Bildirgan g‘oya va fikrlar muhokama etilmaydi va baholanmaydi.
Bildirgan g‘oya va fikrlar hatto bo‘lmag‘ur bo‘lsayam hisobga olinadi.
Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi.
Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish va amalda kengaytirish mumkin.
G‘oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi va qat’iy reglament qo‘yiladi.
Magistrlarda hozirjavoblik hissini rivojlantirishga yo‘naltiradigan bu usul – “Jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan va har bir magistrning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda unda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildiriladigan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishga” xizmat qiladi. Magistrlarga umumiy savol tashlanib, berilgan javoblardan eng yaxshisi tanlanadi.
Bahs-munozara. Alohida mashg‘ulot ko‘rinishida bo‘lib, o‘tilgan mavzuga doir bahsli, tortishuvli, muammolarni ikki guruhga bo‘linib hal etish. Bu usulni qo‘llagan o‘qituvchi guruhni ikkiga ajratadi. Birinchi guruh “tarafdorlar,” ikkinchi guruh “qarshilar”. O‘rtaga tayinlangan boshlovchi bahsni muvozanatga solib turadi. Guruh a’zolari navbat bilan mulohazalarni bayon qiladilar.
Guruhlarga bo‘linib ishlash. Guruhdagi magistrlar soniga qarab 6-10 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har guruhga bir nafar guruhboshi tayinlanadi. Guruhdagilar mavzuga doir muammoni hamkorlikda echadilar va har bir guruhdan bir yoki ikki a’zo mavzu yuzasidan axborot beradi. Bu holat mashg‘ulotning boshlanishi va oxirida qo‘llaniladi.
Juft bo‘lib ishlash. Guruhdagi barcha magistrlarning yonida yoki orqasida o‘tirgan o‘rtog‘i bilan baravariga fikr almashib muloqot qilishi. An’anaviy usulda auditoriyada “o‘qituvchi + magistr” yoki “magistr + magistr” o‘rtasida muloqot bo‘lib, qolganlar sust tinglovchi bo‘lib qoladi. YAngi usulda guruhdagi barcha magistrlar, hatto sust o‘zlashtiruvchilar ham o‘zaro muloqotga kirishib, mashg‘ulot ishtirokchisiga aylanadi. Bu usul mashg‘ulotning barcha bosqichlariga qo‘llaniladi.