Bilimni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Nechinchi asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi?
Fan haqidagi fan asoschilaridan biri J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi qanday yo‘llarni belgilaydi?
E.Agatssi fan nima sifatida qaralishi lozimligini qayd etadi?
«Ob’ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui sifatida emas, balki ob’ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» qaralishi lozimligini qayd etadi. Bu ta’rifda qanday xususiyat kasb etishiga ishora mavjud?
Hozirgi vaqtda fan avvalo qanday hodisa sifatida namoyon bo‘ladi?
Madaniy-texnologik funksiyasining mohiyati va mazmunini qanday tushunish imkonini beradi?
Fan etosi nima?
XX asr oxirida er yuzidagi olimlar soni necha kishidan oshib ketdi?
Fanning «neytralligi» va «ijtimoiy buyurtma»?
XVIII-XIX asrlardagi qanday jarayon fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo‘lib xizmat qildi?
2-SEMINAR MASHG‘ULOTI.
MAVZU: IJОD ILMIY TADQIQOTNING BILISH MAHSULI
Reja:
Moddiy - amaliy faoliyat, mantiqiy va estetik uyushqoqlik ham ilmiylik mezonlari.
Ob’ektivlik tushunchasining har xil talqinlari.
Ilmiylik mezonlari majmuida kogerentlik va pragmatiklik.
Axborot-uslubiy ta’minot
Ushbu mavzuni o‘tishda ta’limning interfaol usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu boradagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Mashg‘ulotlarda ma’ruza usuli”, “Klaster”, “Aqliy xujum”, “Nimaga va nima uchun usuli”, “Pochta usuli”, kabi interaktiv metodlaridan, shuningdek, texnika falsafasi strukturasini o‘zida aks ettirgan slaydlardan unumli foydalanish ham ko‘zda tutilgan
“Mashg‘ulotlarda ma’ruza usuli”dan foydalanish
Oliy o‘quv yurtlarida keng qo‘llaniladigan ta’lim usullaridan biri ma’ruza usulidir. Axborotlarni monologik usulda bayon etish ma’ruza usuli deyiladi. Uning samarali natijalar berishi quyidagi didaktik shartlarga bog‘liq;
Ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;
Ma’ruza rejasini o‘qib va yozib qo‘yish;
Har bir punkt bo‘yicha axborotlar yoritilgach qisqa xulosa qilish;
Har bir qismidan boshqasiga o‘tganda mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash
“Ma’ruza usuli”dan foydalanishning texnologik xaritasi
Dostları ilə paylaş: |