O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika tushunchalari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə63/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179
ITM UMK (2)

Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika tushunchalari. Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo‘nalishini o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.
Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A,Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq etakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovasion mexanizmlar amal qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir. Ilmiy maktabda ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maktablar ilgari surilgan g‘oyalarning masshtabi, ularning ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ilmiy maktablarning o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib borish metodi shakllanadi.
Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi.
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob’ekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq.
Metod sub’ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.
Metod sub’ekt va ob’ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. SHu ma’noda, har qanday metod, eng avvalo, ob’ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub’ektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob’ektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon bo‘ladi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikasiya qilinadi. Eng avvalo, ma’naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim.
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. YAngilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Metodologiya - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi sifatida amal qiladi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Xullas, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin