Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Ilmiy dalil nima?
Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan nimaga bog‘liq?
Dallillarnnig qanday turlarini bilasiz?
Empirik, ilmiy va imtiyozli dalillarning o‘zaro aloqasi va farqini tushuntiring.
Dalillarning ahamiyatini Medel ta’limoti misolida asoslang.
9-SEMINAR MASHG‘ULOTI.
Mavzu: Ilmiy tadqiqot metodlariga axborot va axborot
texnologiyalarining ta’siri.
Reja:
Axborot. Muammoni ilmiy bilishning
mantiqiy-gnoseologik, sotsiologik va psixologik jihatlari.
Ilmiy bilimlar hajmining o‘sishi.
Ijtimoiy axborotni o‘zlashtirish.
Axborot-uslubiy ta’minot
Ushbu mavzuni o‘tishda ta’limning interfaol usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu boradagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Mashg‘ulotlarda suhbat usulidan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda aqliy hujum usulidan foydalanish”, “Pinbard usuli”, «Dumaloq stul atrofida» kabi interaktiv metodlaridan, shuningdek, texnika falsafasi strukturasini o‘zida aks ettirgan slaydlardan unumli foydalanish ham ko‘zda tutilgan
“Mashg‘ulotlardan suhbat usuli”dan foydalanish
Suhbat ta’limning dialogik savol-javob usuli. Bu usulning etakchi funksiyasi – mativatsiya qilish. Aniq maqsadni ko‘zga tutadigan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida magistrlarning o‘z bilimlarini berilgan mavzu bo‘yicha esga olish, bayon etishga muhokama etishga o‘rgatadi.
Suhbat davomida magistrlar yangi bilimlarini mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, yakunlash va umumlashtirish yo‘li bilan egallab oladilar, tushunadilar. Fikr yuritishni maksimal faollashtiradi, bilim olishga intilishni yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |