Munozara usulining samaradorligi
Birinchidan, magistrlarning tayyorgarligiga o‘z fikrini bildira olmasa, keltirayotgan daliliga raqiblarini ishontira olmasa, munozara chalkash va qarama-qarshi tus oladi. SHuning uchun magistrlarda o‘z fikrini shakllantirishga, savollarni puxta va ma’noli qilib aniq ifoda etishga, muayyan isbotlar keltirishga erishish lozim.
Ikkinchidan, munozarani faqat sog‘lom ijtimoiy muhit bo‘lgandagina, magistrlar bir-birlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lsalargina o‘tkazish mumkin.
Uchinchidan, munozara mavzusi fikr almashish uchun mos bo‘lib, magistrlar berilgan mavzu bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lgan taqdirdagina muvofaqqiyatli chiqadi.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.?
Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.?
To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui nima deb ataladi?
Predmetga va proseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering.
8-SEMINAR MASHG‘ULOTI.
Mavzu: DALIL – ILMIY MUAMMONING ECHISH OMILI
Reja:
Ilmiy dalillar, empirik gipotezalar va empirik qonunlar..
Ilmiy dalil ishonchli kuzatish, eksperiment mahsul.
Talqin qilish dalilning muhim unsuri
Axborot-uslubiy ta’minot
Ushbu mavzuni o‘tishda ta’limning interfaol usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu boradagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Kitob bilan ishlash usuli”, “Mashg‘ulotlarda ma’ruza usulidan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usulidan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda suhbat usulidan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda aqliy hujum usulidan foydalanish”, “Pinbard usuli” kabi interaktiv metodlaridan, shuningdek, texnika falsafasi strukturasini o‘zida aks ettirgan slaydlardan unumli foydalanish ham ko‘zda tutilgan.
“Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usuli”dan foydalanish
Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usullaridan ta’limning barcha bosqichlarida foydalanish hamda o‘quv fanlarini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan ta’lim usullaridan biri kitob bilan ishlash usulidir. Zero, kitobsiz ta’limning samaradorligini ta’minlab bilmasligini har bir pedagog yaxshi biladi.
Kitob bilan ishlash usuli magistrlardan manbalarni tushunib o‘qish, kitob o‘qishga qiziqish, dunyoqarashlarni, hayotiy tajribalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlarga o‘quv predmetining xususiyatlardan kelib chiqib vaqtli matbuot, xrestomatiya, badiiy adabiyot, matn disketi kabi manbalardan foydalanish tizimi vujudga kelgan. Kitob bilan ishlashda:
kitob bilan dastlabki tanishuv;
matnni ko‘z yugurtirib chiqish;
matnni qismlarga ajratib, qayta hikoya qilish rejasini tuzish;
matnni konspektlashtirish;
referat, tezislar tayyorlash va chiqishlar qilish va hokazo.
Buyuk allomalar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, A.Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida inson ma’naviy kamolotida kitobni mutolaa qilishning ahamiyati haqida alohida ta’kidlaganlar. Xilma-xil axborotlar ko‘lami, hajmi mislsiz oshib borayotgan bugungi kunda ham magistrlarni kitob bilan ishlashga (uni o‘qish tushunish, taqqoslash, konspektlashtirishni va hokazolar) o‘rgatish lozim.
“Kitob bilan ishlash usuli”dan foydalanishning texnologik xaritasi
Dostları ilə paylaş: |