlash. Har bir guruh asar matni ostida berilgan 1-, 2-, 3-, 5- savollarga javob beradi. O'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi:

— 0 ‘zbek xalqining kuz faslida о ‘tkaziladigan qaysi an ’anaviy bayramlarini bilasiz?
— „Qovun sayli “da qanday ishlar qilinadi?
Javob namunasi. O'zbek xalqining kuzda o'tkaziladigan „H osil bayrami", „Qovun sayli" kabi ko'pgina bayramlari bor. „Qovun sayli" qovunlar ayni g'arq pishgan pallada o'tkaziladi. „Qovun sayli“da qovunlar aytishuvi ham bo'ladi. Bunda har bir qovun o'zini ta’riflaydi, maqtaydi. Saylga yig'ilgan odamlar qovun-tarvuzlarni uzib, yig'ib olishga yordam beradi. Bunda odamlar pishib ketgan qovunlarni so'yib, qovun qoqi qiladilar. Qishki qovunlarni osib qo'yish uchun to'rva xaltalar to'qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo'ladi.
2. Reja tuzish. Har bir guruh o'z qismiga reja tuzadi.
Reja namunasi:
1. Tog‘amning taklifi.
2. Cho ‘Idagi qovun polizlari.
3. Qovunxo'rlik.
4. Hasan va Husan chaylada.
5. Tungi voqealar.
3. Reja asosida hikoyaning 1-bo‘limini to'liq qayta hikoya qilish musobaqasi.
4. Test topshiriqlari ustida ishlash. Har bir guruhga konvertda test topshiriqlari beriladi.
Test namunalari: I. Qovun nomlari berilgan qatorni toping.
A ) Bo'rikalla, doniyor, bosvoldi
B) Qo'zivoy, ko‘kalampish, umrboqi
C) Charos, qiziluru daroyi
2. Uzum nomlari berilgan qatom i toping.
A) Charos, buvaki, qo'zivoy
B) Hasayni, chillaki, kishmishi
C) Qiziluru, Ko'kalampish
3. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi asar qahramonlari?
A) „Oltin fasl“ B) ,,Xarita“ C) „Qovun sayli“
4. Darsda o ‘rganilganlami umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish. — Fasllar va dehqonchilik bilan bog'liq qanday an’analami bilasiz?
O‘zingiz shunday an’analarda ishtirok etganmisiz?
— An’analami saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak?
5. Uyga vazifa. Asarning birinchi bo‘!imini ifodali o ‘qishga tayyorlanib, matn yuzasidan savollar tuzib kelish.
6. Guruhlarning to‘plagan ballarini e’lon qilish. Bunda to ‘plangan ballar e ’lon qilinadi va har bir guruhda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag‘batlantiriladi.
XULOSA
Hikoya janri – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan Hikoya hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlodajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`taydi.
Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi. Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu mas`uliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk allomalarimizning ibratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz –avliyolarning ilmi-urfoni haqida, mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar o`zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Rivoyatlar mavzu doirasi nuqtai nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Rivoyatlarni izchil o`rganish va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Latifa va topishmoqlar esa hozirjavoblikda, tez aytishlar so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda, maqollar so’zga husn berishda, fikrni yorqin, ta’sirchan qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqimiz o’z quvonchini, shodligini yoki g’am-hasratini o’z qo’shiqlarida yorqin aks ettirgan. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o`stirishda Hikoyalar alohida o`rin tutadi. Har bir aytiladigan Hikoya bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar Hikoya qahramonlariga o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar yoki o`zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo`lishni orzu qiladilar.
Hikoyalar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga Hikoya aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda, xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari ma`naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin