59
2. Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i
quyidagicha
berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada
joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi
(M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5
darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan.
AD egri chizig’i o’zgarmagan. qisqa va uzoq
muddatli davrlarda yangi
muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang.
* * *
3. Potentsial YaIM (Y) 3000ga teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,0
darajada gorizontal ko’rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha:
Y = 2000 + M/R. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS
egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish
hajmini potentsial
darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga
oshirishi mumkin ?
* * *
4. O’tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 –
3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko’rinishi: Y= 3270 – 3P.
Potentsial YaIM
o’zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM
va uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang.
* * *
5.
Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi
va neft narxlari keskin
tushib ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD, AS egri chiziqlarini, ishlab
chiqarish hajmini hamda narxlar o’zgarishini ko’rsatib bering.
* * *
6. 2012 yilda potentsial YaIM 400 ni tashkil etdi va yalpi talab egri chizig’i
quyidagi tenglama bilan ifodalandi Y=4200-2R. 2013 yilda potentsial YaIM 1
foizga o’sdi va yalpi talab egri chizig’ining tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
bo’ldi Y=4200-2R. 2013 yilda narxning muvozanatli
darajasi necha foizga
o’zgarganini aniqlang?