Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Ijtimoiy axborotning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Ilmiy axborotning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
Informasion vaziyat qanday ahamiyatga ega?
Jamiyatning rivojlanishida informatika qanday rol o‘ynaydi?
Nanotexnologiyalarning ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari
Axborot, bilim, ma’lumot birligi va farqi
Ta’limning axborotlashuvi (esse)
10- SEMINAR MASHG‘ULOTI.
MAVZU: OLIMNING IJTIMOIY MAS’ULIYATI
Reja:
Fan tarixchilari professionallashuv jarayoni.
Fan muayyan odamlar – olimlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat turi sifatida.
Intellektual elitaning ontopsixologiyasi
Axborot-uslubiy ta’minot
Ushbu mavzuni o‘tishda ta’limning interfaol usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu boradagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Mashg‘ulotlarda muammoli vazifalar usulidan foydalanish”, “Sinov amaliy mashg‘uloti usuli”, “Zakovat amaliy mashg‘uloti usuli”, “Mashg‘ulotlarda ma’ruza usulidan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usulidan foydalanish” kabi interaktiv metodlaridan, shuningdek, texnika falsafasi strukturasini o‘zida aks ettirgan slaydlardan unumli foydalanish ham ko‘zda tutilgan.
Mashg‘ulotlarda “Muammoli vazifa”lar usulidan foydalanish
Muammoli vazifalar usuli magistrlarni muammoli vaziyatlarni va ularning bilish faoliyatini tashkil etish usuli bo‘lib, aniq vaziyatlarni taxlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |