99
Xalqaro aksiyalar bozoriga chiqish faoliyatni moliyalashtirish imkoni bilan
birga quyidagilarda ham muhim ahamiyat kasb etadi (-rasm).
- kompaniyalar aksiyalari birja listinggiga kiradi va turli mamlakatlardagi
xalqaro sindikatlarda sotiladi;
- kompaniyalarning aksiyalari savdosi mamlakatdagi birja bilan bir vaqtda
boshqa mamlakatlardagi bitta yoki bir nechta birjalarda ham amalga oshiriladi;
- xalqaro aksiyalar chiqarilishi xorijiy valyutada kapital jalb qilish imkonini
beradi. Bunda ham aksiyalar milliy va xalqaro fond birjalarida listingdan oʻtadi.
Aksiyalarning milliy fond birjalari bilan bir vaqtda xalqaro fond birjalarida
ham listingdan oʻtish va savdosi yoʻlga qoʻyilishi depozitar tilxatlar orqali amalga
oshiriladi. Aksiyalarning xalqaro bozorlarga chiqarilishi katta miqdorda kapital
jalb qilishga imkon beradi, kompaniya nufuzining oshishiga xizmat qiladi.
Xalqaro aksiyalarni muomalaga chiqarish ham oddiy aksiyalar birlamchi va
ikkilamchi chiqarilishlar asosida amalga oshiriladi. Bunda birlamchi xalqaro
aksiyalar muomalaga chiqarilishi natijasida kompaniya qoʻshimcha kapitalga ega
boʻladi. Ikkilamchi chiqarilishida esa bevosita aksiyadorlar tarkibida oʻzgarishlar
yuzaga keladi.
Xalqaro aksiyalar chiqarilishi va muomalasini tashkil etish jarayoni
yevroobligatsiyalar chiqarilishiga oʻxshash. Bunda ham anderrayterlar faoliyati
muhim va ular aksiyalarni bevosita joylashtirishga masʼul hisoblanadi. Bundan
tashqari xalqaro aksiyalar chiqarishdan oldin yetakchi reyting agentliklari va
auditorlik tashkilotlaridan xulosalar olish ham oʻziga xos reklama vazifasini
bajaradi. Shuningdek bunday aksiyalarni joylashtirishda xalqaro fond birjalarining
listing talablarini chuqur oʻrganish asosida qaror qabul qilish talab etiladi. Chunki
malum bir talablar oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlaridagi emitentlar uchun ogʻirlik
qilishi mumkin.
Xalqaro aksiyalar bozori xorijiy aksiyalar bozori va yevroaksiyalar bozoriga
boʻlinadi. Xorijiy aksiyalar kompaniyalar tomonidan boshqa mamlakatlar fond
bozorida joylashtiriladigan aksiyalardir.
Xorijiy aksiyalarning afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadvalda
keltirilgan (8.2-jadval).
8.2-jadval
Dostları ilə paylaş: