O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
makroiqtisodiyot

 
Mavzuga oid masalalar 
1.Yil boshida iqtisodiyotdagi pul massasi 172 mlrd. so’mni tashkil etgan, pul 
aylanishi tezligi o’zgarmasdan 0,8ga teng. Narxlar darajasi ham o’zgarmaydi. Yil 
oxirida pul miqdori 1,5 martaga oshgan. Iqtisodiyotning o’sish (pasayish) 
miqdorini foizda aniqlang. 
* * * 
2.Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni 
tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so’m. Ishsizlik tebranishlariga 
YaIMning ta’sirchanlik koeffitsienti 3 tashkil etsa, haqiqiy YaIMning potentsial 
YaIMdan uzilish miqdorini aniqlang. 


32 
* * * 
3. Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo’lgan bolalar va 
maxsus davlat muassasalarida bo’lgan shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi 
tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to’liqsiz ish 
kuni bandlar va ish qidirayotgan. 
Ushbu ma’lumotlar asosida ishchi kuchi 
sonini va ishsizlik darajasini aniqlang. 
* * * 
4.Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % 
bo’lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 
ga teng deb oling. 
 


33 
BOB. INFLYATSIYA VA AKSILINFLYATSIYA SIYOSATI 
 
4.1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari 
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum 
davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror 
o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor 
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati 
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. 
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan 
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr 
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin 
oshib ketishi bilan bog’liq. 
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: 
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi 
Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz 
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi 
holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va 
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, 
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq 
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli
ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet 
taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha 
aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb 
hisoblashishadi. 
Neoklassik 
yondoshuv 
tarafdorlari inflyatsiyaning 
manbai ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida 


34 
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa 
taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan 
sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu 
nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda 
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul 
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror 
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. 
Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari 
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1.
Valyuta kururslarining o’zgarishi; 
2.
Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi 
tomon o’zgarishi; 
3.
Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi 
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya 
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
P
t
-P
t
-
1

= ---------- 
P
t
-
1
bunda:

– yillik inflyatsiya sur’ati;
P
t
- joriy yilning narxlar indeksi;
P
t
-
1
- o’tgan yilning narxlar indeksi. 


35 
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor 
qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror 
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash 
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya: 
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini 
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin