O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Guruhda muammoli vaziyatni yaratish usullari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə143/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
ITM UMK (2)

Guruhda muammoli vaziyatni yaratish usullari:



  • Magistrlarni qarama-qarshilik tomon olib borasiz va uning echimini mustaqil ravishda topishlarini taklif etasiz:

  • Amaliy faoliyatda duch keladigan karama-qarshiliklarni ma’lum qilasiz;

  • Bir savolga turli nuqtai nazardan qarashni bayon qilasiz;

  • Xodisani turli mutaxassislar nazaridan ko‘rib chiqishni taklif etasiz.(masalan: xuquqshunos, iqtisodchi, pedagog va h.k);

  • Siz taklif etgan vaziyatni taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga, dalillarni solishtirishga da’vat etasiz;

  • Aniq savollar qo‘yasiz, umumlashtirishga, asoslashga, aniqlashga, mantiqiy fikr yuritishga undaysiz;

  • Muammoli nazariy va amaliy vazifalarni belgilaysiz:

  • Muammoli vazifalarni qo‘yasiz (masalan: ortiqcha yoki etarli bo‘lmagan dastlabki ma’lumotlar savolga qo‘yishda noaniqlik, qarama-qarshi ma’lumotlar, bilib qilingan xatolar, belgilangan vaqt ichida ruhiy sustlikka engish va hokazo).

Muammoli vazifa”lar usulining texnologik xaritasi





Faoliyat bosqichlari

O‘qituvchi faoliyati

Magistr faoliyati

1. Tayyorlov bosqichi



  • Mavzuni, muammoli vaziyatni tanlaydi.

  • Maqsadni, natijani va uni baholash mezonini shakllantiradi.

  • Qo‘yilgan texnologik xaritani va mu-ammoni, vaziyatni magistrlar tomoni-dan echish yo‘lini ishlab chiqadi.




2 Muammoga kirish bosqichi

  • Muammoli vaziyatni tug‘diradi.

  • Muammoni bayon qiladilar.

  • Magistrlarni uni echishga yo‘naltiradi.

  • SHu bilan birga, ularni ish natijalarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

Guruhlarga bo‘li-nadilar, muammo-li vaziyat va mu-ammo bayon etilgan material bilan tanishadilar.

3. Muammoni echish bosqichi

  • Muammoni to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish uchun, kerak bo‘lsa maqsadga yo‘naltirish uchun bir guruhdan ikkinchisiga o‘tadi.

  • Magistrlarga mavjud muammolarni turlicha ko‘rib chiqish mumkinligini tushunishlariga imkon beradi.

Ushbu muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladi-lar, ularningtah-lil qiladigan eng qulaylarini to-padilar va bir fikrga keladilar
.

4. Natijalar-ni taqdim etish bosqichi

  • Diqqat bilan tinglaydi.

  • Oddiy qatnashchi sifatida savollar beradi.

Natijalarni xabar qiladilar, boshqa guruhlar taklif qilgan variant-larini muhokama qiladilar

5. Natijalarni taqdim etish bosqichi

  • Qisqacha va bahosiz taklif qiladilar.

  • Muammoni echish usuli va yo‘llarining eng asosiylarini sanab o‘tadi.

  • Ayniqsa, ko‘pchilik fikriga mos kelganlarini alohida ta’kidlaydi.

  • Muammoni to‘liq echish darajasini butunligicha va magistrlarning harakat strategiyasi bo‘yicha baholaydi.

Eng qulay vari-antni aniqlaydi-lar. Guruh o‘z-o‘zini baholashi mumkin.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin