54
4-BOB. XO‘JALIK OPERATSIYALARIDA IKKIYOQLAMA YOZUV
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni
olish talab
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari–
mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash
hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki
ularning manbalarining boshlang‘ich
holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
istalgan paytda olish
mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi.
Ushbu
jadvalning chap qismi
“Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi.
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga
uning rivojlanish davri
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir
o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet”
so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”,
“Credit”
so‘zi esa “ishondi”
degan ma’noni bildiradi.
Debet
“Schyot nomi yoki raqami”
Kredit
6-rasm.
Schyotning tashqi ko‘rinishi
55
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining
hisobot davri boshi hamda
oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari
buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi.
Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki
saldo
deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir
schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet
va kreditda aktiv yoki
passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida
schyotning debet
qismida yozilgan summalar
debet oborot
, kredit qismiga
yozilgan summalarni
kredit oborot
deb ataladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan
asosiy maqsad amalga
oshirilgan xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni
soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir.
8-jadval
Dostları ilə paylaş: