O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


-chizma. Jami taklif egri chizig’i



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
makroiqtisodiyot

9-chizma. Jami taklif egri chizig’i. 
Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal 
qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: 

Narxlar 
darajasi 
Ishlab chiqarishning 
real hajmi 

Gorizontal yoki 
keynsian kesma 
Ko’tarilib boruvchi 
yoki oraliq kesma 
Vertikal yoki 
klassik kesma 


53 
- iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal 
qiladi; 
- narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi; 
- real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va 
bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. 
2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida 
ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri 
chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo’ladi. Bu 
shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti. 
To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga 
yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat 
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish 
hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu 
mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi 
o’zgarmay qoladi. 
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: 
- ishlab 
chiqarish 
hajmi 
faqatgina 
ishlab 
chiqarish 
omi- 
lari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va narxlar darajasiga bog’liq emas; 
- ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o’zgarish sekinlik bilan ro’y 
beradi; 
-
iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish 
hajmi potentsial darajaga teng; 
-
narxlar va nominal ish haqi o’zgaruvchan, ularning o’zgarishi bozorlarda 
muvozanatni ta’minlab turadi. 
3. Oraliq kesma — ishlab chiqarish real hajmining o’sishi narxlar darajasining 
o’sishiga mos ravishda o’sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish 


54 
holatidan to’liq bandlikka o’tishi notekis va turli vaziyatlarda ro’y beradi. Masalan, 
ayrim tarmoqlarda resurslarning yotishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda 
hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo’ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz 
mutaxassislardan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga 
ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar darajasining o’sishiga olib 
keladi. 
Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi narxga bog’liq bo’lmagan 
omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng 
yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Narxga bog’liq bo’lmagan omillarnig 
xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir 
qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi. 
Bu omillar quyidagilardan iborat 
1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi: 

ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining 
oshishiga olib keladi: 

er resurslari; 

mehnat resurslari; 

kapital; 

tadbirkorlik qobiliyatlari; 

valyuta kursining o’zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi 
o’zgarishlar; 

bozordagi hukmronlik va monopoliya, OPEK tomonidan neft narxaning 
ko’tarilishi. 
2.
Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar . 
3.
Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar: 

soliq va subsidiyalarning o’zgarishi; 

davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan 
iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi. 


55 
Masalan, soliq turlarini ko’paytirilishi qo’shimcha buxgalterning xizmatidan 
foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori 
darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin