38
boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning
halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning
rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Filipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan
giperinflyatsiyaning boshlanishi deb narxlarning birinchi bor 50% dan oshgan
oyni, tugallanishi deb esa narxlarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan
so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash
kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi
va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy
munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy
boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi.
Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning
xaqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi
vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan
o’sishi aholi qo’lidagi puliing taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan
oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir
miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib
oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Inflyatsiyaning o’sish sur’atini
quyidagicha aniqlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: