O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
makroiqtisodiyot

5.2. Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar 
Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif 
qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Umumiy 
taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. 
Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi 
mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy 
miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida 
narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi. Narxlarni narxlar darajasiga, 
jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami talabga, barcha tovar va 
xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish 
yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu usulidan 
makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada 
iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif 
hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi 
hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi 
grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma). 
Narxlar darajasi

R

Milliy mahsulotning real hajmi 
8-chizma. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlik 
Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot 
АS 
АD 
Talab egri chizig’i 
Taklif egri chizig’i 


52 
ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab 
chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak, 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi bilan o’sib, pasayishi 
bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri 
chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib 
boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu 
umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan 
izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga 
kiritib yuboriladi. 
Yalpi taklif egri chizig’idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks 
ettiradi? 
1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to’liq bandlik 
sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak, gorizontal kesma 
iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan 
sha-roitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga 
ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab 
chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin