49
iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi – agar oldingi
iste’mol kredit hisobiga qilingan bo’lsa;
iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi,
soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:
foiz stavkasidagi o’zgarishlar,
bu erda Keyns samarasi emas, balki
foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga bog’lik bo’lmagan o’zgarishlari
nazarda tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va
natijada investitsiya xarajatlari oshadi;
investitsiyalardan kutilayotgan foyda me’yorining o’zgarishi, masalan,
iste’mol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bo’lsa,
ishlab chikaruvchilarning
kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga ko’proq
investitsiya qilishga moyil bo’ladilar;
korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi, soliqlar
darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qo’yilmalardan
olgan foydasini
kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi;
yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi,
yangi va
takomillashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ishlab
chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib oladi;
zahiradagi quvvatlar o’zgarishi, zahiradigi
ishlab chiqarish quvvatlari
miqdori yuqori bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va
yangi inshootlar qurishni to’xtatib qo’yyadilar.
Dostları ilə paylaş: